Vayronkor, yot g‘oya va mafkuralarning jamiyat hayotiga salbiy ta’siri
Vayronkor g‘oyalar - jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga sabab bo‘ladi,
g‘ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi. Insoniyat tarixida ezgulik va
bunyodkorlik g‘oyalari bilan yovuzlik va buzg‘unchilik g‘oyalari o‘rtasida
hamisha kurash bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Yovuzlik g‘oyalari tarixda hamisha
salbiy va yovuz kuchlar faoliyati va hukmronligini ifodalaydi. Salbiy yurishlarga
turtki bo‘lgan g‘oyalar, irqchilik, fashizm, terrorizm, mustamlakachilikni targ‘ib
qiluvchi g‘oyalar bunga misol bo‘ladi. Insoniyatning, jumladan, O‘zbekistoning bir
necha yuz yillik tarixida ham turli bosqinchiliklar oqibatida zulm, zo‘ravonlik,
kulfat urug‘larini sochish va qon to‘kilishiga sabab bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalar va
mafkuralarning halokatli ta’siri bilan bog‘liq voqealar ko‘p bo‘lgan. Bu g‘oyalar
o‘zlarida mustabidlik intilishlarini goh yashirin, goh oshkora ifodalagan holda
amalga oshgan.Jumladan, bolshevizm bilan bir qatorda, XX asrning boshida
mustabid g‘oya va mafkuraning boshqa shakli – fashizm paydo bo‘ldi.Fashizm
(ital Fasismo bog‘lam, birlashma) - G‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridagi
og‘ir iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy buxronlar davrida vujudga kelgan o‘ta
tajovuzkor va vayronkor g‘oyalar asosida shakllangan insoniyatga qarshi nazariya
va amaliyot. U jamiyatda o‘ta reaksion va tajovuzkor doiralarning dunyoqarashi va
manfaatini ifoda etgan holda, ochiqdan-ochiq terroristik diktaturaga, zo‘ravonlik
g‘oyasiga tayanadi. Fashizmning - muhim xususiyati ochiqdan-ochiq shovinizm va
irqchilik bo‘lib, uning mohiyati jamiyatning barcha taraqqiyparvar qatlamlari,
ilg‘or fikrli a’zolariga qarshi kuch ishlatishning eng og‘ir va zararli shakllarini
qo‘llash jarayonida yaqqol namoyon bo‘ladi. Fashizm o‘z kirdikorlarini yashirish
20
va xaspo‘shlash uchun siyosiy tilyog‘lamalik, yolg‘on va bo‘htonlardan ustalik
bilan foydalanadi.Fashizmning tashqi siyosati bosqinchilikdan va xalqaro
terrorchilikdan iborat bo‘lib, bunday siyosiy rejimlar XX asrning 30-yillarida
Italiyada, Germaniyada, Portugaliyada, Ispaniyada va SHarqiy Evropaning boshqa
bir qancha mamlakatlarida o‘rnatilgan edi. Fashistlar Germaniyasi militaristik
YAponiya bilan ittifoq tuzib 1939-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushini
boshlagan. Bu urush insoniyatga mislsiz kulfat va falokatlar keltirdi, 50 milliondan
ortiq odam halok bo‘ldi, yuzlab shahar va qishloqlar vayron qilindi. o‘tgan asrning
70-yillariga kelib Portugaliya, Gretsiya, Ispaniyada ham fashistik tartiblar barbod
bo‘ldi. Ammo, bugungi kunda ham ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va
b.) fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. YAngi
fashizm g‘oyasi bugungi kunda insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson
anglamog‘i lozim.Bolshevizm mafkurasi bo‘lgan kommunistik ta’limot
xalqlarning milliy-etnik o‘ziga xosliklarini yo‘qotish, «proletar baynalmilalligi»
shiori bilan maydonga chiqqan bo‘lsa, fashizm bir hukmron millatning «irqiy-etnik
sofligi»ni mutlaqlashtirishni targ‘ib-tashviq etdi. U irqchilikning homiysi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |