Andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Asaka cho`ntak choyxonasi



Yüklə 54,15 Kb.
səhifə10/10
tarix23.06.2023
ölçüsü54,15 Kb.
#134536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ASAKA TUMANI

Asaka cho`ntak choyxonasi
Asaka tumanida Andijonning eng fusunkor va so‘lim go‘shalaridan Asaka Cho‘ntak choyxonsi joylashgan. Cho‘ntak Toshkanboy Egamberdiyev nomidagi madaniyat istirohat bog‘ining tepa, chekka qismiga tutashgan. Shahrixonsoydan boshlangan Yov arig‘i 6 km masofada yuqorilab oqib, Cho‘ntakka yetganda adir yon bag‘rilari bo‘ylab choyxona so‘rilari ostidan oqib o‘tadi. Ariqda radiusi 6,5 m li, 110 ko‘rachasi bo‘lgan charxpalak aylanib turadi. Ushbu charxpalak bu yerdagi 3 ulkan charxpalakning eng kattasi bo‘lib, uning yordamida bog‘ning yuqori qismi sug‘oriladi. Asaka Cho‘ntagi atrofga nisbatan ancha baland. Shuning uchun bu joy yoz pallasida xushhavo, orombaxsh maskanga aylanadi. Asaka “Cho’ntak” choyxonasi. Asaka shahrining markazida joylashgan. XIX asrda bunyod etilgan. Tarixchi Avaz Muhammad Attorning “Tarixi jahonnoma” va “Tarixi Xo’qand” asarlarida tilga olingan. Choyxona Xudoyorxonning dala hovlisida joylashgan bo’lib, uning ichki qismida xon supasi mavjud bo’lgan. Xushmanzara, bahavo joyda joylashgan XIX asrning ikkinchi yarmidan buyon choyxona sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Bu joyning re’lefi o’ziga xos. Eng muhimi bu erda Andijon palovini buyurma qilish mumkin. Eng muhimi “Bo’yin go’shti” taomi bilan boshqa choyxonalardan tubdan farq qiladi.
Xolid ibni Valid jome masjidi
Xolid ibn Valid masjidi — Andijon viloyati Asaka shahrining eng gavjum va markaziy hududida joylashgan „Xolid ibn Valid“ jome masjidining poydevori birinchi bor 1991-yilning 23-aprel sanasida qoʻyilgan. Ushbu jome masjidining qurilish ishlari Asaka tumani aholisi tomonidan, hashar yo‘li bilan 13 yil davomida barpo etilgan.Masjid 2004-yilda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Adliya vazirligi tomonidan rasmiy roʻyxatdan oʻtkazildi. Qurilish va taʼmirlash ishlari 2005-yildan boshlab 13 yil davom etgan.
Ushbu masjidning nomi ittifoqchi va taniqli sarkarda Xolid ibn Valid sharafiga nomlangan. Xolid ibn al-Validning asli kelib chiqishi Qurayshning Makka qabilasidan edi. Uning urug‘I dastlab Muhammad payg‘ambarga qarshi chiqqan. Ammo biroz vaqtdan keyin u islom dinini qabul qilgandan soʻng, Xolidning harbiy mahorati tufayli Islom dinidagi mavqeyi tezda oshib borgan va „Allohning qilichi“ laqabini olgan. 2014-yilda esa „Xolid ibn Valid“ jome masjidi zamonaviy jihozlar bilan, zamon talabiga mos tarzda jihozlandi. Masjid binosi uch qavatli qilib, pishtgan gʻishtdan barpo etilgan. Uni bezatish vaqtida ularning bezagi sifatida har xil usulda yotqizilgan koʻp rangli gʻishtlardan foydalanganlar. Uch qavat binoning barcha derazalari uchli ravoq shaklida yasalgan. Namoz oʻquvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida uch tomonda kirish eshiklari joylashtirilgan. Foydalanishga topshirilgan barcha yordamchi xizmatlar zamonaviy komponentlar bilan jihozlangan. Masjid hovlisi yorqin marmar tosh bilan oʻralgan, uning burchaklarida zamonaviy mustahkamlovchi inshootlar qad rostlagan. Ushbu inshootlar minoralar shaklda boʻlib, uchta sathda qilingan. Ular masjid binosining 4 tomoniga joylashtirilgan. Shuningdek, binoning ustki qismi koʻk rangdagi naqshli gumbazlar bilan bezab chiqilgan. Masjid binosining asosiy zali baland shiftli boʻlib, u yerga katta havo oqimi kiradi. Xonani yanada yorugʻ va bu katta xonani yanada kengroq koʻrsatish maqsadida koʻp sonli derazalar ham oʻrnatib qoʻyilgan. Aholiga qulay boʻlishi uchun hojatxona va tahoratxonalar ham foydalanishga topshirilgan. Shu 2023-yilda majmuaning taxoratxona qismi qayta taʼmirlanmoqda. Xolid ibn Valid masjidining umumiy maydoni 2400 kvadrat metrni tashkil qiladi

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki Asaka tumani Andijon viloyatining, nafaqat Andijon balki butun Oʻzbekistonning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Uning Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyot rivojida oz boʻlsada oʻrni bor . U haqidagi maʼlumotlarga kelsak, Asaka shahrining qadimgi davr tarixi bilan bog’liq arxeologik tadqiqotlar deyarli olib borilmagan. Umuman Asakaning qadimgi tarixi Farg’ona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qadimgi shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bog’liq. Asaka XIX asr tarixchisi Avaz Muhammad Attorning “Tarixi Jahonnoma” va “Tarixi Xo’qand” asarlarida tilga olingan. Uning yozishicha, Asaka shahri hududida Xudoyorxon qal’a qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham bo’lgan. XVII asr oxirida qurilgan Shahrixonsoy kanali shaharning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. 1899 yil Toshkent — Andijon temir yo’l qurilishi munosabati bilan Asakaga uzunligi 4 kilometrli temir yo’l shoxobchasi o’tkazildi. Shundan so’ng Asakada yevropalik, xususan rus va mahalliy boylar sanoat korxonalarini qura boshladilar. 20-asr boshlarida Asakada 2 ming kishi yashagan. Paxta tozalash va yog’ zavodlari bo’lgan. Aholining asosiy qismi mayda hunarmandchilik bilan shug’ullangan. 1946 yilda motor ta’mirlash zavodi qurib bitkazildi. Yog’-moy zavodida issiqlik elektr markazi ishga tushdi. Urushdan keyingi yillarda Asaka yaqinidagi Andijon va Polvontosh neft konlari, Xo’jaobod gaz koni munosabati bilan Asaka shahar sanoat korxonalari salmog’I ortdi. Yuqoridagi konlarni maxsus uskuna va texnika jihozlari bilan ta’minlovchi omborxonalar qurildi. Polvontosh — Asaka gaz quvuri yotqizildi. 60-yildan shahar sanoati korxonalari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslasha boshladi. 70 -90- yillarda to’qimachilik korxonasi (hozirgi “Asakato’qimachi” aktsiyadorlik jamiyati), paxta tozalash zavodlari, elektrotexnika, avtomobil tuzatish korxonalari qurildi. 1994 yil noyabrda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi inshootlari qurilishi boshlanib, korxona 2 yilda ishga tushirildi: 1996 yil 19 iyulda zavodning tantanali ochilish marosimida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, DEU korporatsiyasining Prezidenti Kim U Jung janoblari tashrif buyurdilar. Korxonadan jahon bozori talablariga javob bera oladigan, yoqilg’ini kam sarflaydigan ixcham, chiroyli, qulay bo’lgan “Damas”, “Tiko”, “Neksiya” avtomobillari chiqarila boshladi. “O’zDEUavto” qo’shma korxonasining salmog’I Asaka shahri sanoat korxonalari mahsulotlarining 92,3% ga, Andijon viloyat sanoat korxonalari mahsulotlarining 55,2% ga to’g’ri keladi. Bundan tashqari shaharda “O’zDEUavto” qo’shma korxonasi uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “O’zDong-Vong” qo’shma korxonasi, “Anzis” zavodi, shuningdek Italiya bilan hamkorliqda makaron ishlab chiqaruvchi “FAM” qo’shma korxonasi bor. Asakada hammasi bo’lib 12 yirik sanoat korxonasi ishlaydi; 510 dan ziyod kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchi xususiy firma faoliyat ko’rsatadi (2000). Asaka sanoati rivojlanishi bilan birga har jihatdan qayta qurilmoqda: yangi ko’chalar ochilmoqda, yo’llar qurilmoqda. Xonobod—Asaka suv quvuri yotqizildi. Shaharda Toshkanboy Egamberdiyev nomidagi madaniyat va istirohat bog’I bor. Bog’ning eng to’rida Asakada yashab o’tgan avliyolardan Xoja Abdulloh tug’dor qabri o’rnida maqbara qurildi. Bu joy ziyoratgoh, muqaddas maskan hisoblanadi. Ziyoratgoh yaqinida Shahrixonsoyning bosh to’g’oni joylashgan. Shu yerdan Oxunboboyev soyiga, Asaka tashlamasi kanali va bir necha ariqlarga suv taqsimlanadi. Asakada 2000 yilda maishiy xizmat kasb-hunar kolleji qurilib ishga tushdi. 1999/2000 o’quv yilida 10 umumiy ta’lim maktabi, gimnaziya, akademik litsey, kollejda 12 mingdan ortiq o’quvchi o’qidi; 22 bolalar bog’cha va yaslilari, 4 kasalxona, salomatlik markazi, poliklinika va ambulatoriya ishladi. Shaharda 2 kinoteatr, madaniyat uyi, 2 klub, 15 kutubxona, 3 stadion bor. 16 fuqarolar yig’ini tashkil eetilga. Asaka — Andijon, Asaka — Farg’ona yo’nalishida avtobus qatnaydi. Yuqorida qayd etilgan maʼlumotlardan anglashimiz mumkinki Asaka tumani hozirgi kunda Respublikamizdagi rivojlangan tumanlar qatorda turadi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.S.Qorayev Toponimika Toshkent - 2006


2. O`zbekiston milliy ensiklopediyasi -2000
3. R.Shamsutdinov Andijon tarixi -2013
4. A.Nabiyev Tarixiy o’lkashunoslik o’qituvchi nashriyoti -1996
5.I.A. Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch -2008


Yüklə 54,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin