Gidrostatikaning asosiy tenglamasi (Azizova Yorqinoy)
Yuqoridagi formuladan quyidagi gidrostatikaning asosiy tenglamasi kelib chiqadi: p = p 0 +γ·(z 0 –z) yoki p = p 0 +γ·h, bu yerda h – qaralayotgan nuqtaning cho’kish chuqurligi; γ·h – asosining yuzasi birga teng h balandlikli suyuqlik ustunining og’irligini ifodalovchi miqdor. Bu tenglama hadlarining epyurasi 2.8- rasmda o’ngda tasvirlangan. Bu tenglamani z+p/γ = z 0 +p 0 /γ ko’rinishda ifodalasak, uning hadlarini 2.9- rasmdagidek tasvirlash mumkin. 2.9-rasm. Gidrostatikaning asosiy tenglamasini ifodalovchi sxema. 2.8-rasm. Gidrostatikaning asosiy tenglamasi hadlarining geometrik sxemasi va gidrostatik bosim epyurasi.

Gidrostatikaning asosiy tenglamasini tahlil qilib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: gidrostatik bosim suyuqlikning erkin sirtiga ta’sir etayotgan p 0 – tashqi bosim va suyuqlikning h balandlikli ustuni og’irligi natijasida paydo bo’ladigan ρgh – og’irlik bosimi yig’indisiga teng; p 0 – tashqi bosim qaralayotgan nuqtaning koordinata-laridan bog’liq, ya’ni u sokin suyuqlikning barcha nuqtalariga o’zgarishsiz bir xil uzatiladi, shuning uchun amaliyotda suyuqlik bosim uzatuvchi muhit sifatida qaraladi (gidravlik mashinalar (gidrozichlagichlar, siquvchi silindrlar, gidroko’targichlar)ning ishlash jarayoni suyuqlikning ana shu xossasiga asoslangan); ρgh – og’irlik bosimi nuqtaning koordinatalari funksiyasi, nuqtaning suyuqlik sathidan cho’kish chuqurligi oshishi bilan bu bosim o’sib boradi; p 0 – tashqi bosim atmosfera bosimdan katta, atmosfera bosimga teng va atmosfera bosimdan kichik bo’lishi mumkin; agar p ning sonli qiymati atmosfera bosimini hisobga olib aniqlangan bo’lsa, u holda (2.8) formula bo’yicha aniqlangan bosim absolyut bosim va aksincha atmosfera bosimisiz aniqlangan bosim ortiqcha bosim deb ataladi.