Past chastotalarda ishlovchi diodlar (past chastotali diodlar). Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlarning asosiy vazifasi sanoat chastotali (50 Gs) o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirishdan iborat. Bunda diod to‘g‘rilangan tokning yuqori qiymatini ta’minlashi zarur. To‘g‘rilovchi diodlar odatda kichik, o‘rta va katta quwatli diodlarga ajratiladi va mos ravishda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha hamda 10 A dan katta toklarda ishlashga mo‘ljallanadi. Past chastotali diodlarning p-n o‘tish yuzasi boshqa diodlamikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi.
Tranzistor bilan elektrovakuum triodini solishtirganimizda, emitter — katodga, baza — setkaga, kollektor — anodga to‘g‘ri keladi. Setkali kuchlanish (kirish) orqali boshqariladigan trioddan farqi, tranzistor kirish toki orqali boshqariladi, shuning uchun
tranzistorning kirish zanjirida, uch elektrodli lampalarning kirish zanjiriga nisbatan quwatdan foydalanish ko‘proq bo‘ladi. Endi p-n-p tipidagi tranzistorlarni ishlash prinsipi bilan tanishamiz.
Tranzistoming kollektor (chiqish) zanjiriga o‘tkazmaslik yo'nalishida EVb manba ulanadi. Kollektor o‘tish joyida elektr maydonining keskinligi oshadi, kollektor o‘tish joyi orqali asosiy bo'lmagan tashuvchilarning harakatidan kelib chiqqan kollektor zanjirida kichik teskari tok paydo bo‘ladi. Bu tok kollektoming issiqlik
toki deyiladi, chunki uning miqdori haroratga bog'liq bo'ladi va Ikho bilan belgilanadi.
To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan kuchlanishli elektr manbalarni o’zgarmasga o‘zgartirish uchun ishlatiladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xususiyati bir tomonlama o‘tkazuvchanlikni namoyon qilishdan iborat. Diodga to‘g‘ri kuchlanish berilganda undan katta tok o‘tadi, teskari kuchlanish berilganda esa, tok deyarli oqmaydi.
Past chastotalarda ishlovchi diodlar (past chastotali diodlar). Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlarning asosiy vazifasi sanoat chastotali (50 Hz) o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirishdan iborat. Bunda diod to‘g‘rilangan tokning yuqori qiymatini ta’minlashi zarur. To‘g‘rilovchi diodlar odatda kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga ajratiladi va mos ravishda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha hamda 10 A dan katta toklarda ishlashga mo‘ljallanadi. Past chastotali diodlarning p-n o‘tish yuzasi boshqa diodlarnikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi.