Андижон машинасозлик институти


Nuqtali kontaktli payvandlash rejimi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə12/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

Nuqtali kontaktli payvandlash rejimi
Payvandlash rejimi elektr, mexanik va vaqt parametrlari majmuidan iborat bo‘lib, bularni sifatli birikma olish uchun payvandlash uskunalari bilan ta’minlanadi.
Issiqlik ajratish va issiqlik chetlatish jarayonlarining tutgan o‘rniga qarab qattiq hamda yumshoq payvandlash rejimlari farq qilinadi.
Qattiq rejim 1–4 mm qalinlikdagi detallarni payvandlashda tpay<0,02s bo‘lganda payvandlash tokining qisqa muddatli kuchli impulsi bilan ajralib turadi. Bu holda harorat maydoni asosan ajralib chiqadigan issiqlik bilan belgilanadi. Qattiq rejimda qizish va sovish tezligi yuqori bo‘ladi. Bunda chayqalib to‘kilishga moyillik ortadi va buning oldini olish uchun payvandlash kuchi oshiriladi.
YUmshoq rejim uchun tokining oqish muddati ancha sokin (tpay >0,1s), bo‘ladi. Bunda detal ichida va elektrodlar orasida ancha katta issiqlik almashinuvi yuz beradi.
Nuqtali payvandlash rejimiga Ipay, tpay, Fpay, ba’zan esa Fch, tch, shuningdek, elektrodlar ish yuzasining o‘lchamlari (dE, RE) kiradi.
Rejimlarni hisoblash, hisoblash-tajriba o‘tkatish va tajriba o‘tkazish usullari bilan aniqlash mumkin. Rejimlarga oid ko‘plab tavsiyalar (odatda jadvallar, nomogrammalar, grafiklar ko‘rinishida) mavjud. Ammo bu rejimlar taxminiy bo‘lib, payvannlashdan oldin tekshirishni, muayyan shart-sharoitni (yuzani tayorlash, yig‘ish, uskunlarning ahvoli va b.) inobatga olish uchun tez-tez tuzatishlar kiritishni talab qiladi.
Tuzatishlar kiritish namunalarda, quyma o‘zakning diametri va rejim parametrlariga bog‘liq holda amalga oshiriladi. CHunki, agar diametri etarli bo‘lmasa, Ipay oshiriladi. CHayqalib to‘kilishning oldini olish uchun Fpay oshiriladi. Agar o‘zakda darzlar bo‘lsa, Fch oshiriladi.
Namunalarni sinash natijalari ijobiy bo‘lib, sifatli birikma hosil bo‘lganda payvandlash rejimi tegishli hujjatlar qayd etiladi va uzelni payvandlashga ruxsat beriladi. Ammo haqiqatan mavjud (real) detallarni payvandlash paytida jarayonga turli noqulay omillar ta’sir qilib, tanlangan rejim parametrlarini amalda o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday omillarga elektrod ish yuzasining yalpayishini, detallar qarshiligi va payvandlash konturining o‘zgarishini, tarmoq kuchlanishi, pnevmotarmoqdagi havo bosimi o‘zgarishini va hokazolarni ko‘rsatish mumkin. SHu bois har bir aniq holda ushbu noqulay omillar ta’sirini kamaytirish, paramatrlarni barqarorlashtirish yoki ularning avtomatik rostlanishi zarurligi masalasi hal qilib olinadi.

Nuqtali payvandlashda kuch va tok siklogrammasi.

Amaliyotda uzellarning qalinligi, xossalari, shakli hamda muhimligiga, shuningdek payvandlash uskunalarining bor imkoniyatlariga qarab, nuqtali payvandlashda kuch va tokning quyidagi siklogrammalari qo‘llaniladi:


a) payvandlash kuchi o‘zgarmas Fpay bilan – 3 mm gacha qalinlikdagi metallarni nuqtali payvandlashda ko‘proq qo‘llaniladi;
b) payvandlash kuchi o‘zgarmas Fpay bilan va cho‘kichlash kuchi Fch ni qo‘yish bilan – qiziganda darz ketishga moyil qalin detal va metallar uchun;
d) oldindan qisish Fqis va cho‘qtirish bilan – tirqishlarni bartaraf etish va chayqalib to‘kilishlarning oldini olish uchun, shuningdek detallarni oldindan suyuq, qoplama (elim, lok, grunt) bilan qoplab payvandlashda;
e) payvandlash kuchini bosqichma-bosqich oshirib borish (FpayI dan FpayII gacha) va cho‘kish kuchi Fch bilan – 4 mm dan qalin detallarni payvandlashda;
f) qo‘shimcha tok impuls vositasida oldindan qizdirish bilan – payvandlash tirqishlarini yo‘qotish va ichki chayqalib to‘kilishlarning oldini olish uchun;
g) keyin qizdirish bilan – qiziganda darz ketishga moyillikni kamaytirish, termik ishlovni amalga oshirish yoki Fch qiymatini kichiklashtirish maqsadida;
h) oldindan va keyin qizdirish bo‘lgan uch impulsli dastur.
Payvandlash impulsining davomiyligi va qiymatini mos ravishda rostlash orqali qattiq, yoki yumshoq rejim hosil qilinadi.

Turli mashinalardagi tok impulsining shakllari:
a – o‘zgaruvchan tok mashinalardagi; b – modulyatsiyali o‘zgarmas tok mashinalarida; d – past chastotali tok mashinalarida; e – tok ikkilamchi konturda to‘g‘rilanadigan mashinalarda; f – kondensatorli mashinalarda (Ipay – oniy payvandlash toki; Ii.pay – ishlayotgan payvandlash toki; Imax pay – eng katta (maksimal) payvandlash toki; Imax - eng katta sekin pasayish toki; tpay – payvandlash tokining muddati (vaqti); tkat – tokning kattalashish muddati; tpas – payvandlash tokning pasayish muddati).
YUqoridagi qoyidalarga amal qilgan xolda oldi o‘ng richagni payvandlash uchun jadvaldan 2 mm qalinlikdagi po‘lat material uchun payvandlash rejimini tanlaymiz.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin