Andijon Mashinasozlik Instituti ib va kt fakulteti at va t yo'nalishi k-34-22 guruh talabasi To'ychiyev Shukrulloning Elektrotexnika va Sxemotexnika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 37,85 Kb.
səhifə3/6
tarix26.12.2023
ölçüsü37,85 Kb.
#198603
1   2   3   4   5   6
YO\' diod. tog\'rilovchi diodlar

To'g'rilovchi diodlar 
To‘g‘rilovchi diodlar kremniy, germaniy, arsenid galliy asosida tayyorlanadi. Ularni tuzilishiga va tayyorlanish texnologiyasiga ko‘ra
tasniflash mumkin. Tuzilishiga ko‘ra yarimo‘tkazgich to‘g‘rilovchi diodlar yassi va nuqtaviy diodlarga, tayyorlanish texnologiyasiga ko‘ra esa, eritib tayyorlangan, diffuziya va epitaksiya usuli bilan tayyorlangan diodlarga ajratiladi.
Yassi to‘g‘rilovchi diodlarda p-n o'tish yuzasi katta bo‘ladi va ular katta qiymatli toklarni (30 A gacha) to‘g‘rilashda isjilatiladi. Nuqtaviy diodlarning p-n o‘tish yuzasi kichik bo‘lgani sababli, ular kichik toklarni (30 mAgacha) to‘g‘rilash uchun ishlatiladi.
Odatda yarimo‘tkazgich to‘g‘rilovchi diod 1 kV gacha teskari kuchlanishlarda ishlaydi. Diod ishlaydigan kuchlanish qiymatini oshirish zarurati tug'ilganda bir nechta ketma-ket ulangan to‘g‘rilovchi diodlardan tashkil topgan to‘g‘rilovchi ustun deb ataluvchi yarimo‘tkazgich asbobdan foydalaniladi. Bunday yarimo‘tkazgich asbobda teskari kuchlanish qiymati 15 kV gacha yetishi mumkin.
Tranzistor bilan elektrovakuum triodini solishtirganimizda, emitter — katodga, baza — setkaga, kollektor — anodga to‘g‘ri keladi. Setkali kuchlanish (kirish) orqali boshqariladigan trioddan farqi, tranzistor kirish toki orqali boshqariladi, shuning uchun
tranzistorning kirish zanjirida, uch elektrodli lampalarning kirish zanjiriga nisbatan quwatdan foydalanish ko‘proq bo‘ladi. Endi p-n-p tipidagi tranzistorlarni ishlash prinsipi bilan tanishamiz. 
Tranzistoming kollektor (chiqish) zanjiriga o‘tkazmaslik yo'nalishida EVb manba ulanadi. Kollektor o‘tish joyida elektr maydonining keskinligi oshadi, kollektor o‘tish joyi orqali asosiy bo'lmagan tashuvchilarning harakatidan kelib chiqqan kollektor zanjirida kichik teskari tok paydo bo‘ladi. Bu tok kollektoming issiqlik
toki deyiladi, chunki uning miqdori haroratga bog'liq bo'ladi va Ikho bilan belgilanadi.
To‘g‘rilovchi diodlar o‘zgaruvchan kuchlanishli elektr manbalarni oV.garmasga o‘zgartirish uchun ishlatiladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xususiyati bir tomonlama o‘tkazuvchanlikni namoyon qilishdan iborat. Diodga to‘g‘ri kuchlanish berilganda undan katta tok o‘tadi, teskari kuchlanish berilganda esa, tok deyarli oqmaydi.
Past chastotalarda ishlovchi diodlar (past chastotali diodlar). Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlarning asosiy vazifasi sanoat chastotali (50 Gs) o'zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka o‘zgartirishdan iborat. Bunda diod to‘g‘rilangan tokning yuqori qiymatini ta’minlashi zarur. To‘g‘rilovchi diodlar odatda kichik, o‘rta va katta quwatli diodlarga ajratiladi va mos ravishda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha hamda 10 A dan katta toklarda ishlashga mo‘ljallanadi. Past chastotali diodlarning p-n o‘tish yuzasi boshqa diodlamikiga nisbatan kattaroq bo‘ladi.

Yüklə 37,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin