18
o’zgarishiga olib keladi; yoki nurga ta`sirchanligi yuqori bo’lgan qon ishlab
chikarish tizimi, oshqozon-ichak yo’li, immunitetning radiatsiya ta`sirida
zararlanishi butun organizmda ko’p tarmoqli o’zgarishlar chiqaradi. Umumiy
radiobiologiya, shular kabi organlar tizimi yoki butun organizmda nur ta`sirida
ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganish bilan shug’ullanadi.
Radiatsion ekologiya
– insoniyatni o’rab turuvchi muhitning radiaktivligi,
uning o’zgarishlari, radioaktiv moddalar migratsiyasi va turli darajadagi
radiaktivligining tabiiy biologik xamjamiyatlar – biogeotsenozlarga ta`sirini
o’rganadi. Tabiiy radiatsion muhit, geologik va geografik muhitlarga bog’liq va u
turli regionlarda turlicha. Bu muhit insoniyatning faoliyati tufayli tinimsiz o’zgarib
turadi. Yadro sinovlari olib borilgan yillarda portlashlardan xosil bo’lgan
radioaktiv moddalar butun planetaga tarqalib, o’simliklar, hayvon va odamlar
organizmiga tushgan. Shunga o’xshash boshqa yadro xalokatlarida (M.Chernobil
AES avariyasi) ro’y bergan radioaktiv ifloslanishlar odam va hayvonlar
organizmining uzoq yillar davomida nurlanishiga sabab bo’ladi. Radioekologiya
radioaktiv izotoplarning muhitda tarqalishi, ularning biosferaning turli qismlariga
ko’chishi (masalan: tuproq-o’simliklar-hayvonot-odamzot; yoki dengiz suvi –
dengiz maxluqlari – odamzot sistemasi bo’ylab ko’chishi) tabiatning radioaktiv
muhitdan tozalanish imkoniyatlarini o’rganadi.
Dostları ilə paylaş: