Kurs ishning obyekti va predmeti: Kurs ishi obyekti turizm rivojlangan mamalakatlar (Yevropaning rivojlangan mamlakatlari va Turkiya), predmeti qilib esa O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmuasi olindi.
Kurs ishning maqsadi va vazifalari: –Xorij mamlakatlari turizm tajribasini o’rganish va turizm sohasida erishgan yutuqlaridan kelib chiqib, ularning tajribalaridan O’zbekiston imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qo’llash.
1.O’zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning yo’nalishlari.
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishning maqsadlari va yo‘nalishlari:2
Xalqaro turizmning rivojlantirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy o‘sish katta miqdordagi tovarlar va yuqori sifatli xizmatlar ishlab chiqarishni va mamlakat aholisini turmush tarzini yuqori hamda farovon bo‘lishini ta’minlaydi.
Xalqaro turizmning rivojlantirishning iqtisodiy samarador-ligi resurslardan foydalanishda minimal xarajatlarni sarflangan holda yuqori darajadagi foydaga ega bo‘lishda namoyn bo‘ladi.
Turli hil turistik xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan o‘zaro madaniy-tarixiy va milliy qadriyatlarni ayirboshlash.
Sifatli asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish, ularning sifatini jahon standartlari darajasiga etkazish. Turizm sanoatini moddiy-texnika bazasini valyuta tushimi yrdamida davlat yo‘li bilan ta’minlash hamda turistik xizmatlarga chet ellik turistlar tomonidan talabni shakllantirish.