7
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari- xalqimizning mustaqil taraqqiyot
yo‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib chiqadigan va o‘zining ma’noqmoxiyati, falsafasi,
jozibasi bilan uni to‘ldirib, fuqarolarimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq
singdirishga xizmat qiladigan bunyodkor g‘oyalardir. Ushbu g‘oyalarning
mazmun-mohiyati va asosiy xususiyatlari Prezvdent Islom Karimov asarlarida o‘z
ifodasini topgan. Bular quyidagilardir:
– Vatan ravnaqi;
– yurt tinchligi;
– xalq farovonligi;
– komil inson;
– ijtimoiy hamkorlik;
– millatlararo hamjihatlik:
– diniy bag‘rikenglik.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari ma’rifatli dunyoda e’tirof
etilgan umumiy qonun-qoidalar va xalqaro andozalar, umuminsoniy tamoyillar va
qadriyatlarning ustuvorligi, inson xuquklari va erkinliklariga og‘ishmay amal
qilish, demokratiya va gumanizm kabi tamoyillarning talablariga to‘la-to‘kis mos
keladi. Milliy istiklol mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari turli siyosiy partiya
va ijtimoiy guruxdar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen, ijtimoiy
hodisadir. Bu mafkurada biron-bir g‘oya mutlaqlashtirilmaydi yoki mavjud
hokimiyatni mustahkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy
istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari o‘z mazmun moxdyatiga ko‘ra
O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy
partiya-lar, guruh va qatlamlarning – butun xalqning umumiy manfaatlarini
ifodalaydi. O‘zbekiston xalqining milliy taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasi ozod va
obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu g‘oya xalqning azaliy ezgu
intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma’no-mazmunini belgilaydi, har bir inson
uchun muqaddas bo‘lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o‘zida mujassam etadi.
Milliy istiqlol mafkurasiining bosh goyasida ozodlik tushunchasi ustuvor va
etakchi o‘rinda, Vatan mustaqilligi barcha orzu-intilishlar, amaliy faoliyat va
yorug‘ kelajak asosi ekanligidan dalolat beradi. Milliy istiqlol mafkurasining
asosiy g‘oyalari xalqning mustaqil taraqqiyot yo‘lidagi bosh g‘oyasidan kelib
chiqadi va o‘zining ma’no-moxiyati, falsafasi, jozibasi bilan bosh g‘oyani millat
qalbi
va
ongiga
chuqurroq
singdirishga
xizmat
qiladi.