2. Gidrosferaning ifloslanishi. Chuchuk suv tanqisligi va muammosi.
3. Suv resurslaridan foydalanishda sodir bo‘layotgan asosiy muammolar.
Maʹruzachi: M.Holmatov
Tabiatda suv va uning ahamiyati hamda Respublikamizning umumiy suv resurslari. Yer kurrasida suvlardan iborat boʹlgan qobiq, Gidrosfera deb ataladi. Unga biosferadagi barcha suvlar –okean, dengiz, koʹl, daryo, muzliklar, yer osti suvlari va atmosfera xavosi tarkibidagi suv bugʹlari kiradi.
Gidrosferaning umumiy suv miqdori taxminan, 1403 mln km3 boʹlib, shundan, okean suvlari 1370 mln km3, muzliklar 24 mln km3, yer osti suvlari 8 mln km3, koʹl suvlari 0,23 mln km3, tuproq tarkibidagi suvlar 0,007 mln km3, atmosfera tarkibidagi suv 0,014 mln km3, daryo suvlari 0,002 mln km3 suvni tashkil etadi.
Yer kurrasining suvga boyligi, uning oʹziga xos xususiyati boʹlib, yerda murakkab va boy tabiat vujudga kelishi hamda rivojlanishning zaruriy shartidir.
Tabiatdagi deyarli barcha jarayonlarda suv ishtirok etadi. Eng muhimi shundaki, tirik organizmlarning paydo boʹlishi, mavjudligi va rivojlanishi, shular orqali biosfera va geografik qobiqni paydo boʹlishi suv bilan bogʹliq.
Suv –yer kurrasida organizmlarning yashashi uchun zarur boʹlgan eng muhim mineral hisoblanib, organizmdagi butun jarayonlar suv muhitida sodir boʹladi.
Suv kundalik hayotimizning hamma soxalarida qoʹllanishi bilan boshqa tabiiy resurslardan farq qiladi. Chunki kishilik jamiyatida suvning oʹrnini bosadigan boshqa resurs yoʹq. Masalan, koʹmir, neft, gaz kabi yoqilgʹilari, biri ikkinchisining oʹrnini qoplayveradi. Bu yoqilgʹilar kamaysa uning oʹrnini atom, termoyadro yoki quyosh enyergiyasi, gidroenyergiya qoplashi mumkin. Lekin hozircha suvning oʹrnini qoplay oladigan boshqa resurs yoʹq. Bu esa suvning juda muhim va bebaho tabiiy resurs ekanligidan dalolat beradi.
Yer kurrasidagi suv qatlami sayyoramizda termik rejimni tartibga solib turadi. Okean va dengizdagi suvlar Quyoshdan kelayotgan issiqlikni toʹplab, qishda uning atrofini juda ham sovib ketishidan saqlab turadi. Atmosferadagi suv esa quyosh radiotsiyasining filtri yaʹni, himoya qatlami hisoblanadi.
Suv Yer yuzasidagi iqlimga ham taʹsir etadi. Buni dengiz oqimlari misolida yaxshi bilish mumkin. Okean va dengiz oqimlari sayyoramizda Quyosh issiqligini qayta taqsimlaydi. Oqimlar quyi kengliklaridagi ortiqcha toʹplangan issiqlikni oʹrta va yuqori kengliklarga surib, iqlimni ancha yumshatadi.
Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Yer yuzasidagi tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. Chunki har qanday hayvon, oʹsimlik va kishilarning hujayra va toʹqimalarida maʹlum miqdorda suv bor. Oʹsimlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-98% gacha boʹladi. Goʹsht tarkibida suv 50% boʹlsa, sutda 87-89 %, sabzavotlarda esa 80-95% ga etadi. Suv ayniqsa kishi organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 72%i suvdan iborat. Uch kunlik bola badanining 97% ini suv tashkil etadi. Shu sababli inson ovqatsiz bir oygacha yashasa ham suvsiz bir kun yashashi mumkin xolos. Shunday qilib, suv inson badanida maʹlum miqdorda doim boʹlishi zarur, agar inson badanidagi suvning 12% i yoʹqolsa, u halok boʹladi. Shu sababli bir kishi sutkada havoning haroratiga qarab 2,4-4 litrdan (past haroratda) 6-6,5 litrgacha (ochiq havoda 400S boʹlganda) suv ichadi.