Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti



Yüklə 450,08 Kb.
səhifə9/13
tarix11.05.2023
ölçüsü450,08 Kb.
#111017
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
G\'olibjon

Chekli mahsulot – bu o‘zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo‘shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o‘sgan qismiga aytiladi. Masalan, qisqa muddatli ishlab chiqarishda bitta o‘zgaruvchan omil, ya’ni faqat mehnat sarflansa, chekli mahsulot:6

MPLmehnatning chekli mahsuloti yoki mehnatning chekli mah­suldorligi. Mehnatning bir birlik oshishi natijasida umumiy maxsu­lotning oshishini ko‘rsatadi.
Q1, Q2Umumiy maxsulotning ikkita ketma-ket kelganlari.
L1, L2 – Mehnatning ikkita ketma-ket kelganlari.
Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish

Kapital sarfi,
K

Mehnat sarfi,
L

Mahsulot ishlab chiqarish hajmi,Q

O‘rtacha mahsulot,


Chekli mahsulot,



15

0

0

-

-

15

1

12

12

12

15

2

32

16

20

15

3

60

20

28

15

4

80

20

20

15

5

95

19

15

15

6

108

18

13

15

7

112

16

4

15

8

112

14

0

15

9

108

12

-4

15

10

100

0

-8

Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashadigan kapitalning o‘z­gar­masligini ko‘rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltiril­gan. Bir birlik mehnat sarfiga to‘g‘ri keladigan mahsulot o‘rtacha mahsulot bo‘lib, u to‘rtinchi ustunda keltirilgan. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O‘rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yet­guncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O‘rtacha mahsulot mak­simal bo‘lganda mehnat sarfi to‘rt birlikni tashkil etadi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPLkel­tirilgan. U qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqa­rilgan qo‘shimcha mahsulot miqdori bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayirish orqali aniq­la­nadi. Masalan, kapital sarfi o‘zgarmas bo‘lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o‘zgarishi mahsulot ishlab chi­qarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo‘shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo‘shimcha mahsulot yaratadi. O‘rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida ortib, keyinchalik kamayib boradi (ya’ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o‘sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda ka­ma­­yib boradi). Shuni esdan chiqmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatdan tashqari, kapital sarfiga ham bog‘liq. Agar mehnat sarfi o‘zgarsa kapital sarfi ham o‘zgarishi mumkin.

Xulosa.
Biz «Izokvanta izokosta chiziqlari. Ishlab chiqarish funksiyasi. » mavzusida kurs ishini bajarish yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:
Izokvantlar turli shakllarda bo'lishi mumkin:

  • chiziqli - bir omil to'liq boshqasi bilan almashtirilgan deb taxmin qilinganda;

  • burchak shaklida - resurslarning qat'iy to'ldirilishi nazarda tutilganda, undan tashqarida ishlab chiqarish mumkin emas;

  • resurslarni almashtirishning cheklangan imkoniyatini ifodalovchi singan egri chiziq;

  • silliq egri chiziq - ishlab chiqarish omillarining o'zaro ta'sirining eng umumiy holati.


  • Yüklə 450,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin