1.1.1- rasm. Ishlab chiqarish omillari sarfi o’zgarishiga ko’ra stul ishlab chiqarish grafigi. 3 Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig’i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta’minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizig’i 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizig’i esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi.
Rasmdagi Q1 , Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 1.1.1-rasmda uchta izokvanta tasvirlangan Q1 , Q2 va Q3 . Grafikning gorizontal o’qi bo’yicha mehnat sarfi, vertikal o’q bo’yicha kapital sarfi ko’rsatilgan. Masalan, Q1 izokvantaning har bir nuqtasi koordinatalari 60 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat va kapital sarflarini ko’rsatadi. A nuqtada 60 dona stul ishlab chiqarish uchun uch birlik kapital va bir birlik mehnat sarflangan bo’lsa, B nuqtada ushbu 60 dona stul ishlab chiqarish uchun bir birlik kapital va uch birlik mehnat sarflanadi.
Q2 izokvanta nuqtalari 80 dona stulni mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi. Rasmda Q2 izokvantaning C,D,E va F nuqtalarida mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida 80 dona stul ishlab chiqariladi. Xuddiy shunday Q3 izokvantaning M ,N va T nuqtalari ham har xil ishlab chiqarish omillari sarfida 100 ta stul ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 1.1.1-rasmdan ko’rinib turibdiki Q3 izokvanta Q2 izokvantadan o’ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan ko’proq. Q2 izokvanta esa Q1 ga nisbatan o’ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan ko’proq.
Demak, izokvantalar chapdan o’ngga va yuqoriga qarab joylashib borsa, ularga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish hajmi ham mos holda oshib boradi. 1.1.1- rasmdagi izokvantalar uchun Q1 Q2 Q3 deb yozishimiz mumkin.
Izokvantalarni bunday tartibda joylashishini ikkita omildan, ya’ni mehnat va kapital sarflariga bog’liq ishlab chiqarish funksiyasi yordamida ko’rib chiqamiz. Quyidagi ishlab chiqarish funksiyasi berilgan bo’lsin:
Q f L,K (1)
(1)-funktsiyaning uch o’lchovli fazodagi grafigi quyidagi ko’rinishda bo’ladi (1.1.2-rasm).
Rasmda (1) ishlab chiqarish funksiyasi grafigi berilgan, u yarmi kesilgan qozonni eslatadi. lar funksiyaning ma’lum qiymatlari bo’lib, ular funksiyaning daraja chiziqlari deyiladi. Bu erda funksiyaning daraja chiziqlariga to’g’ri keluvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmlari quyidagi tengsizlikni qanoatlantiradi:
Funksiyaning daraja chiziqlarining 0LK tekisligiga proektsiyasi Q1 , Q2 va Q3 izokvantalar hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyasining yuqori daraja chizig’iga to’g’ri keluvchi izokvantaga yuqori mahsulot ishlab chiqarish hajmi to’g’ri keladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, izokvantalar bir-biri bilan kesishmaydi.