Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti


RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI VA ELEKTRON TIJORATNING



Yüklə 43,16 Kb.
səhifə5/5
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#183217
1   2   3   4   5
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI

RAQAMLI IQTISODIYOT TEXNOLOGIYALARI VA ELEKTRON TIJORATNING
RIVOJLANISHI MAMLAKAT IQTISODIY SALOHIYATINING OSHISHIGA XIZMAT QILISHI LOZIM.
Jahonda elektron tijorat tizimlari orqali onlayn-savdo bozori tobora rivojlanib bormoqda. Elektron tijoratning supergigantlari hisoblangan Amazon (AQSh), Alibaba va JD.com (ikkisi ham Xitoy) kabi kompaniyalar hozirda xalqaro onlayn savdoning 40 foizini nazorat qilib, jahondagi eng yirik 10 ta elektron tijorat bozorlaridan yettitasini boshqarmoqda va global logistika tarmog‘ida tovarlar harakatining yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.

Jahon miqyosidagi pandemiya sharoitida aksariyat xalqaro aviareyslarning to‘xtatilishi, yuklarni yetkazib berishning keskin susayib ketishi oqibatida xalqaro pochta va yetkazib berish tizimlarini yanada takomillashtirish, bunda elektron tijorat tizimini yanada kengaytirish zarurligini ko‘rsatib qo‘ydi.
O‘zbekistonda elektron tijorat tizimini rivojlantirish sharoitida hal qilinishi kerak bo‘lgan bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, ulardan biri — bu xorijiy internet-do‘konlaridan tovarlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirishga erishish zaruriyatidir. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, bu masalaning yechimlaridan biri sifatida maxsus bojxona omborxonalarini yaratish va ular faoliyatini to‘liq avtomatlashtirilgan holda nazorat qilishga erishish ekanligini ta’kidlash joiz.

Masalan, Tatariston rahbari 2020-yil iyul oyida Rossiya Moliya vazirligiga Tataristonning transchegaraviy internet savdosi uchun mamlakatning birinchi B2B2C, ya’ni “biznes biznes uchun — biznes mijoz uchun” maxsus “bond zonasi” (bojxona to‘lovlari to‘lanmagan tovarlar ombori yoki omborlari zonasi)ni tashkil etish taklifi bilan murojaat qilgan. Respublika rahbariyati buni sinov tariqasida transchegaraviy internet-savdoga yo‘naltirilgan alohida erkin iqtisodiy zonani yaratish orqali amalga oshirishni taklif qilgan.


Bond zonani yaratish bo‘yicha Tataristonning shartlari orasida logistika infratuzilmasini yuqori darajada tayyorlash, maqbul jug‘rofiy joylashuv va respublika organlarining qo‘llab-quvvatlashi ham mavjud. Rossiyadagi birinchi bunday zonani yaratishga to‘sqinlik qiladigan jihat — bu tartibga soluvchi normativlarning yo‘qligidir. Amaldagi bojxona qoidalari bojxona ombori modelidan foydalanganda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidagi jismoniy shaxslarga pochta orqali tovarlarni jo‘natishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llashga imkon bermaydi.
Hozirgi kunda Xitoy va Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida ayrim umumiy chegara hududlarida erkin savdo va bojxona bond omborlari mavjud bo‘lib, ular faoliyatini ham tanqidiy o‘rganib chiqish lozim.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ham elektron tijorat yo‘li bilan boshqa davlatlarga jo‘natish mexanizmlarini ham ishlab chiqish lozim. Albatta, bu masalalarni mutaxassislar ishtirokida sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va, lozim bo‘lganda, mavjud normativ hujjatlarga tuzatishlar kiritish orqali amalga oshirish zarur.
Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin