11
eksperiment asosida xujayraning nurlangandan keyingi
qayta tiklanish jarayoni
isbotlangan. Radiobiologiya markazlari tashkil etilgan. Soha oldida zamonaviy
muammo va vazifalar qo’yildi: ko’p xujayrali organizmlarga radiatsiya ta’sirini
o’rganish; xavfli mutatsiyalarning xosil bo’lishida
radiatsiyaning roli;
immunitetning pasayib ketishi; turli xususiyatga ega bo’lgan
shishlarni xosil
bo’lishi, umr ko’rish davomiyligining qisqarishi.
Er kurrasining sun’iy radionuklidlar bilan ifloslanishi kabi global muammo
esa yanada yangi vazifalarni qo’yadi: radionuklidlarni
biosferadagi migratsiyasini
o’rganish, sun’iy radionuklidlar xisobidan nurlanishning o’ziga xos xususiyatlari;
kichik dozalar va surunkali nurlanish muammolarini yechimini topish.
Ayni davrda yadroviy qurollarni sinash yoki kashf etishga bo’lgan cheklovlar,
statistikada radiatsion fonni kamaytirib ko’rsatilish, shuningdek soha
mutaxassislariuzoqni
to’g’ri
ko’rolmaganliklari
insonlarni
bir
qancha
tinchlantirgan va xotirjam qilib qo’ydi. CHernobildagi AESida yuz bergan fojea va
uning oqibati xotirjam, beetibor bo’lmaslik kerakligini isbotladi.
SHuni aytish kerakki xozirda radiobiolog-mutaxassislarning kamligi,
yetishmasligi, buning oqibatida esa aholining bu soha xaqida to’liq tasavvurga ega
emasligi ma’lum bo’lmoqda. SHu nuqtai
nazardan qarasak Biz xozir
Radiobiologiya sohasi rivojlanishining yangi 4-bosqichida turgan bo’lishimiz
mumkin. Bu bosqich taxminan 26 aprel 1986 yildan boshlangan desak adashmagan
bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: