Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti Iqtisod-qurulish fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə12/14
tarix07.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#94547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishsizlik kurs ishi

(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
mehnat bozorini tartibga solish, bandlik, mehnatga doir munosabatlar, mehnat muhofazasi, kasbiy va mehnat standartlari, gender tenglikka rioya etilishi, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish sohasida bozor munosabatlari sharoitlariga mos keladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
ishga joylashtirish jarayoniga ilg‘or axborot texnologiyalarini faol joriy etish, jumladan, Milliy vakansiyalar bazasini yaratish va doimiy rivojlantirib borish;
ishga joylashishga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bozorida zamonaviy infratuzilma va raqobat muhitini yaratish, aholi bandligini ta’minlash masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilikning o‘zaro hamkorligini ta’minlashning samarali mexanizmlarini shakllantirish;
bandlik va mehnat muhofazasi sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash, mehnat sharoitlari ekspertizasini amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi va ish beruvchilar o‘rtasida mehnat huquqlari va muhofazasi masalalari bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini olib borish;
kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar va moddiy yordam to‘lanishi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish, mehnatga layoqatli oila a’zolarining bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faolligini oshirish orqali oilani kam ta’minlanganlikdan chiqarish yuzasidan individual dasturlarni ishlab chiqish.
3. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri va uning o‘rinbosarlariga quyidagi vazifa va ustuvorliklar amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:
hududiy va tarmoq aholi bandligi dasturlari tizimli ishlab chiqilishi va amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishini ta’minlash, samarali bandlik shakllarini rivojlantirish, mehnat bozori va aholining ayrim ijtimoiy-demografik guruhlari talablarini hisobga olgan holda, ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha davlat buyurtmalarini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ishsiz aholini, yoshlarni, avvalambor professional ta’lim muassasasi bitiruvchilarini, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini ixtisoslashtirilgan ish o‘rni yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish, aholi va ish beruvchilar uchun mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va hammabopligini oshirish yo‘li bilan ishga joylashtirishga ko‘maklashish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
shaxsiy biznesini tashkil etishni xohlovchilar, ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari amalga oshirilishini rag‘batlantirish va ko‘maklashish, band bo‘lmagan ishga joylashtirishga muhtoj aholi uchun kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilayotgan mablag‘larni ushbu maqsadlar uchun mos ravishda oshirgan holda tashkil etish;
kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy muhofazasi manzilliligini kuchaytirish, nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lashda o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini nazorat qilish, ularni fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlikka va hunarmandchilikka jalb etish choralarini ko‘rish, shuningdek, aholini o‘zini o‘zi band qilishning turli shakllarini rivojlantirishni rag‘batlantirish.
4. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va undan ozod etiladigan vazir rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirini lavozimga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmalarining boshliqlarini lavozimga tayinlash O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbarlarini lavozimga tayinlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan tuman va shaharlar hokimlari va O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aholining tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish tizimini hamda Aholi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining:

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin