Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
falsafa


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA 
MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI 
  
  
  
  
 
 
 
 
 
  
FALSAFA   
FANIDAN  
 
MA’RUZALAR  KURSI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

1-mavzu: Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli 
Reja: 
1. Falsafa atamasining kelib chiqishi. 
2. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari. 
3. Falsafaning asosiy masalalari. 
4. Falsafa va fanning o'zaro mutanosibligi va farqi. 
 
«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma‘lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, 
ya‘ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi 
yunoncha  phileo  –  sevaman  va  sophia  –  donolik  so‘zlaridan  kelib  chiqqan  bo‘lib,  mazkur  atamaning  dastlabki 
ma‘nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri pifagor 
miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an‘analar orqali) avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va 
inson  o‘z  aqliga  tayanib,  mushohada  yuritish  va  borliqni  tanqidiy  tushunish  yo‘li  bilan  olishi  mumkin  bo‘lgan 
bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.  
Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  pifagor  ham,  qadimgi  davrning  boshqa  faylasuflari  ham  dastlab  «falsafa» 
tushunchasiga  uning  keyinchalik  paydo  bo‘lgan  va  mohiyat  e‘tibori  bilan,  falsafani  «barcha  fanlar  podshosi» 
darajasiga ko‘targan ma‘nosidan boshqacharoq ma‘no yuklaganlar. Ammo ilk faylasuflar o‘zlarini donishmand deb 
hisoblamaganlar  va  donolikka  da‘vo  qilmaganlar,  zero,  o‘sha  davrda  keng  tarqalgan  tasavvurga  ko‘ra,  haqiqiy 
donishmandlik  ajdodlardan  meros  qolgan,  asrdan  asrga  o‘tib  kelayotgan  afsonalar,  din  va  rivoyatlarda 
mujassamlashgan.  Donishmandlar  deb,  asrlar  sinovidan,  eng  so‘nggi  haqiqat  manbai  sifatidagi  bilimlarga  ega 
bo‘lgan  bashoratgo‘ylar,  kohinlar  va  oqsoqollar  e‘tirof  etilgan.  Ularning  so‘zlari  birdan-bir  to‘g‘ri  deb  qabul 
qilingan. Faylasuf esa, qadimgilar fikriga  ko‘ra, izlanuvchi, donishmandlik  muxlisi bo‘lishi,  e‘tiqod sifatida  qabul 
qilingan  tayyor  haqiqatlarga  emas,  balki  o‘z  aqliga  tayanib,  ijodiy  yo‘l  bilan,  shuningdek  boshqa  faylasuflar 
tomonidan olingan bilimlar va tajribadan foydalangan holda maqsadga intilishi lozim bo‘lgan.  
Falsafa  shakllanishining  asosiy  bosqichlari.  Falsafa  haqida  gapirish  –  inson  dunyoqarashi,  uning 
oqilona  fikrlash  qobiliyati  haqida,  binobarin,  uning  mohiyati  va  Yerda  paydo  bo‘lish  tarixi  haqida  ga‘irish 
demakdir. Bu yerda biz hali kam o‘rganilgan murakkab muammolarga duch kelamiz, zero insonning kelib chiqishi 
odamlar doim javobini to‘ishga harakat qilgan buyuk jumboqlardan biri hisoblanadi. Ammo bilimning bu sohasida 
yechilmagan muammolar bugungi kunda ham bisyor. Xususan, inson nima uchun, qaerdan, qaysi sabablarga ko‘ra 
paydo bo‘lgan, degan savolga aniq, umumiy e‘tirof etilgan javob hanuzgacha mavjud emas. Xuddi shuningdek, aql 
faqat  insonga  xosmi  yoki  uning  inson  borlig‘ida  mavjudligi  ob‘ektiv  borliqning  bir  parchasi,  ayrim  hodisasimi?, 
degan savol ham hali o‘z javobini to‘ganicha yo‘q.  
Binobarin,  insoniyat  tarixi  haqidagi  hozirgi  ilmiy  tasavvurlar  nuqtayi  nazaridan  ayrim  masalalar  mavjud 
bo‘lib,  ular  xususida  olimlar  va  mutaxassislar  ma‘lum  bir  to‘xtamga  kelganlar.  Xususan,  boy  tarixiy  material, 
arxeologiya  fani  olgan  daliliy  ma‘lumotlari,  shuningdek  boshqa  fanlarning  metodlari  bilan  olingan  natijalar 
(masalan,  jinslar,  foydali  qazilmalar  yoshini  aniqlash  va  sh.k.)ni  e‘tiborga  olgan  holda,  ishonch  bilan  inson 
sayyoramizda hayotning tadrijiy (evolyutsion) rivojlanishi mahsulidir, deb qayd etish mumkin. Hozirgacha mavjud 
bilimlar oddiy mehnat qurollarini yasagan insonsimon mavjudotlarning (lot. homo habilis  – uquvli odam) qadimgi 
manzilgohlari taxminan 3-5 mln yil oldin paydobo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.  
Arxeologik  va  ilmiy  ma‘lumotlarga  ko‘ra,  qaddini  tik  tutib  yuradigan  odam  yoshi  taxminan  1,5  mln  yilni 
tashkil etadi. Homo sa‘iens, ya‘ni aqlli odamlar ti‘i atigi 40-60 ming yil oldin vujudga keldi. Mutaxassislar fikricha, 
insonda  ong  paydobo‘lib,  ijtimoiy  mavjudot  sifatida  uzil-kesil  shakllanganidan  beri,  uning  asosiy  xususiyatlarida 
jiddiy o‘zgarishlar yuz bergani yo‘q, ya‘ni u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi.  
Ong  paydobo‘lishi  esa,  ilmiy  tasavvurlarga  muvofiq,  inson  tarixiy  rivojlanishining  odam  miyasi  o‘sib 
borayotgan  mehnat  faolligi  va  verbal  (nutq  orqali)  muloqot  ta‘sirida  o‘ta  rivojlanib,  murakkab  mavhumliklarni 
tushunadigan darajaga yetgan davri bilan bog‘lanadi. SHunday qilib, inson tushunchalarga ta‘rif berish, mulohazalar 
bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin so‘zning to‘la ma‘nosida aqliy ish olib bora boshladi.  
Dunyoqarashning  mohiyati.  Ayni  shu  davrdan  boshlab  insonning  ancha  rivojlangan  dunyoqarashi 
shakllangani haqida va umuman to‘plangan bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, vujudga kelgan qadriyatlar, o‘zi va o‘zini 
qurshagan  dunyo  haqidagi  tasavvurlar  majmui  sifatidagi  odamlar  dunyoqarashi  to‘g‘risida  ishonch  bilan  so‘z 
yuritish mumkin.  
Hayot  tajribasi  va  empirik  bilimlar  asosida  shakllanadigan  dunyoqarash  oddiy  yoki  empirik  dunyoqarash 
deb  ataladi  va  insonning  dunyo  haqidagi  tasavvurlarining  qismlarga  ajralmagan,  tizimsiz  majmui  sifatida  amal 
qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, 
ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi.  
To‘liqroq,  kengroq  ta‘rif  beradigan  bo‘lsak,  dunyoqarash  –  insonning  o‘zini  qurshagan  borliqqa  va  o‘z-
o‘ziga  bo‘lgan  munosabatga  nisbatan  yondashuvlar  tizimi,  shuningdek  odamlarning  mazkur  yondashuvlar  bilan 
belgilangan hayotiy ideallari, e‘tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.  
SHu tariqa ta‘riflanadigan dunyoqarash faqat insonga xos bo‘lib, bu unda shakllangan ong va oqilona faoliyat 
mavjudligi bilan bog‘liqdir. Bunda inson nafaqat tushunchalar yaratish va mulohaza yuritish, xulosalar chiqarish va 
qoidalarni  ta‘riflash  qobiliyatini  kasb  etadi,  balki  tayyor  bilimdan  yangi  bilim  olish  uchun  foydalana  boshlaydi. 
Insonning  bunday  faoliyatini,  uning  ijodiy  faolligini  tavsiflovchi  aql  odamzod  va  jamiyat  evolutsiyasini 

jadallashtirishning  qudratli  omiliga  aylanadi  va  pirovardda  insonni  hayvondan  ajratish  imkonini  beruvchi  asosiy 
belgi sifatida amal qiladi. 
 Dunyoqarashning  tuzilishi  dunyoni  sezish,  dunyoni  idrok  etish  va  dunyoni  tushunish  kabi  eng  muhim 
elementlardan iborat.  
Dunyoni  sezish  –  bu  o‘zini  qurshagan  dunyoni  sezgilar  yordamida  hissiy  idrok  etishdir.  Bunda  tuyg‘ular, 
kayfiyat  dunyoni  go‘yoki  ranglarga  bo‘yaydi,  uning  obrazini  sub‘ektiv,  sof  individual  sezgilar  orqali  aks  ettiradi. 
Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal 
bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini, ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok 
etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan o‘timistik, ‗essimistik, fojeaviy ti‘lari kelib chiqadi.  
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki 
noto‘g‘ri  bo‘lishi,  ya‘ni  borliqqa  mos  kelmasligi  mumkin.  Bu  holda  borliq  noto‘g‘ri  tasavvur  qilinadi  yoki 
illyuziyalar, suv ‗arilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash fantaziyalar paydo bo‘ladi .  
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz 
beruvchi voqea va jarayonlarning o‘zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.  
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insonga, balki hayvonlarga ham 
xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.  
Dunyoqarashning  tarixiy  shakllari.  Turli  davrlar  bilishni  yanada  teranlashtirdi  va  inson  dunyoqarashini 
kengaytirdi. Shunga mos ravishda oddiy (empirik) dunyoqarash ham boyib bordi, uning negizida o‘zini o‘zi tashkil 
etish  qonunlariga  muvofiq  yanada  murakkabroq  tuzilmalar  asta-sekin  shakllandi  va  bu  pirovard    natijada 
dunyoqarashning alohida shakllari yoki, tarixiy ti‘lari farqlanishiga olib keldi.  
Tarixan  dunyoqarashning  dastlabki  shakllari  mif  va  din,  falsafa  va  fan  bo‘lib,  bu  hol  insoniyat  tadrijiy 
rivojlanishining  umumiy  mantiqi  bilan  mushtarakdir.  Ko‘nikmalar,  tajriba  va  oddiy  bilimlar  to‘planishiga  qarab, 
nafaqat ularni avloddan avlodga o‘tkazish muammosi yuzaga kelgan, balki ibtidoiy odamlarning dunyoqarashi ham 
murakkablashib  borgan.  Bu  dunyoqarash  rivojlanishining  muayyan  bosqichida,  to‘plangan  bilimlarning  «yuqori 
bosqichiga»  yetilgach,  boshqa  har  qanday  murakkab  tizimda  bo‘lganidek,  dunyoqarashda  ham  o‘zini  o‘zi  tashkil 
etish qonunlari amal qila boshlagan.  
Masalan, bu hodisaning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun shaxsiy kutubxonada kitoblar yig‘ilishi bilan 
bog‘liq misolga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Mazkur kutubxonada kitoblar bir nechta bo‘lsa, ularni tizimga solish 
talab  etilmaydi,  ular  qaerda  yotgani  va  ularning  o‘zaro  munosabati  qandayligi  ham  ahamiyat  kasb  etmaydi. 
Kutubxona  hajmi  o‘nlab  kitoblar  bilan  o‘lchangan  taqdirda  esa,  ulardan  foydalanishga  qulaylik  yaratish  uchun 
kitoblarni  muayyan  tarzda  joylashtirish,  tizimga  solish  talab  etiladi.  Kitoblar  soni  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  ular  bilan 
ishlash  shuncha  oson  va  qulay  bo‘lishi  uchun  ularni  tasniflash,  tartibga  solish,  ruknlarga  ajratish  tizimi  shuncha 
murakkab bo‘ladi. 
Ibtidoiy  odamlarning  ancha  rivojlangan  dunyoqarashida  o‘zini  o‘zi  tashkil  etish  qonunlariga  muvofiq  ayni 
shunday tartiblilik dastavval mif hamda dinning ilk shakllari ko‘rinishida vujudga keldi.  
Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha ―mythos‖ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 
afsona,  rivoyat  degan  ma‘noni  anglatadi.  Mif  –  bu  turli  xalqlarning  dunyoning  kelib  chiqishi,  tabiat  hodisalari, 
fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga 
solingan dunyoqarashdir.  
Mifda  bilimlar, diniy e‘tiqodlar,  ma‘naviy  madaniyatning turli elementlari,  san‘at,  ijtimoiy  hayot  kurtaklari 
birlashgan  bo‘lib,  shu  tariqa  ibtidoiy  odamlar  dunyoqarashi  ma‘lum  darajada  tartibga  kelgan,  ularning  dunyo 
haqidagi  qarashlari  esa  muayyan  tizimga  solingan.  Mazkur  tizimga  solishning  muhim  shakllari  epos,  ertaklar, 
afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. SHu tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi 
avlodlarga o‘tishi ham ta‘minlanadi.  
Mifologik  va  diniy  dunqarashning  o‟zaro  aloqasi    va    farqi.  Mifologik  dunyoqarashning  o‘ziga  xos 
xususiyati  shundan  iboratki,  bu  oddiy  rivoyat,  biron-bir  voqea  haqidagi  hikoya  emas,  balki  og‘zaki  «muqaddas» 
matnning arxaik ongdagi voqea-hodisalarga, insonga va u yashayotgan dunyoga ta‘sir ko‘rsatuvchi muayyan borliq 
sifatidagi  in‘ikosidir.  Mif,  insoniyat  tarixining  ilk  bosqichlarida,  odamlar  xulq-atvori  va  o‘zaro  munosabatlarini 
tartibga  solish  funksiyasini  bajargan,  chunki  unda  axloqiy  qarashlar,  insonning  borliqqa  estetik  munosabati  o‘z 
ifodasini  to‘gan.  Mifologiyaga  shu  narsa  xoski,  unda  hamma  narsa  bir,  yaxlit,  ajralmasdir;  tabiat  narsalari  va 
hodisalari  inson  bilan  ayni  bir  qonunlarga  muvofiq  yashaydi,  inson  bilan  bir  xil  sezgilar,  istaklar,  mayllarga  ega 
bo‘ladi.  
SHunday  qilib,  mif  kimningdir  uydirmasi  yoki  «o‘tmish  sarqiti»  emas,  balki  shunday  bir  o‘ziga  xos  tilki, 
inson  uning  yordamida  qadim  vaqtlardanoq  dunyoni  tavsiflagan,  o‘zining  o‘sib  borayotgan  tarqoq  bilimlarini 
umumlashtirgan, talqin qilgan, tasniflagan va muayyan tizimga solgan.  
Mifda  ota,  oqsoqol  hukmi  va  qaror  to‘gan  an‘analar  ayniqsa  muhim  rol  o‘ynaydi.  Rivoyat  va  uning 
mazmuniga nisbatan bunday munosabat zamirida e‘tiqod, borliqni bevosita, emotsional idrok etish yotadi. Mifologik 
dunyoqarash dunyoni yaxlit tushunish bo‘lib, unda shubhaga o‘rin yo‘qdir.  
Mifologiya  (miflar  majmui  sifatida)  qadimgi  odamlar  dunyoqarashi  bilangina  uzviy  bog‘liq  emas.  Oddiy 
ongda yashaydigan din, falsafa, siyosat, san‘atda aniq-ravshan yoki ‗ardalangan ko‘rinishda mavjud bo‘lgan miflar 
bugungi  kunda  ham  (kim  uchundir  ko‘proq,  kim  uchundir  kamroq  darajada)  odamlar  hayoti  va  ijodida  faol  rol 
o‘ynab,  har  qanday  inson  dunyoqarashining  tarkibiy  qismi  bo‘lib  qolmoqda.  Jamiyatning  axborotlashuvi  jadal 
sur‘atlarda  o‘sib  borayotgan  sharoitda  mif  televidenie,  radio,  vaqtli  matbuot,  hozirgi  saylov  texnologiyalari 

vositasida ba‘zan ijtimoiy ong  bilan manipulyatsiya qilish, oldindan belgilangan jamoatchilik fikrini shakllantirish 
vositasi sifatida qo‘llanilmoqda.  
Diniy  dunyoqarashning  shakllanishi  va  mohiyati. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. (Din 
so‘zi  arabchadan  tarjimada  e‘tiqod,  ishonch,  ishonmoq  degan  ma‘nolarni  anglatadi.)  Mif  kabi,  din  zamirida  ham 
e‘tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki 
bosqichlarida,  ya‘ni  taxminan  40-60  ming  yil  muqaddam  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa-da,  umuman  olganda  u 
dunyoqarashning  mustaqil  shakli  sifatida  keyinroq,  jumladan  mif  ta‘sirida  insonning  abstrakt  fikrlash  qobiliyati 
sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.  
Diniy  dunyoqarash odamlarning g‘ayritabiiy narsalar (xudolar, «oliy aql», qandaydir absolyut va sh.k.)ga 
bo‘lgan  e‘tiqodiga  asoslanuvchi  tegishli  xulq-atvori  va  o‘ziga  xos  harakatlaridir.  Agar  mifologiyada  an‘anaga, 
rivoyat  qiluvchining,  ya‘ni  oqsoqolning  obro‘siga  e‘tiqod  kuchli  bo‘lsa,  dinda  g‘ayrioddiy  narsalarga  e‘tiqod 
birinchi o‘rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro‘si esa ikkinchi darajali rol o‘ynaydi.  
Xullas,  din  murakkab  ma‘naviy  tuzilma  va  ijtimoiy-tarixiy  hodisa  bo‘lib,  unda  e‘tiqod  muqarrar  tarzda 
birinchi o‘ringa qo‘yiladi va hamisha bilimdan ustun turadi. 
bga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga hech qachon o‘xshamaydi.  
Dinning  asosiy  funksiyalari.  Mif  bilan  taqqoslaganda,  din  funksiyalari  murakkabroqdir.  Din  funksiyalari 
orasida quyidagilarni farqlash mumkin: 

 
dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasi  butun  borliq  qachon  va  nima  uchun paydobo‘lgan  va  bunda 
g‘ayrioddiy kuchning olamshumul roli qanday namoyon bo‘lgan, degan savollarga javob beradi; 

 
kommunikativ funksiyasi muloqot va shaxslararo aloqalarning muayyan ti‘ini ta‘minlaydi, jamiyatning 
ji‘slashuvi va yaxlitligiga ko‘maklashadi; 

 
tartibga  solish  funksiyasi  odamlar  xulq-atvorini  tartibga  soluvchi  tegishli  me‘yorlar  va  qoidalarni 
belgilaydi; 

 
kompensatorlik funksiyasi etishmayotgan axborot, diqqat-e‘tibor, g‘amxo‘rlik o‘rnini to‘ldiradi, hayot 
ma‘nosi,  istiqbollar  va  shu  kabilarning  yo‘qligini  sezdirmaydi,  ya‘ni  insonning  kundalik  hayotda  qondirilmagan 
ehtiyojlari o‘rnini to‘ldiradi.  
Dinning asosiy ildizlari. Din qonuniy hodisa sifatida vujudga kelgan bo‘lib, u insonning g‘ayrioddiy narsalar 
va hodisalarga bo‘lgan e‘tiqodini to‘yintiruvchi chuqur ildizlarga egadir. 
 Dinning psixologik ildizi avvalo inson tabiatida mavjud bo‘lib, u inson intellektining rivojlanish darajasi va 
tanqidiy  fikrlash  qobiliyatidan  qat‘iy  nazar,  nafaqat  tushunish,  anglash,  balki  e‘tiqod  qilish  istagi  va  hattoki 
ehtiyojining hamisha namoyon bo‘lishidir.  
Dinning gnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtayi nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz 
murakkab  bo‘lib  tuyulishida  namoyon  bo‘ladi.  Forobiy  fikricha  ―Din  nazariy  va  amaliy  qonunlar  tuzilgan 
paytdagina  odamlar  e‘tiqodi,  ta‘limi  tarbiyasi  yo‘llari  ishlab  chiqilgandagina  paydo  bo‘ladi  va  mustahkamlanadi. 
Ana shunday din tufayli omma baxt saodat uchun yetarli bilim olishi mumkin‖
1
. Odamzod o‘zini qurshagan borliqni 
faqat qisman anglab yetadi. Ayni shu sababli olam inson uchun sirlar va mo‘jizalarga to‘ladir. Odamzod o‘zi e‘tiqod 
qiladigan ko‘p narsalarni faqat aqlga tayanib isbotlashga ham, rad etishga ham qodir bo‘lmaganidek, yuqorida zikr 
etilgan  sirlar  va  mo‘jizalarga  javob  to‘ishga  ham  (balki  hozircha)  qodir  emas.  psixologlar  qayd  etganidek,  «o‘ta 
mushkul  vazifa  aqlni  o‘tmaslashtiradi»,  inson  yechimsiz  muammolar  qarshisida  o‘zini  ojiz  his  qiladi  va  aql 
dalillarini uydirma, g‘ayrioddiy narsalar bilan osongina to‘ldiradi.  
Dinning  ijtimoiy  ildizlari  jamiyatda  doimo  mavjud  bo‘lgan  tengsizlik,  qashshoqlik  va  adolatsizlikni, 
odamlar  qancha  urinmasin  o‘zgartira  yoki  yenga  olmaganligi  bilan  bog‘liq.  Adolatsizlik  va  foniy  dunyoning 
nomukammalligi  tuyg‘usi  chorasizlik  va  umidsizlikni  yuzaga  keltiradi,  so‘nggi  zikr  etilgan  tuyg‘ular  osongina  u 
dunyoda  hayotning  mavjudligiga  bo‘lgan  ishonchga  aylanadi.  Vaholanki,  har  qanday  din  haqiqiy  hayot  u 
dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch to‘a olmagan 
inson g‘ayrioddiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e‘tiqod qilib, odamzod taskin va 
tasalli to‘adi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.  
Dunni  idrok  etishda  falsafiy  dunqarashning  o‟ziga  xos  roli-  unda  dunyoni  bilish,  sezish,  ko‘rish  va 
tushunishning butunlay yangi sohasi – falsafa vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat falsafa – bu nafaqat u 
yoki  bu  odam  dunyoqarashining  shakli,  balki  ijtimoiy  ong  shakli,  odamlar  borlig‘i  va  bilishining  umumiy 
tamoyillari, ularning dunyoga munosabati aks etuvchi, tabiat, jamiyat va tafakkurning eng umumiy qonunlari kashf 
etiluvchi  va  ta‘riflanuvchi  ma‘naviy  faoliyatdir.  ya‘ni  bu  dunyoga  va  insonning  undagi  o‘rniga  nisbatan 
qarashlarning umumiy tizimidir.  
Bunday qarashlar zamirini savollar va insonning ularga javob to‘ish istagi yotuvchi oqilona yo‘l bilan olingan 
bilimlar  majmuini  tashkil  etadi.  Ammo  bilish  shunday  bir  tabiatga  egaki,  bir  savolga  javob  ko‘pincha  boshqa  bir 
talay savollarni yuzaga keltiradi va ba‘zan muammoga nafaqat oydinlik kiritmaydi, balki uni yanada chigallashtirib, 
insonning  qiziquvchanligini  oshiradi  va  yangi  tadqiqotlarga  da‘vat  etadi.  Xullas,  bu  yerda  ijod,  tinimsiz  izlanish, 
yangilikka intilish to‘g‘risida so‘z yuritiladi.  
Agar mifologiya va dinda javobga urg‘u berilsa, bilishning butun mazmuni unda mujassamlashsa, falsafada 
savol, masala birinchi o‘rinda turadi. U to‘g‘ri va yaxshi ta‘riflangan bo‘lsa, muammoning mohiyati aniq aks etadi. 
                                                 
1
 Al –Fоrоbiy.  Fоzil оdamlar shahri. -T.: SHarq, 1999 –B.93-94. 

Savol,  masala  insonni  ijodga  rag‘batlantiradi,  toki  unga  qoniqarli  javob  olinib,  haqiqatning  tagiga  yetilganiga 
ishonch  paydobo‘lmagunicha  insonni  izlanishga  da‘vat  etadi.  Bunda  savolning  o‘zi,  muammoning  qo‘yilishi 
javobdan kam ahamiyat kasb etmaydi, ba‘zan undan ham muhimroq deb qaraladi.  
SHuni  ham  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  falsafa,  garchi  muayyan  natijalarga,  mukammal  ta‘riflarga,  uzil-kesil 
xulosalarga  intilsa-da,  lekin  shuning  o‘zi  bilan  kifoyalanmaydi.  Falsafani  avvalo  inson  madaniyati  sohasida  yuz 
berayotgan, turli qarama-qarshiliklar va o‘zaro ta‘sirlar bilan uzviy bog‘liq va ayni vaqtda o‘zga sohalarga o‘tish va 
ularda gavdalanish qobiliyatiga ega bo‘lgan ma‘naviy jarayon sifatida tushunish lozim.  
Bundan xulosa shuki, falsafiy mushohada yuritish savol berish, shubha qilish, javoblar izlash va kuni kecha 
yechilgan deb hisoblangan, shak-shubhasiz bo‘lib tuyulgan masalalarga qaytish demakdir. Falsafa uchun «boqiy», 
uzil-kesil  aniqlangan  haqiqatlar,  «noqulay»,  «ilmoqli»  savollar  yoki  man  etilgan  mavzular  mavjud  emas.  Falsafa 
savollar berish, narsalar va hodisalar mohiyatini anglashga urinish orqali bilish doirasini kengaytirishga harakat 
qiladi.  
Xullas, falsafa haqiqat qanday bo‘lsa, uni shunday ifodalab ko‘rsatishdir, din esa –uning ramziy, timsoliy aks 
etishi. Falsafa asos va mohiyat bo‘lsa, din timsol va shakl. Dialektik munozara usuli jamiyatning kam sonli ayonlari 
uchun kerak. Vahiy yo‘lidagi ifoda – xalq ommasining idroki, tarbiya va ta‘limi uchun kerak. 
Fan-  ilmiy  dunqarash  shakli.  Bilimlarning  o‘sishiga  qarab  har  xil  muammolar  va  masalalar  soni  ham 
tinimsiz  ko‘payib  bordi.  Bu  jarayon  fanning  rivojlanish  sur‘ati  yanada  jadallashuviga  va  u  falsafadan  yanada 
ko‘proq ajralishiga sabab bo‘ldi. Biroq fan bilimning mustaqil sohasi, dunyoqarashning alohida shakli sifatida faqat 
XVII-XVIII asrlarda to‘la shakllandi. Muayyan darajada shartlilik bilan shuni aytish mumkinki, bu I.Nyuton klassik 
mexanikaning  asosiy  qonunlarini  ta‘riflab,  shu  tariqa  tabiatshunoslikning  bo‘limi  –  asoslari  asrlar  mobaynida 
shakllangan,  bosh  tamoyillari  esa  bundan  yuz  yilcha  muqaddam,  avvalo  Galileo  Galiley  tomonidan  ta‘riflangan 
klassik mexanikaning shakllanishiga yakun yasaganidan keyin yuz berdi. 
Fanning  funktsiyalari  va  taraqqiyotining    asosiy  bosqichlari.  Miloddan  avvalgi  I  ming  yillikdan  XVI 
asrgacha bo‘lgan davr ilk fan davridir. Bu davrda asrlar mobaynida avloddan-avlodga o‘tib kelgan, hayot tajribasi 
va mehnat faoliyati jarayonida olingan amaliy bilimlar bilan bir qatorda juda umumiy va mavhum mushohadalarga 
asoslangan nazariyalar xususiyatiga ega bo‘lgan tabiat haqidagi dastlabki falsafiy tasavvurlar (naturfalsafa) vujudga 
kela  boshlagan.  Ilmiy  bilim  kurtaklari  naturfalsafa  doirasida  uning  elementlari  sifatida  shakllangan.  Matematik, 
astronomik,  tibbiy  va  boshqa  masalalarni  yechishda  foydalaniladigan  ma‘lumotlar,  usullar  va  metodlar  jamlanishi 
bilan  falsafada  tegishli  bo‘limlar  vujudga  kelgan  va  keyinchalik  asta-sekin  shakllanayotgan  ayrim  fanlar: 
matematika, astronomiya, tibbiyot va hokazolarga ajralib chiqgan.  
Jumladan,  Aristotelning  falsafiy  asarlarida  fizika,  zoologiya,  embriologiya,  mineralogiya,  geografiya  kabi 
fanlarning  kurtaklariga  duch  kelish  mumkin.  Miloddan  avvalgi  III-II  asrlarda  falsafiy  bilim  tarkibida  statistik 
mexanika,  gidrostatika,  geometrik  o‘tika  (xususan,  ko‘zgular  haqidagi  alohida  fan  –  «ka-to‘trika»)  farqlanadi  va 
nisbatan  mustaqil  ahamiyat  kasb  etadi.  Markaziy  Osiyo  mutafakkirlari  al-Xorazmiy  matematika,  al-Farg‘oniy 
astranomiya,  al-Beruniy  meneralogiya  va  geografiya,  Ibn  Sino  tibbiyot,  Mirzo  Ulug‘bek  astranomiya,  Alisher 
Navoiy adabiyot ilmi rivojiga munosib hissa qo‘shdi va ular ijodi mahsullari bugungi kunda  ham o‘z ahamiyatini 
yo‘qotgani yo‘q. Biroq bu fanlarda ayrim tasodifiy kuzatishlar va amaliyot ma‘lumotlari umumlashtiriladi-yu, lekin 
eks‘erimental  metodlar  hali  qo‘llanilmaydi,  aksariyat  nazariy  qoidalar  esa  asossiz  va  tekshirib  bo‘lmaydigan 
s‘ekulyatsiyalar  mahsuli  hisoblanadi.  Ammo  ko‘rib  chiqilayotgan  davrda  vujudga  kelgan  ilmiy  fanlar  bu  davr 
mobaynida falsafiy bilim qismlari sifatida talqin qilinishda davom etgan.  
SHu  narsa  diqqatga  sazovorki,  hatto  XVII  asr  oxirida  Nyuton  o‘zining  fizika  asoslarini  yaratgan  «Natural 
falsafaning matematik asoslari» deb nomlangan asarini e‘lon qilgan. 
SHunday  qilib,  falsafadan  alohida  faoliyat  sohasi  sifatidagi  fan  hali  mavjud  bo‘lmagan:  u  asosan  falsafa 
doirasida,  ilmiy  bilimlarning  boshqa  manbai  –  hayot  amaliyoti  va  hunarmandchilik  san‘ati  bilan  bir  vaqtda  va  u 
bilan juda zaif aloqada rivojlangan.  
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda ―Platon akademiyasi‖, Markaziy Osiyoda ―Ma‘mun akademiyasi‖ 
tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida 
fan paydobo‘lishidan oldingi «embrional» davri hisoblanadi.  
2. XVI- XVII asrlar – 1 ilmiy inqilob davri bo‘lib, u klassik fan davri deb nomlanadi. U Ko‘ernik va Galiley 
tadqiqotlaridan boshlanib, Nyuton va Leybnitsning fizika va matematika sohasidagi fundamental asarlari bilan o‘z 
cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan so‘ng oradan bir yil o‘tgach Nyuton tug‘ilgani (1643 
yil 4 yanvar) ramziydir. Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr – kashfiyotlar hamda yangi ilmiy g‘oyalarning 
mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi kurash olib borgan romantik davrdir.  
Bu  davrda  hozirgi  vaqt  tabiatshunosligining  asoslari  yaratilgan  va  mexanika  qonuniga  asos  solingan
Hunarmandlar,  tabiblar,  alximiklar  tomonidan  qo‘lga  kiritilgan  ayrim  dalillar  tizimli  tahlil  qilinib,  umumlashtirila 
boshlagan.  Ilmiy  bilim  tuzishning  tabiat  qonunlarini  matematik  ta‘riflash,  nazariyalarni  tajribada  sinash,  tajribada 
asoslanmagan diniy va naturfalsafiy dogmalarga tanqidiy qarash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi me‘yorlari va ideallari 
vujudga kelgan. Fan o‘z metodologiyasini yaratgan va amaliy faoliyat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni 
yechishga tobora faolroq yo‘naltirilgan.  
Biroq fan o‘zining yangi metodologiyasini yaratib, amaliyot ruhi bilan sug‘orilgani sari u o‘z tarixiy ildizi  – 
falsafa  qirg‘oqlaridan  uzoqlasha  boshlaydi.  Ko‘rib  chiqilayotgan  davr  oxiriga  kelib  u  falsafiy,  diniy,  teologik 
aqidalardan  qat‘iy  nazar  rivojlanishi  mumkin  bo‘lgan  bilimlar  tizimi  sifatida  tushunila  boshlaydi.  Natijada  fan 
faoliyatning  alohida,  mustaqil  sohasiga  aylanadi.  ‗rofessional  olimlar  paydo  bo‘ladi  ,  ularni  tayyorlash  amalga 

oshiriluvchi  universitet  ta‘limi  tizimi  rivojlanadi.  O‘z  faoliyati,  muloqot  va  axborot  ayirboshlashning  alohida 
shakllari va qoidalariga ega bo‘lgan ilmiy hamjamiyat vujud keladi.  
XVII  asrda  dastlabki  ilmiy  akademiyalar:  London  qirollik  jamiyati  (1660), Parij  Fanlar  akademiyasi  (1666) 
tashkil  to‘adi.  Keyinroq  Berlinda  (1700),  Sankt-Peterburgda  (1724),  Stokgolmda  (1739)  va  Yevropaning  boshqa 
poytaxt  shaharlarida  ilmiy  akademiyalar  ta‘sis  etiladi.  Bu  akademiyalarning  eng  yirigi  -  London  qirollik  jamiyati 
bo‘lib, u tashkil etilgan paytda 55 a‘zodan iborat bo‘lgan. Parij Fanlar akademiyasi 21 kishidan iborat tarkibda ish 
boshlagan. Sankt-Peterburg akademiyasining a‘zolar shtatida dastlab 11 kishi belgilangan. Yevropa mamlakatlarida 
XVIII  asr  boshiga  kelib  olimlar  soni  bir  necha  ming  kishiga  yetgan  bo‘lsa  kerak,  chunki  ilmiy  jurnallarning  (bu 
davrda bir necha o‘n ilmiy jurnallar nashr etilgan) tirajlari ming nusxagacha borgan.  
3.  XVIII-XIX  asrlar  fani  noklassik  fan  davri  deb  ataladi.  Bu  davrda  ko‘plab  ayrim  ilmiy  fanlar  vujudga 
keladi, ularda ulkan faktik material to‘planadi va tizimga solinadi. Matematika, fizika, kimyo, geologiya, biologiya, 
psixologiya va boshqa fanlarda fundamental nazariyalar yaratiladi. Termodinamika qonuni yaratildi. Texnika fanlari 
vujudga keladi va moddiy ishlab chiqarishda yanada sezilarliroq rol o‘ynay boshlaydi. Fanning ijtimoiy roli ortadi, 
uning rivojlanishi o‘sha davr mutafakkirlari tomonidan ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili sifatida e‘tirof etiladi.  
XVIII asrning o‘rtalarida jahonda fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar 10 ming kishidan oshmagan bo‘lsa, XIX 
asr oxiriga kelib olimlar soni 100 ming kishiga yetadi. XVI asrda «olimlar»ning yarmidan ko‘prog‘i diniy ma‘lumot 
olgan  kliriklar  edi.  XIX  asrda  fan  ijtimoiy  mehnatning  mustaqil  tarmog‘iga  aylanadi  va  u  bilan  universitetlar  va 
institutlarning maxsus fakultetlarini tamomlagan «dunyoviy» professional olimlar shug‘ullanadi. 1850 yilda jahonda 
mingga yaqin ilmiy jurnallar nashr etiladi, 1950 yilga kelib esa ularning soni 10 mingdan oshadi. 1825 yilda nemis 
kimyogari YU.Libix ilmiy laboratoriya tashkil qiladi va u olimga ko‘p miqdorda daromad keltira boshlaydi. XIX asr 
oxiriga kelib bunday laboratoriyalar soni ko‘payadi. Fan tijoratchilar, tadbirkorlar e‘tiborini o‘ziga tobora ko‘proq 
torta  boshlaydi.  Ular  olimlarning  ishlab  chiqarish,  sanoat  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  ishlarini  mablag‘  bilan 
ta‘minlay boshlaydilar.  
4.  XX  asrdan  fan  rivojlanishida  yangi  bosqich  boshlanadi.  Bu  davr  fani  postnoklassik  deb  ataladi,  chunki 
mazkur asr bo‘sag‘asida fanda inqilob yuz beradi va buning natijasida u oldingi davrning klassik fanidan sezilarli 
darajada  farq  qila  boshlaydi.  XIX-XX  asrlar  chegarasida  amalga  oshirilgan  inqilobiy  kashfiyotlar  bir  qancha 
fanlarning  asoslarini  larzaga  soladi.  Matematikada  to‘plamlar  nazariyasi  va  matematik  tafakkurning  mantiqiy 
asoslari tanqidiy tahlil qilinadi, bir qancha yangi fanlar vujudga keladi. Fizikada klassik fizikaning falsafiy asoslarini 
qayta  ko‘rishga  majbur  qilgan  fundamental  nazariyalar  –  nisbiylik  nazariyasi  va  kvant  mexanikasi  yaratiladi. 
Biologiyada  genetika  rivojlanadi.  Tibbiyot,  psixologiya  hamda  inson  haqidagi  boshqa  fanlarda  yangi  fundamental 
nazariyalar  paydo  bo‘ladi.  Ilmiy  bilimning  shakl-shamoyilida,  fan  metodologiyasida,  ilmiy  faoliyatning  shakl  va 
mazmunida, uning me‘yorlari va ideallarida olamshumul o‘zgarishlar yuz beradi.  
XX  asrning  ikkinchi  yarmi  fanni  yangi  inqilobiy  o‘zgarishlarga  olib  keladi.  Bu  o‘zgarishlar  adabiyotlarda 
ko‘pincha  fan-texnika  inqilobi  sifatida  tavsiflanadi.  Bu  o‘zgarishlar  shu  bilan  bog‘liqki,  Ikkinchi  jahon  urushidan 
keyin  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  fan  yutuqlari  ilgari  misli  ko‘rilmagan  miqyosda  amaliyotga  –  sanoat, 
qishloq  xo‘jaligi,  sog‘liqni  saqlash,  kundalik  hayotga  joriy  etiladi.  Fan  energetikada  (atom  elektrostantsiyalari), 
transportda  (avtomobilsozlik,  aviatsiya),  elektronikada  (televidenie,  telefoniya,  kom‘yuterlar)  ayniqsa  ulkan 
o‘zgarishlar yasaydi. Fanning rivojlanishi eng yangi harbiy texnikani yaratishning asosiy omiliga aylanadi va «ikki 
lager»ning  urushdan  keyingi  qarama-qarshiligi  sharoitida  avj  olgan  qurollanish  ‗oygasi  yirik  davlatlarni  ilmiy-
texnikaviy tadqiqotlarga ulkan mablag‘larni sarflashga majbur qiladi. 
XX  asrning  so‘nggi  o‘n  yilliklarida  fan  texnika  taraqqiyoti  axborot  (kom‘yuter)  inqilobi  bosqichiga  qadam 
qo‘ydi. Bu bosqichning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot jamiyat rivojlanishining muhim resurslaridan biriga 
aylandi.  SHu  tariqa  fan  bilan  bog‘liq  yuksak  texnologiyalar,  ular  bilan  mushtarak  ta‘lim  endilikda  har  qanday 
jamiyatning  tsivilizatsion  rivojlanish  darajasini  belgilamoqda.  Ilmiy  kashfiyotlar  va  ularning  amalga  tatbiq  etilishi 
o‘rtasidagi masofa mumkin qadar qisqaradi. Ilgari fan yutuqlaridan amalda foydalanish usullarini to‘ish uchun 50-
100  yil  vaqt  sarflangan  bo‘lsa,  endilikda  bunga  2-3  yilda  yoki  hatto  bundan  ham  qisqaroq  vaqt  ichida  muvaffaq 
bo‘linmoqda.  
Davlat  ham,  xususiy  firmalar  ham  fan  rivojlanishining  istiqbolli  yo‘nalishlarini  qo‘llab-quvvatlashga  katta 
xarajatlar qilishi tabiiy bir hol bo‘lib qoldi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi fani jadal sur‘atlarda o‘sib, ijtimoiy 
mehnatning muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. «Katta fan» davri boshlandi. Ko‘p sonli ilmiy muassasalar ishiga 
son-sanoqsiz odamlar ommasi jalb qilindi. Olim  kasbi kam  uchraydigan kasb bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda ilmiy 
faoliyat o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni yechishga buning butun xavf-xatarini o‘z bo‘yniga olib qo‘l urgan ayrim 
mutafakkirlarning  mashg‘uloti  emas,  balki  buyurtmaga,  rejali  to‘shiriqqa  binoan  ishlaydigan,  uni  belgilangan 
muddatda bajarish va o‘z ishi haqida hisobot berishga majbur bo‘lgan yirik jamoalarning ishi. Hozirda ilmiy mehnat 
– industrial mehnatning bir turi. Fan bilan shug‘ullanuvchi kishilar hozir «ilmiy xodimlar» deb atalishi bejiz emas.  
Fan  rivojlanishning  yuksak  darajasiga  erishgan  bo‘lsa-da,  lekin  amalda  falsafa  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib 
qolmoqda. Ular faol o‘zaro ta‘sirga kirishib, bir-birining rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‘rsatmoqda. Bu hol shu 
bilan izohlanadiki, falsafa daliliy materialga, sinovdan o‘tgan ilmiy ma‘lumotlarga tayanib, o‘z mavhum g‘oyalarini 
borliq  bilan  taqqoslash  imkoniyatiga  ega,  fan  esa,  dalillarni  qayd  etish  va  tavsiflash  bilan  cheklanmay,  yanada 
asosliroq xulosalar chiqarish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. XXI asr  boshiga  kelib jahonda  olimlar soni qariyb olti 
millionga  yetdi,  taxminan  shuncha  odam  fanga  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  mehnat  bilan  band  (laborantlar,  texniklar, 
nashriyotlarning  xodimlari  va  h.k.).  Yerda  qadim  vaqtlardan  boshlab  to  XXI  asrning  boshiga  qadar  yashagan 
olimlarning  umumiy  sonini  olsak,  ularning  o‘ndan  to‘qqiz  qismi  bizning  vaqtdoshlarimiz  ekanligi  ayon  bo‘ladi. 

Rivojlangan  mamlakatlarda ilmiy xodimlar soni  mehnatga  qobiliyatli aholining qariyb 10% ni tashkil qiladi,  fanni 
ta‘minlashga milliy daromadning 5% dan ko‘prog‘i sarflanadi.  
Hozirgi  vaqt  fani  jamiyat,  texnika,  iqtisodiyot,  madaniyat,  turmush  va  kundalik  hayotni  yo‘lga  soluvchi 
qudratli  kuchga  aylandi.  Ayni  vaqtda  odamlar  bugun  fanning  qudratinigina  emas,  balki  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
xavflarni ham yaxshi anglaydilar. Hozirgi dunyo o‘z yutuqlari va o‘zining jo‘shqinligi uchun fan oldida mas‘uliyatli. 
Ammo  ilmiy  haqiqat  o‘z  holicha  odamlarning  ehtiyojlariga  befarq.  U  be‘arvo  va  rahm-shafqatsiz.  Ammo,  I.  A. 
Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―kuch – bilim va taffakurda‖
2
 bo‘lsa, bu kuch ortib borgani sari insoniyatga ziyon 
yetkazmaslik uchun undan yanada ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. 
SHuni tan olish lozimki, hozirgi vaqtda jamiyat ko‘p jihatdan fanning ulkan yutuqlari tufayli o‘zini o‘zi yo‘q 
qilish  yoqasiga  kelib  qoldi.  Bu  ilmiy  taraqqiyotni  to‘xtatish  kerak,  degani  emas.  Ammo  ilmiy  izlanishni  insoniy, 
axloqiy  munosabatga  bo‘ysundirish  va  balki  uning  qaysidir  yo‘nalishlarini  cheklash  zarurligi  to‘g‘risidagi  masala 
kun tartibiga qo‘yilmoqda. Ilmiy izlanishning inson‘arvarlashuvi, uning yo‘llari va oqibatlariga axloqiy munosabat – 
bu davrimizning muhim muammolaridir. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin