Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə13/14
tarix07.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#94547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishsizlik kurs ishi

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
xodimlarning ish joyi va davlat ijtimoiy sug‘urtasiga to‘lov qilgan davri bo‘yicha ro‘yxatga olishning “elektron mehnat daftari” tizimini joriy etish, 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab birinchi marta ishga joylashtirilgan xodimlarga qog‘oz shaklidagi mehnat daftarchalari berilishini to‘xtatish va mehnat daftarchalaridagi yozuvlarni soliq to‘lovchining individual raqami (STIR) va fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovi bo‘yicha individual raqami (PTIR) asosida, xodimning ish joyi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar amalga oshirilgan davri bo‘yicha hisobga olish bilan bosqichma-bosqich almashtirib borish;
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarning barcha o‘quvchilarini, ularning har biriga soliq to‘lovchining individual raqami (STIR) berilgan va elektron raqamli imzo (ERI)ni tegishli to‘lovni undirmasdan bergan holda, soliq to‘lovchi sifatida davlat soliq organlarida ro‘yxatga qo‘yish;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
2018-yilning 1-iyundanidan boshlab nodavlat tashkilotlarga fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishga joylashtirish sohasida pullik, ular tomonidan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyati amalga oshiriladigan hollarda esa O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga, tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan davrdan boshlab uch yil ichida birinchi marta ishga kirayotgan oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan tuziladigan mehnat shartnomalaridan tashqari, xodimlarning roziligini olgan holda, muayyan muddatli mehnat shartnomalari, jumladan, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga (muddatli mehnat shartnomalari) tuzishga ruxsat berish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarini saqlab turish xarajatlarini, 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish, natijada O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining bo‘shaydigan mablag‘larini ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga, ishsiz fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha choralarni amalga oshirishga yo‘naltirish;
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ish tashkil etishning barcha davlat xizmatlarini to‘liq hajmda qayta ko‘rib chiqish (reinjiniring), ishga tanlov asosida qabul qilish, “yagona darcha” tamoyilida davlat xizmatlari ko‘rsatish, mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, mehnatga haq to‘lashning zamonaviy rag‘batlantiruvchi uslublarini qo‘llagan holda, samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichlari (KPI) asosida xodimlar mehnatining sifati va samaradorligini baholashning ilg‘or shakllarini joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Jamoat ishlari jamg‘armasi tashkil etilsin, uning asosiy vazifasi vaqtinchalik band bo‘lmagan aholining yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, yo‘l va uy-joy kommunal infratuzilmasi obyektlarini qurishda, ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda, shahar va tumanlarni obodonlashtirishda, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida ishtirok etishini moliyalashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2017-yilning 1-sentabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini, jamg‘arma tuzilmasini tasdiqlash, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari, shuningdek, mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilagan holda, tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, ikki oy muddatda kichik biznes, kasanachilik, yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni, shaxsiy tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish asosida bandlikni ta’minlash uchun moliya resurslarini taqdim etish, aholining keng qatlamlariga, birinchi navbatda qishloq joylarda mikromoliyalashtirish xizmatlaridan foydalanishning qulay imkoniyatlarini yaratish borasida “Mikrokreditbank” ATB faoliyatining va barcha bank tizimining samaradorligini tanqidiy tahlil qilish asosida Hukumatning tegishli qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
2017 — 2020-yillarda faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar uchun mikromoliyalash xizmatlaridan foydalanish qulayliklarini, yo‘nalish va hajmlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash, unda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida yangi ish o‘rinlari tashkil etishga tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mikrokreditlarning manzilliligini ta’minlashni kuchaytirish, birinchi navbatda kam ta’minlangan oila a’zolarini, ayniqsa shaharlarda, eng avvalo yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlik sohasiga, kasanachilikka, qishloq joylarda esa shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari asosida iqtisodiy faollikka jalb etishga qaratilgan tadbirlar va mexanizmlar ishlab chiqish;
“Mikrokreditbank” ATBning aholi bandligini ta’minlash masalalaridagi rolini tubdan oshirishni ta’minlaydigan bank faoliyati samaradorligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqqan holda, uning qo‘shimcha kapitallashuvini oshirish, tuzilmasini, boshqaruv tizimini takomillashtirish va filiallari joylashuvini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda belgilangan tartibda mazkur Farmonni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini, uning yangi tuzilmasini tasdiqlagan holda, tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4782-sonli Farmonining 3- va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.


Xulosa:

Аholini ish bilаn tа’minlаsh bu, fuqаrolаrning ehtiyojini qondirish bilаn bog’liq bo’lgаn, qonunlаrgа zid bo’lmаgаn vа bulаrgа ish hаqi (mеhnаt dаromаdi) kеltirаdigаn fаoliyati, bаndlikning аhvoli, uning eng muhim xususiyatlаri, milliy fаrovonlik hаqidа, iqtisodiy rivojlаnish sohаsidа tаnlаngаn yo’lning sаmаrаli ekаnligi to’g’risidа xulosа chiqаrish imkonini bеrаdi. Ish bilаn bаnd аholini shаkllаnishi, qonuniy ish joyi vа mеhnаt dаromаdi bilаn tа’minlаngаn аholi sonini ko’pаyishi bilаn bog’liq bo’lib, mеhnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mеhnatga bo’lgan taklif va talablarni qondirish yo’llarini ochib bеradi.




Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin