Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yonalishi k17-22 guruh takabasi tulanov yosinbekning moliya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI IQTISODIYOT FAKULTETI BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YONALISHI K17-22 GURUH TAKABASI TULANOV YOSINBEKNING MOLIYA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI
Mavzu: PULNING DAVRIY QIYMATI va pul oqimlarining diskontli tahlili
Reja:
1: 1. Murakkab foizlar va ularni hisoblash. 2. Pullarning keltirilgan qiymati va diskontlash.
Moliyaviy qaror qabul qilayotganda muayyan vaqt davomida taqsimlangan xarajatlar va daromadlarni inobatga olish kerak. Firmalar va uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qiladigan kishilar bugun tikilayotgan pullarni ertangi kunda ko’riladigan foyda qanchalik oqlashi to’g’risida o’ylab ko’rishlari kerak. Buning uchun vaqt oralig’ida pul qiymati (time value of money, TVM) va pul oqimlarini diskontlash (discounted cash flow, DCF) konseptsiyalarini to’g’ri tushunish talab etiladi.
Moliyaviy qaror qabul qilayotganda muayyan vaqt davomida taqsimlangan xarajatlar va daromadlarni inobatga olish kerak. Firmalar va uy xo’jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qiladigan kishilar bugun tikilayotgan pullarni ertangi kunda ko’riladigan foyda qanchalik oqlashi to’g’risida o’ylab ko’rishlari kerak. Buning uchun vaqt oralig’ida pul qiymati (time value of money, TVM) va pul oqimlarini diskontlash (discounted cash flow, DCF) konseptsiyalarini to’g’ri tushunish talab etiladi.
1. Murakkab foizlar va ularni hisoblash Vaqt oralig’ida pul qiymati (pulning davriy qiymati)ni va diskontlangan pul
oqimlari tahlilini o’rganishni murakkab foizlar tushunchasidan boshlaymiz.
Murakkab foizlarni hisoblab chiqarish yordamida pullarning keltirilgan, yoki
boshqacha qilib aytganda, joriy qiymatdan (present value) (PV) bo’lajak qiymatga
(future value) (FV) o’tish jarayoni sodir etiladi. Bo’lajak qiymat – bu ma’lum
sanaga kelib, murakkab foizlar yozilishi (hisoblanishi)ni inobatga olgan holda
investitsiya qilingan pullar inflyatsiyani inobatga olgan holda teng bo’ladigan.
Masalan, Siz bankdagi hisob raqamingizga yiliga 10 %li stavka bo’yicha 1000
dollar (PV) qo’ydingiz. Muddat tugamasdan turib bir sent ham olmaslik sharti
bilan, yiliga 10%li stavkada va investitsiya muddati besh yil qilib belgilanganda,
Siz besh yildan keyin oladigan summa 1000 dollarning bo’lajak qiymati deb
ataladi.
Atamalarga aniqlik kiritib olaylik:
PV – keltirilgan (joriy) qiymat, yoki boshlang’ich summa; i – foiz stavkasi, odatda foiz stavkalari yiliga hisoblanadi. Bu yerda 10% (yoki o’nlik ifodada 0,10);
n – foizlar hisoblanadigan yillar miqdori; FV – n yildan keyingi bo’lajak qiymat.
Endi bu misoldagi bo’lajak qiymatni bosqichma-bosqich hisoblab chiqamiz. Birinchidan, birinchi yil tugagandan keyin pulingiz qancha bo’ladi?
Siz mazkur moliyaviy operatsiya boshlangandagi 1000 dollar va unga qo’shimcha 100 dollar miqdorida foizlarga ega bo’lasiz (1000 dollarning 10% yoki 0,1 x 1000 dollar).
Pullaringizning bo’lajak qiymati 1100 dollarga teng bo’ladi: 1) FV =1000 $ x 1,10 =1100 $. 2) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 =1210 $. 3) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1 =1100 x1,13=1331 $ ………………………………………………………… 5) FV =1000 $ x 1,1 x 1,1 x 1,1x 1,1 x 1,1 =1100 x1,15=1610,51 Murakkab foizlar yozilishi (hisoblanishi)ni chuqurroq tushunish uchun 11-jadvalga qarang. Jadvalda hisob raqamingizdagi pullarning besh yil davomida ko’payishi ko’rsatilgan. Ulardan ko’rinib turibdiki, har yili yozila (hisoblana)digan foizlarning umumiy summasi bilish uchun yil boshidagi summani 10% miqdoridagi foiz stavkasiga ko’patirish kerak.
Faraz qilaylik, kelajakda ma’lum kunga kelib rejadagi summaga ega bo’lish uchun bugun qancha investitsiya qilish kerakligini bilmoqchimiz.
Masalan, 8 yildan keyin farzandimiz institutda o’qishiga to’lash uchun 15000 dollar kerak. Shunga muvofiq ravishda, hozir qancha pul investitsiya qilishimiz kerak? Foiz stavkasi yillik 10 %.
Quyidagi formuladan foydalanamiz:
𝑷𝑽 = 𝑭𝑽(𝟏 + 𝒊
𝑷𝑽 = 𝑭𝑽(𝟏 + 𝒊= 𝟏𝟓𝟎𝟎𝟎*(𝟏 + 𝟎. 𝟏= 𝟔𝟗𝟗𝟕, 𝟔 $
Keltirilgan qiymatni hisoblash diskontlash deb ataladi, va bunday hisob-kitoblarda ishlatiladigan foiz stavkasi diskont stavka, yoki diskontlash stavkasi deb ataladi. Moliyada diskontlash pulning keltirilgan qiymatini uning kelajakdagi ma’lum summasidan kelib chiqqan holda hisoblash tushuniladi.
Biznes olamida diskontlashning turi keltirilgan qiymatni hisoblash diskontlangan pul oqimlari tahlili, yoki ma’lum vaqt davriga keltirilgan pul oqimlari tahlili deb ataladi (discounted cash flow (DCF) analysis).
Biznes olamida diskontlashning turi keltirilgan qiymatni hisoblash diskontlangan pul oqimlari tahlili, yoki ma’lum vaqt davriga keltirilgan pul oqimlari tahlili deb ataladi (discounted cash flow (DCF) analysis).
Diskontlash – bu murakkab foizlarni hisoblashga teskari jarayon. Shunday ekan keltirilgan (aylantirilgan) qiymatni hisoblab chiqish uchun biz oldin bo’lajak qiymat koeffitsientini topish uchun foydalangan 13-jadvaldan foydalanish mumkin. Biroq bu yerda biz bu koeffitsientga ko’paytirmaymiz, aksincha, unga bo’lamiz. Shunday qilib, 13-jadvalda 1,6105 ni tashkil etadigan bo’lajak qiymat koeffitsientini topamiz va 1000 dollarni shu 1,6105 ga bo’lamiz va yillik foiz satvkasi 10% bo’lganda besh yildan keyin olinadigan 1000 dollarning keltirilgan (aylantirilgan) qiymatini topishimiz mumkin