2. G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati.
Uyushtirish, safarbar etish, tarbiya va yot va zararli g‘oyalarga
nisbatan immunitetni shakllantirish, ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish. Ozod
va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish yo‘lida keng jamoatchilikda
millatparvarlik, o‘zligini anglash va qadrlash, fidoiylik, komil insonga xos
fazilatlarni shakllantirish. Milliy istiqlol g‘oyasi ko‘p millatli O‘zbekiston
xalqining ezgu g‘oya, asriy orzu intilishlari, hayotiy ideallarini o‘zida aks
ettirishi. G‘oya tushunchasi va uning ijtimoiy mohiyati Inson va jamiyat hayotida
muhim o‘zgarishlarni amalga oshirilishida muayyan g‘oyalar alohida o‘rin tutadi.
Jamiyat taraqqiyotining ma’lum davrlarda tezlashuvi yoki sekinlashuvi, jamiyat
hayotida ijobiy yoki salbiy holatlarning ro‘y berishi jamiyatda qanday g‘oyalar
hukmronlik qilishi, ular qanday kuchlarni harakatga keltirishi kimlarning ya’ni
qaysi bir ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilishiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: |