tomonvdan ko‘rsatib berilgan bo‘lib, «Milliy istiqpol g‘oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar» risolasida qisqa va muxtasar tarzda bayon qilingan. Ularning eng
asosiy jihati – bu xususiyatlarning umuminsoniy mazmun-mohiyatida to‘la-to‘kis
6
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Binobarin, u qonuniylikka, umume’tirof
etilgan talablarga, umumbashariy tamoyillarga va milliy manfaatlarga mos keladi;
– xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va
udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy
mafkuramizning chuqur tarixiy va boy ma’naviy asosga ega ekanidan dalolat
beradi;
– adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalari hamda xalqimizning ishonch
va e’tiqodini aks etgiradi. Bilamizki, bu ulug‘ g‘oyalar istiqyaol sari intilgan har
bir xalqning ezgu maqsadi, ishonch va e’tiqodi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib
qoladi;
– yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xapq farovon-lini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu
tamoyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari safarbar qiluvchi, ularni bu
yo‘lda uyushtiruvchi ma’naviy omil sifatida moxiyatga ega ekanini ifodalaydi;
– jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk
kelajagani yaratishga safarbar etadi. Bu olijanob maqsadlarga erishish
fuqarolarning hamjihatligiga, o‘zimizning burchimizni qay darajada anglashimiz,
ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizga ko‘p jihatdan bog‘liqdir;
– millati va dinidan qati nazar, mamlakatimiz-ning har bir fuqarosi qalbida ona-
Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat va o‘zaro xurmat tuyg‘usini
qaror toptiradi. Bu qoida har bir fuqaro ongiga Vatanning muqaddasligini
singdirishga xizmat qiladi;
– jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi
demokratik tamoyillarga rioya qilgan holda ma’rifiy yo‘l bilan singdiriladi.
Milliy istiqlol mafkurasi yaxlit tizim bo‘lganidan uning barcha xususiyatlari o‘zro
aloqadorliqda va uzviy bog‘liqliqsa namoyon bo‘ladi.
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning
ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyil-larini ifoda
etadigan g‘oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir.
Dostları ilə paylaş: