ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISHINING TARIXI VA ASOSIY KO’RINISHLARI
Elektron biznes (savdo) rivojlanish tarixi 1960-yil oxirida AQSH Xavfsizlik vazirligi xarbiy bo’limning ARPANET (Advanced Research Projects Agency Network) nomli kompyuterlar tarmog’ini yaratishidan boshlangan. Bunday tarmoqning foydaliligini tez orada anglagan universitet va kolledj olimlari ma’lumot almashinuvi uchun o’xshah tarmoq yaratdilar. Sekin-sekin o’zaro bog’langan yangidan-yangi local tarmoqlar paydo bo’la boshladi. Shunday qilib, XX asrning 80-yil oxirlariga kelib, Internet deganda xalqaro “tarmoqlar tarmog’i” tushunila boshlandi. Internet rivojlanishi davomida individual va korporativ foydalanuvchilar elektron aloqalari shakllandi. Bu esa axborotni ancha qiymatga ega va toppish ancha oson bo’lgan yangi electron sohaning yaratilishiga asos bo’lgan. Internet bunday yangi iqtisodiyot ko’rinishi paydo bo’lishining ham sababi, ham natijasi, fundamental texnologik va iqtisodiy o’zgarishlar mahsuli hamda uning muhiti va bozor hisoblanadi. Bularnung hammasi iqtisodiyotda sezilarli o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biznes yuritishning asosiy munosabatlari va modellari o’zgardi :
To ishlab chiqaruvchi hokimiyatidan, dallolning keyin iste’molchining yetakchi ro’ligacha;
To ommaviy ishlab chiqarishdan buyurtmaga ishlab chiqarishgacha;
To material resurslar va aktivlar muhimligidan axborot, bilim, salohiyat muhimligigacha.
90-yil boshlarida Iternetning aktiv tijoratlashuvidan yangi atamalar paydo bo’ldi: elektron biznes (e-business), elektron tijorat (e-commerce), va elektron marketing (e-marketing). Axborot texnologiyalari biznes muvaffaqiyatida ilgari xech qachon bunday muhim ro’l o’ynamagan. Haqiqatdan ham, yangi ming yillika va elektron biznes rivojlanish davriga kirib kelarkanmiz, biznesni axborot texnologiyalaridan ajratish deyarli mumkin emas. Axborot texnologiyalari ro’lining o’sib borishi barcha faoliyat turlariga ta’sir ko’rsatyapti. Yetakchi mamlakatlar internetni ishlatish va elektron tijorat rivojlanishida katta sakrashni amalga oshirdilar. Xususan AQSHda elektron biznes kuchli soxaga aylandi.
Yetakchi mamlakatlar xar doim qiyin axvolda qoladilar. Bir tarafdan, bozorda yetakchi bo’lganliklari uchun ular birinchilikning barcha foydasini ko’radilar, ikkinchi tarafdan esa yangi sohadagi xamma qiyinchiliklar va muammolar birinchi bo’lib ularga duch keladi. Shuning uchun, ba’zi analitiklar elektron biznes rivojlanishining ancha keying bosqishlarida qo’shilgan mamlakat va kompaniyalar boshqalarning xatolaridan foydalanish, soha
rivojlanishi tendensiyalarini ko’rish borasida yutadi deb xisoblaydilar.
Elektron biznes rivojlanishining to’liq tasvirini yaratish uchun uning rivojlanish qonunlarini tushunish, elektron va an’anaviy marketing tizimlarini o’zaro solishtirish va elektron tijorat, electron marketingni qo’llash bo’yicha qaror qabul qilishda e’tiborni qaratish kerak bo’lgan savollarni aniqlash kerak.
Zamonaviy elektron tijorat asoslarini mantiqan ko’rib chiqish o’rganilayotgan fan, ya’ni AKT sohasi uchun bazaviy kalit tushunchalar va ularga bo’lgan ta’riflarni shakllantirish nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xozirgi davrda ishlatilayotgan tushunchalarga ta’rif va kalit iboralar ular mualliflarining mutaxassis tayyorgarligi va orttirilgan tajribasiga mos kelib, iqtisod sohasidagi jarayonlarni qismangina qamrab oladi va bir qancha fundamental nuqtai-nazarlarni o’zida aks ettiradi. Masalan, AKT sohasida mashhur bo’lgan IBM kompaniyasi mutaxassislarining fikriga ko’ra "Elektron biznes -bu asosiy biznes jarayonlarni Internet texnologiyalar orqali amalga oshirish" dir. Internet biznesi entsiklopediyasining ta’rifiga ko’ra esa u foyda olish maqsadida ichki va tashqi aloqalarni amalga oshirish uchun global axborot tarmoqlarining imkoniyatlaridan foydalanadigan har qanday biznesga oid faoliyatidir. Bu tushuntirish va aniqlovlar Internet tarmog’ining rivojlanishi va amaliy qo’llanishi nuqtai-nazaridangina moliya-iqtisod sohasida yuz bergan jarayonlarni aks ettiradi, albatta. Ammo shak-shubhasizki, milliy, shaxsiy va korporativ axborotkommunikatsion tarmoqlarining yagona Internet tarmog’iga birlashishi elektron tijorat rivojlanishi va uning yanada mustahkamlanishi jarayonlariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Biroq ma’lum doiradagi iqtisodiy-texnik muammolarni hal qilish uchun Internet tarmog’i tomonidan taklif qilinadigan usullar majmuasi sifatida elektron tijorat muammolarini umumiy yoki elektron marketing bilan bog’liq muammolarning qisman ko’rib chiqilishini maqsadga muvofiq deb bo’lmaydi. Chunki axborotkommunikativ tizimning maxsus texnik xususiyatlari iqtisodiy jarayonlarning ob’ektiv tasvirini aniqlab berishga imkon bermaydi. Jahon global tarmog’i iqtisodiyoti xususiyatlarini tahlil qilish va tashkilot, korxonalarning elektron tijorat sohasidagi tajribasini o’rganish bilan yangi kategoriyalar va tushunchalarning o’zaro ta’siri hamda ularning o’zaro bo’ysunish darajasini aks ettiruvchi modellarni tuzish va bugungi kun talablariga mos keladigan ta’riflarni shakllantirish mumkin. Model asosida u yoki bu tijorat faoliyati shakliga mos tijoriy jarayonlar qatorida biznes, tijorat, savdo, marketing turadi. Bunda elektron biznesni amaliyotda qo’llanishining to’rt asosiy bosqichi -marketing, ishlab chiqarish, savdo, to’lovlar jarayonlari nazarda tutiladi. Axborot, kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlarini qo’llash darajasi
chegara (o’lchov) bo’lib, u bo’yicha biznes (tijorat, savdo)ni elektron deb hisoblasa bo’ladi. Ammo bugungi kunda elektron tijorat jarayonlarning anchagina qismi zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlatmasdan turib amalga oshirilmoqda. Bu xolat esa "tijorat" va "elektron tijorat" tushunchalarini mustaqil kategoriyalar sifatida ajratishga imkon beradi, ammo ular orasidagi prinsipial farq asta-sekin yo’qolib bormoqda. Ko’p holatlarda an’anaviy marketing faoliyati - tijorat tahlili (BI - Business Intelligence), iste’molchilar bilan aloqalarni boshqarish (CRM - Customer Relations Management), ta’minot zanjiralari boshqaruvi (SCM - Supply hain Management), bilimlarni boshqarish (KM - Knowledge Management) axborot texnologiya vositalari orqali amalga oshiriladi. Oldingi davrda asosiy masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning uchun tashkilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda hayotga tadbiq etilgan. Xozirgi paytda esa mahsulot yoki xizmat nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos individual talablariga ham mos kelishi lozim. Bu muammoni hal qilishda birinchi o’rinda yagona axborot fazosini tashkillashtirishning vositasi sifatida Internet global tizimi namoyon bo’ladi. Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste’molchilar va ularning har xil talablarini qondirish imkoniyatini yaratdi hamda potentsial mijozlarga o’z buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga individual ravishda kiritishga imkon yaratdi.
Elektron tijoratni yuzaga kelishi va boshlang‘ich talab va ehtiyojni qondirilishi bilan bir vaqtda ilk noxush holatlar yuzaga kela boshladi. Bunga asosiy sababi, xizmat ko‘rsatish sifatining mos kelmasligi hamda infrastruktura tizimining past darajadaligi bilan bog‘liq. O‘zaro hisob–kitob va mahsulotni yetkazib berish infrastrukturasi hanuz yetarli darajada taraqqiy etmagan. Savdo ishtirokchilari samarali to‘lov tizimini yaratishga e’tibor qaratib, mahsulot yetkazib beruvchiga rivojlangan omborxona va transport tizimini taklif etdi. Yaratilayotgan har qanday imkoniyat va sharoit savdo ishtirokchilari bo‘lmish mahsulot ishlab chiqrauvchi va xaridor o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishi, mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida raqobatni yuzaga keltiradi. Elektron tijorat bozorining boshlang‘ich bosqichlarida jadal rivojlanishi birinchi navbatda to‘lov tizimi, bank, provayder xizmati internetga kirish imkoniyatining o‘sishi, mobil aloqa, dasturiy ta’minot va apparat (qurilma) vositalarini yaratuvchilar, hamda o‘z mahsulot va xizmatlarini bozorga chiqarishga talabgorlarning oshib borishi bilan bog‘liq.
Elektron tijoratning o‘ziga xos hususiyati, ushbu tizimda foydalanayotgan ma’lumot almashinuv tizimi protokoli boshqa tizimdagiga o‘xshash protokollarga mos kelmaydi. Elektron tijorat tizimini shakllanishida har bir tashkilot yoki muassasa o‘zining standartlarini tavsiya etib, uni tadbiq etish tarafdori bo‘ladilar. Bu vaqtda kichik yo‘nalishga ega bo‘lgan tashkilotlar norozilik bildiradilar. Nomuvofiqlik elektron tijoratni ommaviy va keng doiradagi foydalanuvchilarga ruxsat berishni cheklaydi. Keyinchalik bu nomuvofiqlik elektron tijorat bozori infrastrukturasining tashkil topishi bilan bartaraf etilishi mumkin. Elektron tijorat paydo bo’lishining boshlang’ich davri XX asr oxirlarida tijorat shakllarining sezilarli transformatsiyasi bo’ldi. O’tgan asrning oxirlarida iste‘molchilarni arzon mahsulot va xizmatlar bilan ta‘minlay olgan yapon ishlab chiqaruvchilarining yutug’i bilan tugagan ommaviy ishlab chiqarish davri sifat davriga almashdi. Bu davrda asosiy masala ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ko’tarish bo’lgan. Buning uchun tashkilot ichki samaradorligini belgilab beruvchi zamonaviy usullar va texnologiyalar ishlab chiqilgan hamda tadbiq etilgan. Ularga boshqalaridan tashqari korporativ axborot tizimlari sinfi eRP (Enterprise Resource Planning) - tashkilot resurslari rejalashtirish ham qarashli. Lekin bu davr ham o’tdi, chunki iste‘molchi mahsulotga nisbatan o’zining fikrini shakllantirdi. Endi mahsulot nafaqat arzon va sifatli bo’lishi, balki xaridorning o’ziga xos talablariga mos kelishi kerak. Buni amalga oshirishda birinchi o’rinda yagona axborot fazosini tashkillashtirishning vositasi sifatida Internet namoyon bo’ladi. Internet tarmog’i ishlab chiqaruvchilarga ko’p sonli iste‘molchilar va ularning har xil talablari tomon yo’l ochdi hamda mijozlarga o’z buyurtmalarini korxonani boshqarish tizimiga kiritishga imkon yaratdi. Bu holat CSRP (Customer Synchronized Resource planning) - xaridor bilan o’zaro ta‘sir doirasida resurslarni rejalashtirish standartiga asoslangan boshqarish tizimi rivojlanishining yangi bosqichiga olib keldi. Shunday qilib, elektron tijorat biznesning yangi shakli sifatida o’z tijorat jarayonlarini rivojlangan ichki va tashqi texnik infrastrukturasi bilan standartlashtirgan tizimlashtirilgan korxona va tashkilotlar asosida shakllana boshladi.
Dostları ilə paylaş: |