4
Milliy mafkura va g’oyaningmazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari Islom
Karimov asarlarida asoslangan ta’limot. Uning mazmuni quyidagilardan iborat:
– tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish va o‘zlikni anglash mezoni
bo‘lish;
– xalqimizni tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a’zolarini birlashtiruvchi g‘oyaviy
bayroq vazifasini o‘tash;
– inson qalbi va ongiga ijobiy ta’sir etadigan tushuncha va tuyg‘ular, go‘zal va
hayotiy goyalar tizimini o‘zida mujassam etish;
– har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro‘yobga chi-qarishiga imkon beradigan eng
maqbul yo‘lni ko‘rsata olish;
– millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e’tiqodning
manbai bo‘lish;
– O‘zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din
vakillariga birday taallukli bo‘lish;
– mamlakatimiz aholisi ongi va qalbida «O‘zbekiston – yagona Vatan» degan
tuyg‘uni yuksak darajada shakllantirishga xizmat qilish;
– turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar
mafkurasidan ustun turadigan sotsiats fenomen – ijtimoiy hodisa mazmuniga ega
bo‘lish;
– biron-bir dunyoqarashni mutlaklashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki
guruh qo‘lvda siyosiy qurolga aylanmaslik;
– har qanday ilgor goyani o‘ziga singdirishi va har qanday yovuz g‘oyaga qarshi
javob bera olish;
– sub’ektivizm, volyuntarizm kabi illatlardan xoli va jamoatchilikning xolis fikriga
tayanuvchi ob’ektiv mafkura bo‘lish;
– so‘z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olish;
– davr o‘zgarishlariga qarab, o‘zi ifodalaydigan goya, manfaat, maqsad-
muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya’ni,
yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozirjavob va ijodiy bo‘lish. Milliy istiqlol
g‘oyasi ana shu qayd etilgan sifatlarga ega bo‘lgan taqsirdagina jamiyat hayotvda|
etakchi ma’naviy-ma’rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan muhim vazifalarni
bajara olishi mumkin. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari– amal qilishi
jarayonvda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda uning mafkura sifatidagi
umumiy va xususiy tamoyillarini ko‘rsatish mumkin. Milliy istiqlol mafkurasining
5
umuman mafkura tushunchasiga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, amal
qilish tamoyillari bo‘lishi tabiiy. Bu borada unga ijtimoiy voqelikning in’ikosi
ekani, jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichiga mos kelish, hayot hodisalarini
aks ettirish, amalga oshiriladigan targ‘ibot va tashviqot tizimi sifatida namoyon
bo‘lish kabi umumiy tamoyillar xosdir. SHu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasi
Dostları ilə paylaş: