Suyuqlik va gazlar uchun Paskal qonuni Qattiq jismlar o’zlariga ta’sir etayotgan tashqi bosimni shu bosimlarni yuzaga keltirgan kuchlar yo’nalishida uzatadi. Suyuqlik va gazlarda esa tashqi bosim umuman boshqacha uzatiladi. Gidrostatikaning asosiy tenglamasidan ko’rinadiki, idishdagi siyiqlik hajmining ixtiyoriy joyidagi nuqtani tanlamaylik, unga tashqi sirtga qo’yilgan p 0 bosim doimo ta’sir etadi. Boshqacha aytganda, yopiq idishdagi suyuqlikning tashqi sirtiga qo’yilgan bosim shu suyuqlikning barcha ichki nuqtalariga barcha yo’nalishlarda o’zgarishsiz bir xil uzatiladi. Bu qoida Paskal qonuni (1663 yilda yaratilgan) deb ataladi. Paskal qonunining ma’-nosini tushunish uchun avvalo quyidagi eksperimentni qaraymiz (2.10- rasm). Tiqin bilan yopilgan idishda suv saqlanadi. Tiqinga diametrlari bir xil uchta naycha qo’yilgan bo’lib, ularning suyuqlikdagi quyi teshiklari bir xil chuqurlikda joylashgan, ammo ular har xil tomonga (quyiga, yonga va yuqoriga) yo’naltirilgan, yana bitta naycha esa suvga yetmaydigan qilib, purkagichga rezinali ballon orqali ulangan. Uning yordanida idishga havo haydab, idishda suv sirtidagi havo bosimini oshiramiz. Ta’kidlaymizki, bunda har uchala naychada ham suv bir xil balandlikka ko’tariladi.