Inson o‘zining aql – zakovati, iymon – e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa
barcha tirik jonzotlardan farq qiladi.Inson tafakkuri voqelikni idrok etish
mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va ta’limotlar yaratadi. Demak,
Ilmiy-falsafiy adabiyotlarda «g‘oya», «mafkura», «ideya» va «ideologiya»
tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko‘proq G‘arb davlatlarida hamda
rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi yunon tilidagi idea so‘zidan
olingan, ideologiya uchun o‘zak bo‘lib hisoblanadi va tushuncha yohud fikr
12
ma’nosini anglatadi. Ideologiya (idea- g‘oya. Tushuncha, iogos – ta’limot) atamasi
esa g‘oyalar to‘g‘risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi.
- g‘oyalarning mazmuni, shakllanishi, ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni ifodalaydi
va ilmiy soha hisoblanadi;
- muayyan g‘oyani amalga oshirish, maqsadga etish usullari, vositalari, omillari
tizimini anglatadi.
Sog‘lom va nosog‘lom, ezgu hamda yovuz, bunyodkor yoki buzg‘unchi g‘oyalar
bo‘lishi mumkin. G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, bular garchi
tafakkurda paydo bo‘lsa-da, keng jamoatchilikning maqsadlarini ifoda etadi.
Ularning ishonchi va e’tiqodiga aylanib, e’tirof etilganligini bildiradi, inson (va
jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi.
Dostları ilə paylaş: