Asaka tumani toponimikasi.
Asaka tumani toponimikasi. Toponimika (yun. Topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo bo‘lishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va o‘zgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini o‘rganuvchi bo‘limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so‘zlar singari til qonuniyatlariga bo‘ysunadi, lekin o‘zining paydo bo‘lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador bo‘lib, ma’lum darajada boshqa guruh so‘zlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo‘lgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar ko‘proq saklangan bo‘ladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg‘uloti, qazilma. Boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi. Toponimikani o’rganish til tarixi va nazariyasi uchun katta ahamiyatga ega. Ko’pgina joy nomlari juda qadimiydir. Ibtidoiy yozma yodgorliklarda qayd qilingan geografik nomlami keyinroq uchraydigan shakllari va hozirgi talaffuzi bilan solishtirib, tilning lug’at tarkibida,So’zlaming dastlabki shaklida ro‘y bergan o’zgarishlami bilib olishimiz mumkinToponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Toponim — geografik obyektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geografik o‘mini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalami ifodaEtish uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilmaxil axborotlar orasida nomlar alohida o‘rin tutadi.Geografik obyektlar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, ulami ifoda Etish uchun maxsus so’zlar, ya’ni nomlar bo‘lishi kerak.Geografik nomlarni geografiyaning o‘ziga xos tili desa boiadi. Geografik nomlar juda uzoq davr mobaynida saqlanib qolishi bois rix uchun juda katta ahamiyatga ega. Damashq shaharining shu nom .Han atalganiga uch ming yil boMadi. Uni dunyodagi eng keksa nom Leb boimaydi. Buxoro, Samarqand, Xorazm kabi toponimlar ham Uda qadimiy nomlardan. Shuning uchun ham ulaming kelib chiqishi Namon uzil-kesil hal bo‘lgan emas. Qanchadan-qancha nomlar yo/uv paydo bo‘lmasdan oldingi davrlardan qolgan. Xalqlar yo‘q bo‘lib Ketgan, tili unutilgan bo‘lishi mumkin, lekin geografik joy nomlari Saqlanib qolaveradi. O‘simlik yoki hayvon yo‘q bo‘lib ketgan bo’lsa ham, nom yashayveradi.Asaka — ko’chmanchi o’zbeklar orasida tilga olingan urug’lardan biri. Qirg‘izlaming sayaq qabilasi tarkibida ham asaka degan urug qayd qilingan bo‘lib joy nomlari shaklida uchraydi. Masalan, Asaka Shahri (Andijon viloyati). Oltinko‘1 tumanidagi Asakalik qishlog‘I ham shu urug’ nomi bilan atalgan bo‘Isa keraklik qo‘shimchasi toponimlar tarkibida, jumladan, etnonimlar oxirida shunday funksiyani bajaradi. Boyliq — «boylar», Xo‘jaliq — «xo‘jalar», Taqachilik —«taqachilar», Asakalik — «asaka urug’I vakillari» yashaydigan qishloqni anglatadi. Qoraqalpog’iston Respublikasida Asakaovdon degan botiq bor. Geologlar fikricha, bu yerda yuqori to’rtlamchi davrda katta ko‘l bo’lgan (ovdon, to‘g‘risi obdon «suv havzasi», «suv ombori»)Respublikamizning Asaka, Qibray, Zangiota, Navoiy, Qorako‘l,Denov tumanlarida Arg‘in qishloqlari bor. Arg‘in, arg‘un — o’zbek, qozoq, boshqirdlar tarkibida uchraydigan urug‘. Bu urug‘ 0 ‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan va Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida qayd qilingan argu Qabilasining davomi bo’lishi kerak. “ Boburnom a”da, o’zbek Urug’larining dastlabki yozma shajarasi — Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmuat-tavorix” asarida urug‘ arg‘un shaklida qayd qilingan. Bu etnonim mo‘g‘ulcha arg‘in (o‘zagi arg‘ — “duragay”) so’zidan kelib chiqqan. Arg‘in (argun) so‘zi qirg‘iz tilida ham ana shu ma’noni anglatadi. Axtachi — qadimgi urug‘lardan biri. Bu urug‘ vakillarini Zahiriddin Bobur ham tilga olgan. Qirg‘iz qipchoqlarining bir urug‘I hozir ham axtachi deb ataladi. Axta mo‘g‘ul tilida «ot» (jumladan, «bichilgan Ot») demakdir. Axtachi esa «otboqar», «jilovdor» (xon oti jilovini ushlab yuruvchi kishi) ma’nosini beradi.Shahar nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ayrim tadqiqotchilar (professor T. Shirinov) „Asaka“ nomini Farg‘onada miloddan avvalgi 6-5-asrlarda yashagan sak kabilalari bilan bog‘laydi. Chunki bu qabila ba’zi joylarda „assakenlar“ nomi bilan ham yuri-tilgan. Ularda „asvaka“ — ot, „assaka“ — otliqlar ma’nosini bildirgan. Arxeolog B. Matboboyev yuqoridagi fikrni vodiyning sharqiy qismida topilgan toshlardagi otlar tasviri bilan asoslashga harakat qilgan va shu joylarda nasldor otlar yetishtirilgan degan fikrni ilgari surgan. Toponomist olim S. Qorayev Asaka tumanidagi „Axtachi“ qishlog‘i nomi mo‘g‘ulcha bo‘lib, ot tabibi (sinchi), otboqar degan ma’noni bildirishini ta’kidlab, yuqoridagi mulohazalarni birmuncha tasdiqlaydi. Shularga asosla-nib Asaka shahrining 60 yilligi (1997) mu- nosabati bilan katta yo‘l yoqasidan shaharga kiraverishdagi maydonda tulpor otning ramziy haykalchasi qo‘yildi. Asaka shahrining qadimgi davr tarixi bilan bog‘liq arxeologik tadqiqotlar olib borilmagan. Umuman Asakaning qadimgi tarixi Farg‘ona vodiysining Axsi, Quva, Andijon kabi qadimgi shaharlari atrofidagi qishloqlari tarixi bilan bevosita bog‘liq. Asaka 19-asr tarixchisi Avaz Muhammad Attorning „Tarixi jahonnoma“ va „Tarixi Xo‘qand“ asarlarida tilga olingan.Uning yozishicha, Asaka shahri hududida Xudoyorxon qal’a qurdirgan va bu yerda xonning dala hovlisi ham bo‘lgan.
Asaka tumani — Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Marhamat tumani bilan birlashtirilgan, 1970-yil 7-dekabrda qayta tuzilgan). Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat, Andijon, Xoʻjaobod tumanlari va Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,26 ming km² (1995). Aholisi 174,9 ming kishi (2000). Asaka tumanida 1 shahar (Asaka) va 77ta mahalla fuqarolar yi’gʻini bor. Markazi — Asaka shahri