O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
FALSAFA
FANIDAN
MA’RUZALAR KURSI
1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli
Reja:
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.
3. Falsafaning asosiy masalalari.
4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi.
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma‘lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan,
ya‘ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi
yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki
ma‘nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor
miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‘analar orqali) avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va
inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan
bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Shuni ta‘kidlash lozimki, pifagor ham, qadimgi davrning boshqa faylasuflari ham dastlab «falsafa»
tushunchasiga uning keyinchalik paydo bo‘lgan va mohiyat e‘tibori bilan, falsafani «barcha fanlar podshosi»
darajasiga ko‘targan ma‘nosidan boshqacharoq ma‘no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb
hisoblamaganlar va donolikka da‘vo qilmaganlar, zero, o‘sha davrda keng tarqalgan tasavvurga ko‘ra, haqiqiy
donishmandlik ajdodlardan meros qolgan, asrdan asrga o‘tib kelayotgan afsonalar, din va rivoyatlarda
mujassamlashgan. Donishmandlar deb, asrlar sinovidan, eng so‘nggi haqiqat manbai sifatidagi bilimlarga ega
bo‘lgan bashoratgo‘ylar, kohinlar va oqsoqollar e‘tirof etilgan. Ularning so‘zlari birdan-bir to‘g‘ri deb qabul
qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga ko‘ra, izlanuvchi, donishmandlik muxlisi bo‘lishi, e‘tiqod sifatida qabul
qilingan tayyor haqiqatlarga emas, balki o‘z aqliga tayanib, ijodiy yo‘l bilan, shuningdek boshqa faylasuflar
tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.
Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari. Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning
oqilona fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Yerda paydo bo‘lish tarixi haqida ga‘irish
demakdir. Bu yerda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi
odamlar doim javobini to‘ishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida
yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra
paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy e‘tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql
faqat insonga xosmi yoki uning inson borlig‘ida mavjudligi ob‘ektiv borliqning bir parchasi, ayrim hodisasimi?,
degan savol ham hali o‘z javobini to‘ganicha yo‘q.
Binobarin, insoniyat tarixi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar nuqtayi nazaridan ayrim masalalar mavjud
bo‘lib, ular xususida olimlar va mutaxassislar ma‘lum bir to‘xtamga kelganlar. Xususan, boy tarixiy material,
arxeologiya fani olgan daliliy ma‘lumotlari, shuningdek boshqa fanlarning metodlari bilan olingan natijalar
(masalan, jinslar, foydali qazilmalar yoshini aniqlash va sh.k.)ni e‘tiborga olgan holda, ishonch bilan inson
sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud
bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis – uquvli odam) qadimgi
manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
Arxeologik va ilmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, qaddini tik tutib yuradigan odam yoshi taxminan 1,5 mln yilni
tashkil etadi. Homo sa‘iens, ya‘ni aqlli odamlar ti‘i atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha,
insonda ong paydobo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida
jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya‘ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.
Ong paydobo‘lishi esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib
borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta‘sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni
tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga ta‘rif berish, mulohazalar
bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin so‘zning to‘la ma‘nosida aqliy ish olib bora boshladi.
Dunyoqarashning mohiyati. Ayni shu davrdan boshlab insonning ancha rivojlangan dunyoqarashi
shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini
qurshagan dunyo haqidagi tasavvurlar majmui sifatidagi odamlar dunyoqarashi to‘g‘risida ishonch bilan so‘z
yuritish mumkin.
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy yoki empirik dunyoqarash
deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining qismlarga ajralmagan, tizimsiz majmui sifatida amal
qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib,
ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.
To‘liqroq, kengroq ta‘rif beradigan bo‘lsak, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-
o‘ziga bo‘lgan munosabatga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek odamlarning mazkur yondashuvlar bilan
belgilangan hayotiy ideallari, e‘tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
SHu tariqa ta‘riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va
qoidalarni ta‘riflash qobiliyatini kasb etadi, balki tayyor bilimdan yangi bilim olish uchun foydalana boshlaydi.
Insonning bunday faoliyatini, uning ijodiy faolligini tavsiflovchi aql odamzod va jamiyat evolutsiyasini
jadallashtirishning qudratli omiliga aylanadi va pirovardda insonni hayvondan ajratish imkonini beruvchi asosiy
belgi sifatida amal qiladi.
Dunyoqarashning tuzilishi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish va dunyoni tushunish kabi eng muhim
elementlardan iborat.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular,
kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini sub‘ektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi.
Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal
bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok
etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan o‘timistik, ‗essimistik, fojeaviy ti‘lari kelib chiqadi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri bo‘lishi, ya‘ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki
illyuziyalar, suv ‗arilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi .
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz
beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham
xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.
Dunyoqarashning tarixiy shakllari. Turli davrlar bilishni yanada teranlashtirdi va inson dunyoqarashini
kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o‘zini o‘zi tashkil
etish qonunlariga muvofiq yanada murakkabroq tuzilmalar asta-sekin shakllandi va bu pirovard natijada
dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy ti‘lari farqlanishiga olib keldi.
Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari mif va din, falsafa va fan bo‘lib, bu hol insoniyat tadrijiy
rivojlanishining umumiy mantiqi bilan mushtarakdir. Ko‘nikmalar, tajriba va oddiy bilimlar to‘planishiga qarab,
nafaqat ularni avloddan avlodga o‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham
murakkablashib borgan. Bu dunyoqarash rivojlanishining muayyan bosqichida, to‘plangan bilimlarning «yuqori
bosqichiga» yetilgach, boshqa har qanday murakkab tizimda bo‘lganidek, dunyoqarashda ham o‘zini o‘zi tashkil
etish qonunlari amal qila boshlagan.
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig‘ilishi bilan
bog‘liq misolga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‘lsa, ularni tizimga solish
talab etilmaydi, ular qaerda yotgani va ularning o‘zaro munosabati qandayligi ham ahamiyat kasb etmaydi.
Kutubxona hajmi o‘nlab kitoblar bilan o‘lchangan taqdirda esa, ulardan foydalanishga qulaylik yaratish uchun
kitoblarni muayyan tarzda joylashtirish, tizimga solish talab etiladi. Kitoblar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ular bilan
ishlash shuncha oson va qulay bo‘lishi uchun ularni tasniflash, tartibga solish, ruknlarga ajratish tizimi shuncha
murakkab bo‘ladi.
Ibtidoiy odamlarning ancha rivojlangan dunyoqarashida o‘zini o‘zi tashkil etish qonunlariga muvofiq ayni
shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari ko‘rinishida vujudga keldi.
Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha ―mythos‖ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,
afsona, rivoyat degan ma‘noni anglatadi . Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari,
fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga
solingan dunyoqarashdir.
Mifda bilimlar, diniy e‘tiqodlar, ma‘naviy madaniyatning turli elementlari, san‘at, ijtimoiy hayot kurtaklari
birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy odamlar dunyoqarashi ma‘lum darajada tartibga kelgan, ularning dunyo
haqidagi qarashlari esa muayyan tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari epos, ertaklar,
afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi
avlodlarga o‘tishi ham ta‘minlanadi.
Mifologik va diniy dunqarashning o‟zaro aloqasi va farqi. Mifologik dunyoqarashning o‘ziga xos
xususiyati shundan iboratki, bu oddiy rivoyat, biron-bir voqea haqidagi hikoya emas, balki og‘zaki «muqaddas»
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‘sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq
sifatidagi in‘ikosidir. Mif, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini
tartibga solish funksiyasini bajargan, chunki unda axloqiy qarashlar, insonning borliqqa estetik munosabati o‘z
ifodasini to‘gan. Mifologiyaga shu narsa xoski, unda hamma narsa bir, yaxlit, ajralmasdir; tabiat narsalari va
hodisalari inson bilan ayni bir qonunlarga muvofiq yashaydi, inson bilan bir xil sezgilar, istaklar, mayllarga ega
bo‘ladi.
SHunday qilib, mif kimningdir uydirmasi yoki «o‘tmish sarqiti» emas, balki shunday bir o‘ziga xos tilki,
inson uning yordamida qadim vaqtlardanoq dunyoni tavsiflagan, o‘zining o‘sib borayotgan tarqoq bilimlarini
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.
Mifda ota, oqsoqol hukmi va qaror to‘gan an‘analar ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Rivoyat va uning
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik
dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir.
Mifologiya (miflar majmui sifatida) qadimgi odamlar dunyoqarashi bilangina uzviy bog‘liq emas. Oddiy
ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki ‗ardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar
bugungi kunda ham (kim uchundir ko‘proq, kim uchundir kamroq darajada) odamlar hayoti va ijodida faol rol
o‘ynab, har qanday inson dunyoqarashining tarkibiy qismi bo‘lib qolmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi jadal
sur‘atlarda o‘sib borayotgan sharoitda mif televidenie, radio, vaqtli matbuot, hozirgi saylov texnologiyalari
vositasida ba‘zan ijtimoiy ong bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish
vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.
Diniy dunyoqarashning shakllanishi va mohiyati. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din
so‘zi arabchadan tarjimada e‘tiqod, ishonch, ishonmoq degan ma‘nolarni anglatadi.) Mif kabi, din zamirida ham
e‘tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki
bosqichlarida, ya‘ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u
dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta‘sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati
sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga
bo‘lgan e‘tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o‘ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an‘anaga,
rivoyat qiluvchining, ya‘ni oqsoqolning obro‘siga e‘tiqod kuchli bo‘lsa, dinda g‘ayrioddiy narsalarga e‘tiqod
birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.
Xullas, din murakkab ma‘naviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa bo‘lib, unda e‘tiqod muqarrar tarzda
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
bga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.
Dinning asosiy funksiyalari. Mif bilan taqqoslaganda, din funksiyalari murakkabroqdir. Din funksiyalari
orasida quyidagilarni farqlash mumkin:
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi butun borliq qachon va nima uchun paydobo‘lgan va bunda
g‘ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi;
kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan ti‘ini ta‘minlaydi, jamiyatning
ji‘slashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi;
tartibga solish funksiyasi odamlar xulq-atvorini tartibga soluvchi tegishli me‘yorlar va qoidalarni
belgilaydi;
kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e‘tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot
ma‘nosi, istiqbollar va shu kabilarning yo‘qligini sezdirmaydi, ya‘ni insonning kundalik hayotda qondirilmagan
ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayrioddiy narsalar
va hodisalarga bo‘lgan e‘tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir.
Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va
tanqidiy fikrlash qobiliyatidan qat‘iy nazar, nafaqat tushunish, anglash, balki e‘tiqod qilish istagi va hattoki
ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtayi nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz
murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi. Forobiy fikricha ―Din nazariy va amaliy qonunlar tuzilgan
paytdagina odamlar e‘tiqodi, ta‘limi tarbiyasi yo‘llari ishlab chiqilgandagina paydo bo‘ladi va mustahkamlanadi.
Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin‖
1
. Odamzod o‘zini qurshagan borliqni
faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘jizalarga to‘ladir. Odamzod o‘zi e‘tiqod
qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr
etilgan sirlar va mo‘jizalarga javob to‘ishga ham (balki hozircha) qodir emas. psixologlar qayd etganidek, «o‘ta
mushkul vazifa aqlni o‘tmaslashtiradi», inson yechimsiz muammolar qarshisida o‘zini ojiz his qiladi va aql
dalillarini uydirma, g‘ayrioddiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.
Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni,
odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki yenga olmaganligi bilan bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning
nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u
dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u
dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch to‘a olmagan
inson g‘ayrioddiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e‘tiqod qilib, odamzod taskin va
tasalli to‘adi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dunni idrok etishda falsafiy dunqarashning o‟ziga xos roli- unda dunyoni bilish, sezish, ko‘rish va
tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u
yoki bu odam dunyoqarashining shakli, balki ijtimoiy ong shakli, odamlar borlig‘i va bilishining umumiy
tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf
etiluvchi va ta‘riflanuvchi ma‘naviy faoliyatdir. ya‘ni bu dunyoga va insonning undagi o‘rniga nisbatan
qarashlarning umumiy tizimidir.
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob to‘ish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan olingan
bilimlar majmuini tashkil etadi. Ammo bilish shunday bir tabiatga egaki, bir savolga javob ko‘pincha boshqa bir
talay savollarni yuzaga keltiradi va ba‘zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib,
insonning qiziquvchanligini oshiradi va yangi tadqiqotlarga da‘vat etadi. Xullas, bu yerda ijod, tinimsiz izlanish,
yangilikka intilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada
savol, masala birinchi o‘rinda turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta‘riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi.
1
Al –Fоrоbiy. Fоzil оdamlar shahri. -T.: SHarq, 1999 –B.93-94.
Savol, masala insonni ijodga rag‘batlantiradi, toki unga qoniqarli javob olinib, haqiqatning tagiga yetilganiga
ishonch paydobo‘lmagunicha insonni izlanishga da‘vat etadi. Bunda savolning o‘zi, muammoning qo‘yilishi
javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‘zan undan ham muhimroq deb qaraladi.
SHuni ham qayd etib o‘tish lozimki, falsafa, garchi muayyan natijalarga, mukammal ta‘riflarga, uzil-kesil
xulosalarga intilsa-da, lekin shuning o‘zi bilan kifoyalanmaydi. Falsafani avvalo inson madaniyati sohasida yuz
berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o‘zaro ta‘sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda o‘zga sohalarga o‘tish va
ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ma‘naviy jarayon sifatida tushunish lozim.
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy»,
uzil-kesil aniqlangan haqiqatlar, «noqulay», «ilmoqli» savollar yoki man etilgan mavzular mavjud emas. Falsafa
savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat
qiladi.
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari
uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta‘limi uchun kerak.
Fan- ilmiy dunqarash shakli. Bilimlarning o‘sishiga qarab har xil muammolar va masalalar soni ham
tinimsiz ko‘payib bordi. Bu jarayon fanning rivojlanish sur‘ati yanada jadallashuviga va u falsafadan yanada
ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat
XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik
mexanikaning asosiy qonunlarini ta‘riflab, shu tariqa tabiatshunoslikning bo‘limi – asoslari asrlar mobaynida
shakllangan, bosh tamoyillari esa bundan yuz yilcha muqaddam, avvalo Galileo Galiley tomonidan ta‘riflangan
klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi.
Fanning funktsiyalari va taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Miloddan avvalgi I ming yillikdan XVI
asrgacha bo‘lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot tajribasi
va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga
asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga
kela boshlagan. Ilmiy bilim kurtaklari naturfalsafa doirasida uning elementlari sifatida shakllangan. Matematik,
astronomik, tibbiy va boshqa masalalarni yechishda foydalaniladigan ma‘lumotlar, usullar va metodlar jamlanishi
bilan falsafada tegishli bo‘limlar vujudga kelgan va keyinchalik asta-sekin shakllanayotgan ayrim fanlar:
matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.
Jumladan, Aristotelning falsafiy asarlarida fizika, zoologiya, embriologiya, mineralogiya, geografiya kabi
fanlarning kurtaklariga duch kelish mumkin. Miloddan avvalgi III-II asrlarda falsafiy bilim tarkibida statistik
mexanika, gidrostatika, geometrik o‘tika (xususan, ko‘zgular haqidagi alohida fan – «ka-to‘trika») farqlanadi va
nisbatan mustaqil ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari al-Xorazmiy matematika, al-Farg‘oniy
astranomiya, al-Beruniy meneralogiya va geografiya, Ibn Sino tibbiyot, Mirzo Ulug‘bek astranomiya, Alisher
Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma‘lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin
eks‘erimental metodlar hali qo‘llanilmaydi, aksariyat nazariy qoidalar esa asossiz va tekshirib bo‘lmaydigan
s‘ekulyatsiyalar mahsuli hisoblanadi. Ammo ko‘rib chiqilayotgan davrda vujudga kelgan ilmiy fanlar bu davr
mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.
SHu narsa diqqatga sazovorki, hatto XVII asr oxirida Nyuton o‘zining fizika asoslarini yaratgan «Natural
falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e‘lon qilgan.
SHunday qilib, falsafadan alohida faoliyat sohasi sifatidagi fan hali mavjud bo‘lmagan: u asosan falsafa
doirasida, ilmiy bilimlarning boshqa manbai – hayot amaliyoti va hunarmandchilik san‘ati bilan bir vaqtda va u
bilan juda zaif aloqada rivojlangan.
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ―Platon akademiyasi‖, Markaziy Osiyoda ―Ma‘mun akademiyasi‖
tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida
fan paydobo‘lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo‘lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U Ko‘ernik va Galiley
tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o‘z
cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so‘ng oradan bir yil o‘tgach Nyuton tug‘ilgani (1643
yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g‘oyalarning
mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.
Bu davrda hozirgi vaqt tabiatshunosligining asoslari yaratilgan va mexanika qonuniga asos solingan.
Hunarmandlar, tabiblar, alximiklar tomonidan qo‘lga kiritilgan ayrim dalillar tizimli tahlil qilinib, umumlashtirila
boshlagan. Ilmiy bilim tuzishning tabiat qonunlarini matematik ta‘riflash, nazariyalarni tajribada sinash, tajribada
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi me‘yorlari va ideallari
vujudga kelgan. Fan o‘z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni
yechishga tobora faolroq yo‘naltirilgan.
Biroq fan o‘zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug‘orilgani sari u o‘z tarixiy ildizi –
falsafa qirg‘oqlaridan uzoqlasha boshlaydi. Ko‘rib chiqilayotgan davr oxiriga kelib u falsafiy, diniy, teologik
aqidalardan qat‘iy nazar rivojlanishi mumkin bo‘lgan bilimlar tizimi sifatida tushunila boshlaydi. Natijada fan
faoliyatning alohida, mustaqil sohasiga aylanadi. ‗rofessional olimlar paydo bo‘ladi , ularni tayyorlash amalga
oshiriluvchi universitet ta‘limi tizimi rivojlanadi. O‘z faoliyati, muloqot va axborot ayirboshlashning alohida
shakllari va qoidalariga ega bo‘lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.
XVII asrda dastlabki ilmiy akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660), Parij Fanlar akademiyasi (1666)
tashkil to‘adi. Keyinroq Berlinda (1700), Sankt-Peterburgda (1724), Stokgolmda (1739) va Yevropaning boshqa
poytaxt shaharlarida ilmiy akademiyalar ta‘sis etiladi. Bu akademiyalarning eng yirigi - London qirollik jamiyati
bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a‘zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish
boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a‘zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida
XVIII asr boshiga kelib olimlar soni bir necha ming kishiga yetgan bo‘lsa kerak, chunki ilmiy jurnallarning (bu
davrda bir necha o‘n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.
3 . XVIII-XIX asrlar fani noklassik fan davri deb ataladi. Bu davrda ko‘plab ayrim ilmiy fanlar vujudga
keladi, ularda ulkan faktik material to‘planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya,
psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Termodinamika qonuni yaratildi. Texnika fanlari
vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi,
uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e‘tirof etiladi.
XVIII asrning o‘rtalarida jahonda fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo‘lsa, XIX
asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga yetadi. XVI asrda «olimlar»ning yarmidan ko‘prog‘i diniy ma‘lumot
olgan kliriklar edi. XIX asrda fan ijtimoiy mehnatning mustaqil tarmog‘iga aylanadi va u bilan universitetlar va
institutlarning maxsus fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shug‘ullanadi. 1850 yilda jahonda
mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. 1825 yilda nemis
kimyogari YU.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr
oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko‘payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e‘tiborini o‘ziga tobora ko‘proq
torta boshlaydi. Ular olimlarning ishlab chiqarish, sanoat ahamiyatiga molik bo‘lgan ishlarini mablag‘ bilan
ta‘minlay boshlaydilar.
4. XX asrdan fan rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bu davr fani postnoklassik deb ataladi, chunki
mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli
darajada farq qila boshlaydi. XIX-XX asrlar chegarasida amalga oshirilgan inqilobiy kashfiyotlar bir qancha
fanlarning asoslarini larzaga soladi. Matematikada to‘plamlar nazariyasi va matematik tafakkurning mantiqiy
asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini
qayta ko‘rishga majbur qilgan fundamental nazariyalar – nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasi yaratiladi.
Biologiyada genetika rivojlanadi. Tibbiyot, psixologiya hamda inson haqidagi boshqa fanlarda yangi fundamental
nazariyalar paydo bo‘ladi. Ilmiy bilimning shakl-shamoyilida, fan metodologiyasida, ilmiy faoliyatning shakl va
mazmunida, uning me‘yorlari va ideallarida olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi.
XX asrning ikkinchi yarmi fanni yangi inqilobiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar adabiyotlarda
ko‘pincha fan-texnika inqilobi sifatida tavsiflanadi. Bu o‘zgarishlar shu bilan bog‘liqki, Ikkinchi jahon urushidan
keyin iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda fan yutuqlari ilgari misli ko‘rilmagan miqyosda amaliyotga – sanoat,
qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, kundalik hayotga joriy etiladi. Fan energetikada (atom elektrostantsiyalari),
transportda (avtomobilsozlik, aviatsiya), elektronikada (televidenie, telefoniya, kom‘yuterlar) ayniqsa ulkan
o‘zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki
lager»ning urushdan keyingi qarama-qarshiligi sharoitida avj olgan qurollanish ‗oygasi yirik davlatlarni ilmiy-
texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag‘larni sarflashga majbur qiladi.
XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida fan texnika taraqqiyoti axborot (kom‘yuter) inqilobi bosqichiga qadam
qo‘ydi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga
aylandi. SHu tariqa fan bilan bog‘liq yuksak texnologiyalar, ular bilan mushtarak ta‘lim endilikda har qanday
jamiyatning tsivilizatsion rivojlanish darajasini belgilamoqda. Ilmiy kashfiyotlar va ularning amalga tatbiq etilishi
o‘rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini to‘ish uchun 50-
100 yil vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda bunga 2-3 yilda yoki hatto bundan ham qisqaroq vaqt ichida muvaffaq
bo‘linmoqda.
Davlat ham, xususiy firmalar ham fan rivojlanishining istiqbolli yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga katta
xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo‘lib qoldi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur‘atlarda o‘sib, ijtimoiy
mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishiga
son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim kasbi kam uchraydigan kasb bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy
faoliyat o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni yechishga buning butun xavf-xatarini o‘z bo‘yniga olib qo‘l urgan ayrim
mutafakkirlarning mashg‘uloti emas, balki buyurtmaga, rejali to‘shiriqqa binoan ishlaydigan, uni belgilangan
muddatda bajarish va o‘z ishi haqida hisobot berishga majbur bo‘lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat
– industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.
Fan rivojlanishning yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa-da, lekin amalda falsafa bilan uzviy bog‘liq bo‘lib
qolmoqda. Ular faol o‘zaro ta‘sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bu hol shu
bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o‘tgan ilmiy ma‘lumotlarga tayanib, o‘z mavhum g‘oyalarini
borliq bilan taqqoslash imkoniyatiga ega, fan esa, dalillarni qayd etish va tavsiflash bilan cheklanmay, yanada
asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. XXI asr boshiga kelib jahonda olimlar soni qariyb olti
millionga yetdi, taxminan shuncha odam fanga xizmatlar ko‘rsatuvchi mehnat bilan band (laborantlar, texniklar,
nashriyotlarning xodimlari va h.k.). Yerda qadim vaqtlardan boshlab to XXI asrning boshiga qadar yashagan
olimlarning umumiy sonini olsak, ularning o‘ndan to‘qqiz qismi bizning vaqtdoshlarimiz ekanligi ayon bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni mehnatga qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi, fanni
ta‘minlashga milliy daromadning 5% dan ko‘prog‘i sarflanadi.
Hozirgi vaqt fani jamiyat, texnika, iqtisodiyot, madaniyat, turmush va kundalik hayotni yo‘lga soluvchi
qudratli kuchga aylandi. Ayni vaqtda odamlar bugun fanning qudratinigina emas, balki u bilan bog‘liq bo‘lgan
xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o‘z yutuqlari va o‘zining jo‘shqinligi uchun fan oldida mas‘uliyatli.
Ammo ilmiy haqiqat o‘z holicha odamlarning ehtiyojlariga befarq. U be‘arvo va rahm-shafqatsiz. Ammo, I. A.
Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―kuch – bilim va taffakurda‖
2
bo‘lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon
yetkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
SHuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko‘p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli o‘zini o‘zi yo‘q
qilish yoqasiga kelib qoldi. Bu ilmiy taraqqiyotni to‘xtatish kerak, degani emas. Ammo ilmiy izlanishni insoniy,
axloqiy munosabatga bo‘ysundirish va balki uning qaysidir yo‘nalishlarini cheklash zarurligi to‘g‘risidagi masala
kun tartibiga qo‘yilmoqda. Ilmiy izlanishning inson‘arvarlashuvi, uning yo‘llari va oqibatlariga axloqiy munosabat –
bu davrimizning muhim muammolaridir.
Dostları ilə paylaş: |