Andijon mashinasozlik instituti “Elektrotexnika” fakulteti “Energiya tejamkorligi va energoaudit” yo‘nalishi k-05-22 guruh 2-kurs talabasi Jahongirov Xurshidbekning Energiya o’lchov asboblari va boshqarish tizimlari fanidan mustaqil ta‘lim



Yüklə 12,78 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü12,78 Kb.
#187121
1   2   3   4   5
Energiya o\'lchov 3-mavzu

Termoelektrik termometrlar.

Termojuftlangan elektr o‘lchash asbobi termoelektrik asbob deyiladi. U haroratni 50°С dan 2500°С gacha o‘lchash uchun qo‘llaniladi va boshqa asboblarga solishtirilganda qator afzalliklarga ega: o‘lchashlarda aniqligi yaxshi, ularning mutlaq qiymatlarini katta haroratlar oralig‘ida o‘lchash mumkinligi, bir nechta termojuftlarni qayta ulagich yordamida bitta elektr o‘lchash asbobiga ulash bilan harorat nazoratini markazlashtirishga imkon beradi. Haroratni o‘lchash uchun termoelektrik termometrlar ishlatishi termojuftning termoelektr yurituvchi kuchi haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Termoelektr yurituvchi kuch ikki xil o‘tkazgichdan tuzilgan zanjirda, bu o‘tkazgichlar ulangan joylarida haroratlar farqi natijasida hosil bo‘ladi. Termoelektrik termometrlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarga qator talablar qo‘yiladi: issiqlikka chidamlilik, issiqlikka mustahkamlik, kimyoviy chidamlilik, barqarorlik, tiniqlik, darajalangan tavsiflari chiziqliligi, yuqori sezgirligi va boshqalar. Ularning orasida majburiy va ma’qul keladiganlari bor. Majburiy talablar qatoriga darajalangan tavsiflar barqarorligi va ma’lum termoelektrik xossalarga ega kerakli miqdorda materiallarni qayta ishlab chiqarish kiradi. Qolgan talablar esa ma’qul keladigan bo‘ladi.

Termoelektrik termometr konstruktiv sxemasi.

Termoelektrik termometr konstruktiv sxemasi.

Turli xil muhit haroratini o‘lchash uchun ishlatiladigan ishchi termoelektrodlarning g‘ilofi himoyalash gilzasi 1 dan, salnikli zichlanishli siljimaydigan 2, siljiydigan shtuserlardan va boshcha 3 dan iborat bo‘lib, u quvurcha 6 yordamida siljimaydigan shtuser bilan yoki siljiydigan shtusyerda bevosita gilza bilan ulanadi. Salnikli zichlanishli patrubok 5 va qopqoq bilan ta’minlangan boshchada termoelektrodlar 7 ga ulanish uchun izolyasiya materialli rozetka 4 qisqichlari bilan va termometrni o‘lchash asbobi yoki o‘zgartirgichni ulaydigan simlar joylanadi. Harorati o‘lchanayotgan muhitga tushiriladigan har qanday ma’lum rusumli termoelektrik termometr 1 uchun har xil bajariladi.


Yüklə 12,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin