Андижон машинасозлик институти


Oldi o‘ng richagning payvand konstruksiyaning sifat nazorati



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə13/24
tarix14.11.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#69013
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Texnologik mashinalar va jihozlar

2.4. Oldi o‘ng richagning payvand konstruksiyaning sifat nazorati
Korxonalarning standartlari va korxonalarda standartlashtirish xizmatlari.
Korxonalarning standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, nashr etish va bekor qilish tartibini korxona O‘z DSt 1.3:1992 O‘z SDT. Korxonaning standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi davlat standartining talablarini hisobga olgan holda o‘rnatadi.
Korxona standartlari quyidagilarga bo‘linadi:
– tashkiliy-metodik;
– ushbu korxonada chiqariladigan mahsulot, jarayon va xizmatlarga, shu jumladan:
1) mahsulotning tarkibiy qismlari, texnologik moslama va asbob;
2) texnologik jarayonlar, shuningdek ularga umumiy texnologik me’yorlar va talablar (atrof muhit, odamlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatiladi);
3) korxona ichida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
4) ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish jarayonlari, mahsulot, (jarayonlar, xizmatlar)ning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarishni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda tashkillashtirishning umumiy vazifalari.
Korxona standartlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda korxonaning buyurtmasi bo‘yicha korxona standartlarining loyihasini TQ yoki SST ishlab chiqadi.
CHet iste’molchilarga etkazib berish (xaridga chiqarish) uchun mo‘ljallangan mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ga yangitdan ishlab chiqiladigan, qayta ko‘rib chiqiladigan korxona standartlari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar kelishishligi lozim.

Korxona standarti asosiy iste’molchilar bilan kelishiladi va, zarur bo‘lganda, kasaba uyushma idoralari, davlat nazorati idoralari, Davlat arxitekturaqurilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘likni saqlash vazirligi, yong‘indan saqlash, transport tashkilotlari va boshqalar bilan ham kelishiladi.


Korxona standartini korxona rahbari (rahbar muovini) buyruq va (yoki) standartning birinchi betida imzo chekib, Tasdiqlayman grifi bilan tasdiqlaydi. Korxona standartini buyruq bilan tasdiqlashda buyruqda standartni amalga joriy etish sanasi belgilanadi va zarur bo‘lganda standartni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar tasdiqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qarori bo‘yicha korxona standartining amal muddati cheklanishi mumkin.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin