Андижон машинасозлик институти


) CHoklarni ko‘zdan kechirish va o‘lchamlarini o‘lchash



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə15/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

1) CHoklarni ko‘zdan kechirish va o‘lchamlarini o‘lchash
Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.
Payvandlashda yomon payvandlanadigan po‘latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko‘zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko‘zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o‘qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o‘lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo‘yicha), barcha ko‘rinishlar va yo‘nalishlardagi darzlar, erib to‘planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to‘ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan erlar, ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o‘tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o‘lchamlarining chizma va texnik shartlarga to‘g‘ri kelmasligi, payvandchining tamg‘asi yo‘qligi yoki qo‘yilgan tamg‘aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.
Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko‘zdan kechirish lozim. Tashqi ko‘rik va payvand birikmalarni o‘lchash tekshirish ob’ekti etarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi.
2) Magnit defektoskopiya
Nazoratning magnit usullari ferromagnit ashyolar uchun qo‘llaniladi. Bu usul elektrmagnit maydon bilan nazorat qilinayotgan ob’ektning o‘zaro aloqasi taxlil natijalari va o‘lchashlariga asoslangan.
Magnit usulida nazorat qilish quyidagi usullarga ajraladi: magnit-kukunli, magnit-grafik bilan nazorat qilish usuli.
Magnit-kukunli usul. Po‘lat yoki cho‘yan buyumning payvand choklari moy hamda zarralarining o‘lchamlari 5— 10 mkm bo‘lgan magnitli temir kukunidan hosil qilingan aralashma surkaladi. Buyum atrofiga o‘ralgan bir necha cho‘lg‘am orqali tok o‘tkazib magnitlanadi. Nuqsonni o‘rab olgan magnit maydoni ta’siri ostida temir kukunining zarralari nuqsonlar atrofida zichroq to‘planadi.
PMD-70, PMD – 50 va boshqa rusumli defektoskoplar ishlatiladi. Bu usul bilan 5—6 mm gacha chuqurlikdagi yuza nuqsonlar aniqlanadi. Magnit-kukunli defektoskopiyaning ruxsat etiladigan sezgirligi nazorat qilishning boshqa usullariga nisbatan ancha past, shuning uchun u, asosan silliq, toza va yaltiroq sirtlarni nazorat qilishga qo‘l keladi.
Tekshirishning magnitografik usuli.Tekshirishning bu usuli payvand birikmani magnitlash hamda ferromagnitli tasmada magnit oqimini ro‘yxatga olishdan iborat.Tasma magnit maydoni bilan impulslanadigan, nazorat qilinadigan buyum uqiga qo‘yiladi.
Nuqson bo‘lganda magnit maydoni detal sirtida turlicha tarqaladi, binobarin, tasmadagi ferromagnit zarrachalari turli darajada magnitlanadi. SHundan keyin ferromagnitli tasma nazorat qilinadigan detaldan olinadi va bu tasma tortish mexanizmi hamda elektr impulslarni kuchaytirgichi bo‘lgan ossillografdan tuzilgan qayta ko‘rish qurilmasi orqali o‘tkaziladi.
Magnitografik nazorat natijalari ossillografning ekranidan kuzatilib, nazorat qilinayotgan buyumdagi nuqsonlar chaqnashlar (vertikal impulslar) tarzida namoyon bo‘ladi. Ossillograf ekranidagi nurlar og‘ishining kattaligi hamda shakliga qarab payvand birikmadagi nuqsonning kattaligi va xarakteri to‘g‘risida hukm yuritiladi.
Nazorat natijalarini magnit tasmasidan MD-9, MD-11, MDU-2U, MGK–1 va boshqa magnit-grafik defektoskoplar rusumlari yordamida o‘qiladi. Magnit-grafik usul qalinligi 12 mm dan ortiq bo‘lmagan payvand birikmalarni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Bu usul bilan chuqurligi tekshiriladigan metall qalinligining 4—5% miqdorida bo‘lgan makro yoriqlarni, yopishmagan joylarni, shlak aralashmalarni va gaz qamalib qolgan bo‘shliqlarni aniklash mumkin.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin