3. Moliya bozorini rivojlantirishda korporativ tuzilmalarning faolligini ta’minlash
Moliya bozori rivojlanishi keyinchalik tegishli moliya bozorlarini repo va derivativlarni ya’ni hosilaviy qimmatli qog‘ozlarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlaydi, bu o‘z navbatida risklarni boshqarish va moliyaviy barqarorlikni yaxshilashga olib keladi, bu esa iqtisodiy farovonlikni oshirishga xizmat qiladi. Qisqa muddatli foiz stavkalari bozoridagi likvidlilik va narx barqarorligi qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlilikni, bozorni qo‘llab-quvvatlashga yordam berishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, hukumat va boshqa qimmatli qog‘ozlar emitentlari uchun chiqarilgan mablag‘ni qisqartirishi kerak.
3. Moliya bozorini rivojlantirishda korporativ tuzilmalarning faolligini ta’minlash
Moliya bozorini rivojlantirish bir qator imkoniyatlarni ochib beradi. O‘z navbatida moliya bozori hamda zamonaviy moliyaviy infratuzilmaning rivojlanishi innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Faqat shunday sharoitdagina investitsiya faoliyatini faollashtirish va investitsiya oqimlarini ishlab chiqarish, so‘ngra esa yuqori texnologiyalar sohasiga qayta yo‘naltirish mumkin bo‘ladi. Zamonaviy moliya bozorlarining asosiy unsurlarini yaratmasdan turib, iqtisodiy o‘sish asosiy omillaridan biri hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirishiga erishib bo‘lmaydi. Moliya bozori yordamida iqtisodiyotda pul mablag‘lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto‘xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. U investitsiyaga aylanayotgan pulning xo‘jalikning turli sohalari o‘rtasida erkin ko‘chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi.