Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti



Yüklə 450,08 Kb.
səhifə4/13
tarix11.05.2023
ölçüsü450,08 Kb.
#111017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
G\'olibjon

Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo’lib, ularning har biri ma’lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to’g’ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o’zida akslantiradi. Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko’pligini ko’rsatadi. Bu firmalar uchun muhim axborot bo’lib, keyinchalik ko’ramiz, qanday qilib izokvantalar mahsulot ishlab chiqarishda xarajatlarni minimallashtiradigan yoki foydani maksimallashtiradigan omillar sarfi kombinatsiyalarini tanlashga imkon yaratadi. Ma’lum vaqt oralig’ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o’rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o’zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi.

bu erda: Q - umumiy mahsulot miqdori; AP - o’rtacha mahsulot; F - sarflangan resurslar.
Chekli mahsulot - bu o’zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo’shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o’sgan qismiga aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya’ni faqat mehnat saflansa chekli mahsulot MPL quyidagicha aniqlanadi:
Q - qo’shimcha birlik mehnat sarfi ( L ) hisobiga ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot miqdori.
Agar ishlab chiqarishda mehnat sarfi o’zgarmas bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish faqat kapitalga bog’liq bo’lsa, chekli mahsulot MPK ga teng:
bu erda: Q - bir birlik qo’shimcha kapital sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot; K - bir birlik qo’shimcha sarflangan kapital.
Quyidagi jadvalda mehnat sarfi o’zgarmas bo’lganda, ishlab chiqarish hajmi faqat kapital sarfiga bog’liq bo’lgandagi o’rtacha va chekli mahsulotlar miqdori ko’rsatilgan.

Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o’zgarmasligini ko’rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to’g’ri keladigan mahsulot o’rtacha mahsulot bo’lib, u to’rtinchi ustunda keltirilgan. O’rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat 14 sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O’rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O’rtacha mahsulot maksimal bo’lganda mehnat sarfi to’rt birlikni tashkil qiladi. Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPL keltirilgan. U qo’shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot miqdori bo’lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o’zgarmas bo’lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o’zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo’shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo’shimcha mahsulot yaratadi. O’rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida o’sib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o’sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog’liq. Agar mehnat sarfi o’zgarsa kapital sarfi ham o’zgarishi mumkin.
Izokvantlar turli shakllarda bo'lishi mumkin:

  • chiziqli - bir omil to'liq boshqasi bilan almashtirilgan deb taxmin qilinganda;

  • burchak shaklida - resurslarning qat'iy to'ldirilishi nazarda tutilganda, undan tashqarida ishlab chiqarish mumkin emas;

  • resurslarni almashtirishning cheklangan imkoniyatini ifodalovchi singan egri chiziq;

  • silliq egri chiziq - ishlab chiqarish omillarining o'zaro ta'sirining eng umumiy holati.

Izokvantaning xossalari:
1. Izokvanta, befarqlik egri chizig'i kabi, diskret nuqtalar to'plami emas, balki uzluksiz funksiyadir.
2. Har qanday mahsulot hajmi uchun ishlab chiqaruvchini bir xil mahsulot bilan ta'minlaydigan iqtisodiy resurslarning turli kombinatsiyalarini aks ettiruvchi o'zining izokvantasini chizish mumkin (ma'lum ishlab chiqarish funktsiyasini tavsiflovchi izokvantlar hech qachon kesishmaydi).



Yüklə 450,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin