TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Hba-74 guruh talabasi jo`rayev shaxriyorning mikromakroiqtisodiyot fanidan tayorlagan taqdimoti
Mavzu: Mikroiqtisodiyotga kirish, iqtisоdiy bаzis tushunchаlаr
Iqtisodiyotning bosh muammosi: ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlar Ishlаb chiqаrish imkоniyatlаri.
Makroiqtisodiyot
(gekcha: μακρός — „uzun“, „katta“, οἶκος — „uy“ va νόμος — „qonun“) iqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliy va xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi.
Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyot bilan birgalikda iqtisodiyot fanidagi 2 eng muhim boʻlimlarni tashkil etadi. Mikroiqtisodiy darajada hal etib boʻlmaydigan muammolar makroiqtisodiyotda koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiy taʼlimotlar rivojlanishida 10 dan ortiq maktab tashkil topgan. Ular paydo boʻlgan davlati va asoschilarining gʻoyalariga koʻra farq qiladi. Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil, 14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi
Makroiqtisodiyot mikroiqtisodiyot bilan birgalikda iqtisodiyot fanidagi 2 eng muhim boʻlimlarni tashkil etadi. Mikroiqtisodiy darajada hal etib boʻlmaydigan muammolar makroiqtisodiyotda koʻrib chiqiladi. Makroiqtisodiy taʼlimotlar rivojlanishida 10 dan ortiq maktab tashkil topgan. Ular paydo boʻlgan davlati va asoschilarining gʻoyalariga koʻra farq qiladi. Makroiqtisodiyot termini birinchi marta Ragnar Frisch tomonidan 1934-yil, 14-avgustda qoʻllanilgan. „The General Theory of Employment, Interest and Money“ kitobida keltirilgan gʻoyalari uchun zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes hisoblanadi
Zamonaviy makroiqtisodiyot asoschisi John Maynard Keynes
Mikroiqtisodiyot fani korxonalar, firmalar va shu kabi mamlakat xalq xo’jaligining quyi bo’g’inidagi ob‘ektlar faoliyatiga taaluqli fan bo’lganligi uchun u shu korxona (firma) larda cheklangan resurslardan maqsadga muvofiq tarzda foydalanilgan holda kishilar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy ne‘matlarni ko’paytirishni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi
Iqtisodiy muammolarning tub mohiyati resurslarning cheklanganligi hamda inson ehtiyojlarining cheklanmaganligi bilan izohlanadi. Bu jarayon iqtisodiyot nazariyasining predmetini belgilab beradi.
Davlatning makroiqtisodiy siyosati
Fiskal siyosat (byudjet-soliq siyosati) — iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida yalpi xarajatlar va soliq stavkalarini oʻzgartirish orqali amalga oshiriladigan siyosat. Hukumat inqiroz sharoitida mamlakat yalpi xarajatlarni oshirish va soliq stavkalarini pasaytirish orqali stimullovchi iqtisodiy siyosat, oʻsish fazasida esa yalpi xarajatlarni kamaytirish va soliq stavkalarini oshirish orqali cheklovchi iqtisodiy siyosatdan foydalanishi mumkin
Iqtisodiy oʻsish
Makroiqtisodiy siyosatning yana bir muhim vazifasi bu iqtisodiy oʻsishga erishish hisoblanadi. Nazariy darajada daromadlar tengsizligi, davlatlar orasidagi iqtisodiy oʻsish sur’atlaridagi farq va barqaror rivojlanish bilan iqtisodiy oʻsish nazariyasi shugʻullanadi. Bu masalalarni oʻrganuvchi birinchi tadqiqotlar XVIII asrda, asosiy gʻoyasi tugʻilish koʻrsatkichini pasaytirishga qaratilgan maltuschilik taʼlimotida aks ettirilgan. Thomas Robert Malthus oʻzining „Nufus qonuni toʻgʻrisida tajriba“ asarida aholi soni juda tez koʻpayib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarining oʻsishi esa, ancha orqada qolib ketadi, degan fikrlarni keltirgan
Iqtisodiy oʻsish omillar
Mehnat (iqtisodiyotda ishlangan umumiy soatlar soni);
Inson kapitali;
Ashyoviy kapital miqdori;
Texnologik progress;
Erkin savdo;
Mamlakatdagi erkinlik darajasi
Etiboringiz uchun raxmat USHBU SLAYD HBA-74 GURUH TALABSI JO`RAYEV SHAXRIYOR TOMONIDAN TAYORLANDI