Andijon Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti 2- kurs k 04 22 gurux talabasi Mamatisoqov Hojimurodning elektr mashinalari fanidan tayorlagan taqdimoti
Andijon Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti 2- kurs k
Andijon Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti 2- kurs k 04 22 gurux talabasi Mamatisoqov Hojimurodning elektr mashinalari fanidan tayorlagan taqdimoti
Asinxron motorlar AO seriyasida ham ishlab chiqariladi. Agar bunday motorning korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlansa, ular AOL seriyada ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda asinxron motorlar asosan A2 (A seriyasi o‘rnida) va AO2 yagona seriyada ishlab chiqariladi. Bunda 2 raqam faqat yangi seriyani xarakter-laydi.Uch fazali asinxron motorlarning yangi seriyasi A va AO seriyalariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega: yangi seriyada nominal quvvati 18 xil bo‘lgan asinxron motorlar ishlab chiqariladi, motorlar og‘irligi 25% ga kamaytirilgan: FIK va quvvat koeffitsienti oshirilgan, motor o‘lchamlari ixchamlashtirilgan: motorlarda maxsus elektrotexnik po‘lat sarfi 10% ,mis sarfi 12% kamaytirilgan, motorlarda xozirgi zamon o‘ta chidamli izolyasion materiallar va laklar ishlatilib, mustaxkamligi oshirilgan . Xozirgi asinxron motorlar, asosan, 9 xil o‘lchamda (gabaritda, stator temir o‘zagi diametri 9 xil o‘lchmda) ishlab chiqariladi. Bu o‘lchamlar 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari, xar bir gabaritda stator pulat o‘zagining uzunligi ikki xil o‘lchamga (1va 2 raqam) ega bo‘ladi.
SHunday qilib, asinxron motorning markasi da uning qaysi seriyaga tegishliligi, gabariti, uzunligi va qutblar soni ko‘rsatiladi. Masalan, AO2 – 62 – 4 bo‘lsa : AO2- yangi seriya ifodasi, 6 – motor 6 gabaritga tegishli, 2 – ikkinchi uzunlik o‘lchamli, 4 - qutblar soni. Quyida yangi yagona seriyada ishlab chiqarilgan asinxron motorlarning nominal quvvatlari shkalasi keltirilgan: 0,6; 0,8; 1,1; 1,5; 2,2; 3; 4; 5,5; 7,5; 10; 13; 17; 22; 30; 40; 55; 75; 100 kvt. YAgona seriyada oddiy qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlardan tashqari, ularning maxsus xillari ham ishlab chiqariladi, masalan, AOP –62-4, AOS2-41-2. Bunda P - xarfi yurgizish momenti , S – xarfi sirpanishi kattalashtirilganligini bildiradi.
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan maxsus asinxron motorlar markasida qo‘shimcha T xarfi yoziladi. Masalan: AOT2- 32-4. To‘qimachilik sanoatiga tegishli mashinalar uzliksiz bir xil yuk bilan ishlaydi.SHuning uchun AOT2- seriyasidagi motorlar, asosan sutka davomida to‘xtamasdan ishlaydigan mexanizmlarda ishlatiladi. Bu motorlarning foydali ish koeffitsienti va quvvat koeffitsienti yuqoriroq bo‘ladi.Bunday motorlar ventilyator bilan tahminlangan. Uzoq vaqt nominal yuk bilan ishlaganda motorning stator cho‘lg‘amining eng yuqori temperaturasi davlat standartida belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lmasligi lozim. AOK2-72-6 da K xarfi faza rotorli asinxron motorlarga tegishli. AO2-72-4T da T xarfi tropik iqlimda ishlashga moslangan asinxron motorlarga tegishli, AO2-72-4X va X xarfi kimyoviy tahsiriga chidamli motorlarga tegishli. VMT xarflar yozilsa, namlik va sovuqqa chidamli motorlarga tegishli, M xarfi yozilsa, shovqinsiz ishlaydigan motorlarga tegishli bo‘ladi. Sanoatning ayrim sohalarida uch fazali katta quvvatli (200-1000 kvt) asinxron motorlar ishlatiladi.Bu motorlar, asosan A,AK,A3,AK3,AP seriyalarda ishlab chiqariladi.
Asinxron dvigitelning rotoriga tahsir etadigan aylantiruvchi moment rotor choʻlgʻamidan oʻtuvchi tok bilan asosiy magnit oqimining oʻzaro tahsiri natijasida hosil boʻladi. Aylantiruvchi moment elektromagnit quvvat orqali kuyidagicha ifodalanadi; M= 1 Pэм ( 17,10) Bunda ; 1 = 2 n1 aylanma magnit maydonning burchak tezligi, n1 sinxron tezlik. p f n 1 1 60 1 = р 2 f 2 f 1 1 1э p p ( 17,11) Aylantiruvchi moment formulasidan keltirib chiqarish uchun ifodadan elektro- magnit quvvatni aniklaymiz; Pem= Pэ s 2 . Rotor choʻlgʻamida elektromagnit quvvat isrofi ifodadan aniqlanadi u xolda dvigatelning aylantiruvchi momenti; M= s m I r s P эм 1 ' 2 2 ' 2 1 1 ( 17,12)