ekani va shu bois uning g‘oyaviy ildizlari diniy ta’limotlariga borib taqalishi
tushuniladi. YA’ni, ko‘pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, Injil va
qur’on kabi kitoblarda zikr etilgan ezgu g‘oyalar muayyan darajada o‘z ifodasini
topganini ko‘ramiz. Inson va jamiyat hayotining muayyan fikrlar, g‘oyalar,
mafkuralar bilan bog‘liqligiInsoniyat tarixidan ma’lumki, er yuzida dastlabki
odamzod paydo bo‘lib, uning urug‘, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi
ro‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va
mafkuraga ehtiyoj tug‘ilgan. Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «CHunki,
intilishlarini o‘zida mujassamlashtiradi». Darhaqiqat, barcha davrlarda har bir
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни - халқ, миллатни - миллат қилишга хизмат этсин. -
15
davlat, xalq, jamiyatning o‘ziga xos g‘oyasi va mafkurasi bo‘lgan. CHunki
jamiyatning, xalqning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda
jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‘oyasi va mafkurasi
bo‘lmasa u muqarrar ravishda halokatga mahkum bo‘ladi.
G‘oya, mafkura jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsadi bo‘lib, busiz jamiyat
o‘z yo‘lini yo‘qotadi. «Maqsad degani,- deb yozgan edi Prezident I.A.Karimov, -
xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu bayroq
butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa qudratini, orzu-
intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir. Davlatimizning, xalqimizning,
el-yurtimizning maqsadi o‘zining ulug‘vorligi, hayotiyligi va haqqoniyligi bilan
hammamizni jalb etadigan bo‘lmog‘i lozim. Toki bu maqsad xalqni-xalq, millatni-
millat qila bilsin, qo‘limizda engilmas bir kuchga aylansin»
1
.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, o‘zbek tom ma’noda bunyodkordir,
do‘ppisida suv tashib bo‘lsa ham daraxt ko‘kartiradi. Darhaqiqat, mustaqillik
yillarida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, ma’naviy sohalarda
amalga oshirilayotgan islohotlar, erkinlashtirish jarayonlari bunyodkorlik ishlariga
yorqinmisol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: