Buyurtma - naryad qattik nazorat ostidagi blanka bo`lib, operatorda yoki qabul qilish masterida turadi, mashinkada 4 nusxada yoziladi.
Buyurtma kvitantsiya buyurtma - naryad asosida to`ldirilib qabul qilish masterida xisobotda turadi. Bu xujjat 3 nusxada tuldiriladi, uning bir nusxasi kassada qoladi, ikkinchisi ishlab chikarishga beriladi va 3 nusxasi mijozda qoladi.
Buyurtmalarni xisobga olish jurnali - TX va remontga qabul qilingan avtomobillarni ruyxatga olish uchun yurgiziladi, unda buyurtma - naryadlarni ruyxatga olinadi.
Bu jurnal 1 nusxada tuldirilib, betlari rakamlangan ATKXS raxbari tomonidan qo`l qo`yib, muxrlangan bo`lishi kerak.
Qabul qilish egasiga qaytarish dalolatnomasi qabul qilish masteri va ishlab chikarishni tayyorlash masterida bo`ladi. 1 nusxada to`ldirilib 1 nusxasi buyurtma - naryadga qo`shiladi. 2 nusxasi esa buyurtma ichida bo`ladi.
Operativ xisobot ATXKS dispetcheri tomonidan tuldiriladi. Buni tuldirish uchun uchastka masterlirining xisobot-buyurtmasi, asos bo`ladi. ATXKS da ishlab chikarishni boshkarish xujjatlarining aylanish sxemasi rasmda berilgan.
Yirik ATXKSlarda ishlab chikarish xujjatlarini kayta ishlash uchun 10 ga yakin bulimlari ishtirok etadi, mahlumotlar tarkatish kanallarining soni 50 taga borishi mumkin. II.ATXKSda esa asosiy boshkaruvchi 1) raxbar-direktor yoki boshlik xisoblanadi. ATXKS raxbarining barcha faoliyati asosan ichki yunalishga karatilgan, yahni xujalik ishlab chikish ishlarining samarasini kutarish va jamoani tarbiyalash. ATXKSda ishlab chikishni boshkarishda asosan kuyidagi lavozim shaxslari ishtirok etadilar – direktor,dispetcher, qabul masteri, ishlab chikarish masteri. Ularning kundalik ishi ishlab chikarish postlarini ish bilan tahminlash masalasini xal etishdan iborat. Bu ishlarni shunday rejalashtirish kerak-ki, natijada avtomobillar remonti sifatli, nisbatan tez bulsin, mijozning buyurtmasi kondirilsin.
Ishlab chikarishni boshkarish elementlarining muxim elementlirdan biri ishlab chikarish taksimoti (dispetcher) xizmatini jarayonga kiritishdir. Taksimot xizmatining vazifasi ATXKSga qabul qilingan avtomobil egasiga kaytarilgungacha bo`ladigan ishlarni zarur postlarga operativ xolda tarkatib berishdir. ATXKS uchastkasidagi ishlarni master yoki ishlab chikarish masteri tashkil etadi. Ishlab chikarish dispetcheri kuyidagi ishlarni amalga oshiradi: remont fondlarining xisobini olib borish, ularning xarajat mikdori xakida mahlumot tayyorlash va berish; extiyot kism va materiallar olish uchun buyurtma tayyorlash; TX va remont ishlarining bajarilish muddatlarini nazorat kilish; agar muddatiga ish bajarish kechiksa, uni kiskartirish yullarini topish; remont zonalarini butun oy davomida ish bilan tahminlashni rejalashtirish;avtomobillarni oldindan zarur extiyot kismlar bilan komplektlaydi va ularning ishlab chikarish zonalaridagi xarakat yunalishini nazorat kiladi. Ishlab chikarish taksimot (dispetcher) xizmati ishchi postlar va ishchilarning ish bilan tahminlanganlik darajasi, avtomobilning ishlab chikarish zonasidagi turgan joyini, istalgan paytdagi bajarilayotgan ish turi, avtomobilning bir postdan ikkinchisiga utkazish. Muddatlarini, avtomobilning tayyor bulish darajasi va remont ishlarining tugatilishi muddatlarini anik bilib olish imkonini beradi.
Ishlab chikarish taksimot xizmati kuyidagilarni tahminlaydi: ishlab chikarish zonalariga berilgan vazifaning amaliy bajarilishi xolati xakida uzluksiz xisobot olib borish va mahlumot berish;
ritmik ish tashkil etish uchun bir-birlari bilan uzaro boglik bulgan ishlab chikarish zvenolari ishlarini koeffitsientlash;
berilgan buyurtmani uz vaktida sifatli kilib bajarish uchun zarur bulgan barcha omillarni tayyorlashni operativ xolda tashkil etish;
ishlab chikarish jarayoniga xalakit beruvchi barcha sabablarning oldini olish, agar paydo bulsa ularni bartaraf etish.
Ishlab chikarishni boshkarish samarasini ortishi uchun uning negizida egiluvchan, bozor iktisodiyotidan kelib chikkan rejalashtirish tizimi yotishi zarur. Ishlab chikarishni rejalashtirishning asosiy vazifasi kuyidagilardan iborat: ATXKSda mavjud bulgan barcha jixoz, ishlab chikarish vositalarining kuvvatidan tula foydalanish, smenali ishlarni kupaytirish, mijoz buyurtmasini tula kondirish maksadida TX va remont ishlari tannarxini kamaytirish. Avtoservis korxonalari faoliyatini baxolovchi asosiy kursatkichlardan biri ATXKSda avtomobillarga kursatilgan TX va remont ishlari xajmidir. Kursatilgan bunday xizmat xajmi bajarish ishlari baxosi sifatida baxolanadi. Bajarilgan TX va remont maishiy ishlari xajmi deganda ATXKSda bajarilgan barcha ishlarning baxosi tushuniladi. Axoli yengil avtomobillarga bajarilgan TX va remont maishiy ishlari mijoz buyurtmasi asosida rejalashtirilib ularning narxi urnatilgan tartibda tasdiklangan preyskurantlar yordamida aniklanadi. Bu xolda bajarilgan TX va remont ishlarining narxi ishlatilgan extiyot kism va materiallar narxi bilan kushib aniklanadi.
III Rejalashtirishda urnatilgan mehyoriy xujjatlar asosida ishlab chikarish ratsional tashkil etish uchun zarur bulgan mexnat, material va moddiy resurslar mikdori urnatiladi. ATXKS faoliyati rejalashtirilganda tashki ekspluatatsion sharoit bilan ichki ishlab chikarish omillari xisobga olinadi. Tashki ekspluatatsion omillar xisobga olingan tabiiy iklim sharoitlar, yul xolit, mavsum, avtomobillarning yoshi va boshka shu kabi kursatkichlar nazarda tutilsa, ichki omillarda ATXKS ishlab chikarish texnologiyasi, mahlumotlarni kayta ishlash imkoniyatlari, mexnat resurslari, materiallar xajmi va shu kabi boshka kursatkichlar xisobga olinadi.
Rejalashtirishning kup usullari ichidan ATXKSlarda kuprok kullaniladigan rejalashtirish balans keltirish va texnik-iktisodiy xisob-kitob usulidir. Rejalashtirishning balans usulida TX va remont ishlari xajmini bajarish uchun zarur bulgan extiyoj bilan shu ishlar uchun ajratilgan extiyot kism, materiallar va boshka zaxiralar takkoslanadi. Ishlab chikarishni rejalashtirishda extiyot qism, xom-ashyo, mexnat va moddiy zaxiralardan unumli va ratsional foydalanish xam ko`zda tutiladi. Bajarilgan ishlarning preyskurantlar yordamidagi xisob-kitoblari ATXKS olgan daromadni aniqlashga imkon beradi. Rejalashtirish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin:
*ATXKSlarni xizmat doirasini kengayitirish, ularni zamonaviy mashina, ularning texnik jixoz, mexanizm va asbob-uskunalar bilan ratsional tahminlash;
asosiy ishlab chikarish fondlari, ishlab chikarish kuvvati, mexanizmlar, jixoz va transport vositalaridan tula foydalanish;
bajarilayotgan ishlarning sifatini kutarish va ularning davlat standarti va texnik talablarga javob beradigan darajaga kutarish;
yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish;
ish sifati va madaniyatini oshirish, axoliga yangi xizmat turlari taklif etish va ularning xajmini kengaytirish;
ATXKSda optimal ish rejimlarini tashkil etish.
ATXKS ishlab chikarishda sifat nazorati avtomobillarni TX va remont qilish jarayonining tarkibiy qismi bo`lib, avtomobilni qabul qilishda uni egasiga qaytargunga qadar olib boriladigan nazorat ishlar majmuidir.
Xozirgi paytda ATXKSlarda sifat ko`rsatkichlarini nazorat qilish TX va remont ishlari bajarib bo`lingandan so`ng, avtomobil egasiga topshirilishdan avval amalga oshiriladi. Sifat kursatkichlarining texnik nazorati kuyidagi kurinishlarda bulishi mumkin: kirishdagi nazorat, operatsion nazorat va qabul kilish nazorati (oxirgi).