Andijon Mashinasozlik Instituti ‘’Elektrotexnika’’ fakulteti etea yo’nalishi k 95 21 guruh talabasi muxtorov qutbiddinning ekologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 7,18 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,18 Kb.
#209604
INSON VA BIOSFERA.

Andijon Mashinasozlik Instituti ‘’Elektrotexnika’’ fakulteti ETEA Yo’nalishi K_95_21 guruh talabasi YOQUBOV DILYORNING Ekologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

INSON VA BIOSFERA.

rEJA:

  • Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari. Biosfera va koinot
  • Biosferaning hosil boʹlishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi.
  • Biomassa haqida.

1. Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari. Biosfera va koinot

  • 1. Biosfera haqida tushuncha, uning tarkibi va funksiyalari. Biosfera va koinot
  • Yer yuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy taʹsiri ostida boʹlgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera(yunoncha “bios”–hayot, “sfera”–shar) deb yuritiladi. Biosfera yerning qattiq qobigʹi– litosferaning ustki qismi (3 km chuqurlikkacha), havo qobigʹi atmosferaning quyi, troposfera qismini(15 km gacha) va suv qobigʹi–gidrosferani (11 km gacha) oʹz ichiga oladi (3.1.1 -rasm). Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan ximoya qiladigan “ozon qatlami” (22 km)dan oʹtkaziladi va biosferaning umumiy qalinligi 33-35 km deb belgilanadi. Biosferaning tarkibi: V.I.Vernadskiy boʹyicha biosferaning quyidagi tarkibiy qismlari ajratiladi: - tirik modda(biota)lar –barcha tirik organizmlarning yigʹindisi; - oʹlik moddalar –hosil boʹlishida tirik organizmlar qatnashmaydigan togʹ jinslari, suv, minerallar va boshqalar; - biogen moddalar –organizmlar hayot faoliyati mahsuli sifatida hosil boʹlgan koʹmir, torf, neft, gaz va boshqalar; - oraliq moddalar – biogen moddalarning noobiogen kelib chiqqan mineral jinslar bilan aralashmalari-tuproq, slanetslar va boshqalar.

Tarkibidagi energiya yoki uglerod miqdoriga asoslangan maʹlumotlar boʹyicha biosferadagi tirik, biogen va oraliq moddalar miqdori nisbati 1:20:4000 ga toʹgʹri keladi. Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta‟limoti;1875 yilda bu tushunchani birinchi bor avstriyalik geolog olim E.Zyuss ishlatdi. Yerning alohida qobiqlarigeosferalarini oʹrganayotganida hayot tarqalgan qobiqni u “biosfera” deb ajratdi. Biosfera xaqidagi taʹlimotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi boʹlib Yer sayyorasi evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani biogeokimyoviy oʹrganishni boshlagan.

2. Biosferaning hosil boʹlishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi.

  • 2. Biosferaning hosil boʹlishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi.
  • Abiotik bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan. Biotik bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida paydo boʹlgan. Qurʹoni Karimda, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:«...va suvdan har bir narsani qilganmiz»10 . Boshqa bir oyatda esa: «Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi»11, deyiladi. Arxey va Proterozoy eralarida hayot sodda koʹrinishda boʹlgan va okean oʹsimliklarida fotosintez amalga oshgan. 600 mln. yil ilgari, Paleozoy erasining Kembriy davriga kelib okeanda hayot turlana boshlaydi. Keyinchalik, hayot quruqlika chiqadi, butun biosferani egallaydi va gurkirab rivojlangan. Organik evolyutsiya davomida tirik organizmlar atmosfera havosini, Dunyo okeanining suvini, tuproqlarning asosiy massasini, mineral birikmalarining katta massasini aʹzolari, terilari, xujayralari, qonlari orqali minglab martalab oʹtkazgan va butun yer muhitini oʹzgartirgan (Akimova,1998).

3.Biomassa haqida.

  • 3.Biomassa haqida.
  • Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar yigʹindisini V.I.Vernadskiy “tirik modda” deb ataydi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha biota deb ham nomlanadi. Biota biomassasi eng kichik boʹlishiga qaramay yuqori xilma-xillikka ega va oʹz tarkibini million marta tezroq yangilaydi. V.I.Vernadskiy tirik organizmlarning birgalikdagi faoliyatini yer yuzi tabiatini oʹzgartiradigan geologik kuchga qiyoslaydi. Evolyutsion taraqqiyoti davomida tirik organizmlar biosferadagi hozirgi sharoitlarni yuzaga keltirgan. Biosferdagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Biosfera biomassasining asosiy qismi-98,6%i quruqlikdagi oʹsimliklarga toʹgʹri keladi va yalpi biomassaning kimyoviy tarkibini belgilaydi. Dunyo okeanining biomassasi biosfera biomassasining 0,57%ini tashkil qiladi, lekin mahsuldorligi katta.
  • Biosfera biomassi (quruq modda hisobida) 1,4 trln.tonnaga teng kelsa, uning yillik mahsuldorligi oʹn marta kamdir.

XULOSA.

  • Tirik organizmlarning birgalikdagi faoliyatini yer yuzi tabiatini oʹzgartiradigan geologik kuch ekanligini va evolyutsion taraqqiyoti davomida tirik organizmlar biosferadagi hozirgi sharoitlarni yuzaga keltirganliginibilib oldim.

Foydalanilgan adabyotlar.

  • 1. Karimov LA. XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikkka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. —Т.: 0 ‘zbekiston, 1997, 326-b.
  • 2. Химия окружающей среды: Под ред. Дж.О.М.Бокриса Пер с англ.ттод ред. А.П. Цыганкова М.: Химия, 1982.
  • 3. Чернобаев И.П. Химия окружающей среды: - К.: Выщая школа. 1990.
  • 4. Опаловский А.А. Планета Земля глазами химика. — М.:Наука, 1990.
  • 5. Апдруз Дж., Бримблекумб П., Джикелз Т., Лисе П. Введение в химию окружающей среды: Пер. с антл. М.: Мир, 199.

Yüklə 7,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin