Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti


RAQAMLI IQTISODIYOT VA ELEKTRON TIJORAT



Yüklə 43,16 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#183217
1   2   3   4   5
ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI

RAQAMLI IQTISODIYOT VA ELEKTRON TIJORAT
Insoniyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilingan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʻlmaydi.
Yangi iqtisodiyot nima? Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi. Kam oʻrganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tigʻiz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul joʻnatishdan koʻra kengroq imkoniyatlar boʻlib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʻlangan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʻtishga asoslanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarov taʼkidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʻladi.
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda oʻsish, faoliyat shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi.


Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin