1932 yil - G.A.Levitskiy, A.G.Araratyan – Rentgen nurlari ta’sirida
xromosomalarni fragmentlarga ajratilgan.
1935 yil - N.V. Timofeev-Ressovskiy - «Energiya migratsiyasi» atamasi kiritishdi.
1935 yil - N.V.Timofeev-Ressovskiy, K.G. Tsimmer va M. Delbryuk - Radiotsion genetikaning asosiy xususiyatlarini aniqladilar
. 1936 yil - Gamburgda radiatsiyadan jabr ko’rgan 169 nafar jabrdiydalarga xaykal
o’rnatildi.
1941yil – J.T. Anderson – Hujayrada kislorodning mavjudligi radiobiologik
effektning kuchayishiga olib kelishini ko’rsatgan.
1945 yil - AQSh tomonidan birinchi atom bombasi sinab ko’rildi. Plutoniy
zarayadli atom bomba Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarida
portlatildi.
1946 yil - D. Li – Mishen nazariyasini taklif etdi
. 1947 yil - D. Li, N.V. Timofeev-Ressovskiy va K.G. Tsimmer – Mishen
nazariyasi va nishonga (mishen) olish va ta’sir etish printsiplarini to’liq tavsiflab
berishgan.
1949 yil - Z. Bak – Ayrim moddalarning farmakologik himoya xususiyatlarini
aniqladi (tsianiyli natriy, tsisteamin).
1949 yil - G. Patt – Tsisteinning himoya xususiyatlarini isbotlab berdi.
1949 yil - A.I. Kelner, R. Dulbekko – Ilk bor hujayraning boshlang’ich tiklanish
xususiyatlarini kashf etdi.
1954 yil - R.Tsirkl – «Energiyani tekis yo’qotilishi» atamasini kiritdi. (Линейное
потерия энергии)
1955 yil - B. Rayevskiy – Hayvonlarning o’rtacha xayot ko’rishi nurlanishning
radiatsiyaning dozasiga (me’yori) bog’liqligini ko’rsatdi.
1955 yil - P. Aleksander, Z. Bak – Turli sinf birikmalarini radioprotektorlik
faoliyati o’rtasidagi bog’liqlik aniqlandi.