Hozirgi davrda milliy falsafani rivojlantirish muammolari, uning xalqaro aloqalarni tashkil
etishdagi ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi?
Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi?
Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi vaqt odami oldiga ko‘p
sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Yerda hayotning davom etishi uchun
o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi,
odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini
o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda.
SHu munosabat bilan faylasuflar avvalo Yyer yuzida ta‘limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda
ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan
qoniqarsiz ta‘lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni yechishda falsafa ham o‘z rolini
o‘ynashi lozim.
Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati
falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir.
Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga
qarab mo‘ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay
yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama
qilishda alohida diqqatga loyiq bo‘lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to‘tirishda
falsafaning roli va ahamiyatidir.
Hozirgi vaqt faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, ―Falsafa nima? U
kimga va nima uchun kerak?‖, ―Falsafaning vazifasi nimadan iborat?‖, ―Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima
maqsadda tahsil berish lozim?‖ qabilidagi bir qarashda allaqachon o‘z yechimini to‘gan masalalarni yana kun
tartibiga qo‘ymoqdalar. Bu haqda ko‘p va atroflicha so‘z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmet iga,
shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta‘sir ko‘rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo‘lsa, buni u
qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi.
Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, falsafaning o‘ziga xos xususiyati, ya‘ni u
fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo‘lishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Falsafaning unga yaxlit ta‘limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy qonunlar va metodologiyaga
tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab
etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko‘rgan holda uning afzalligiga aylanadi.
Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining
globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtayi nazardan anglab etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy
yondashuvlardan farqli o‘laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko‘proq erkinlik
berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo‘yilishi, mushohadaga asoslangan
ta‘riflar berish, sub‘ektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha
katta ahamiyatga ega emasdek bo‘lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.
Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki
rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib
chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.
Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha,
o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi.
Zero, aniq ta‘riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o‘z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l
qo‘ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz
o‘zining betakrorligini yo‘qotadi.
Hamonki plyuralizm falsafada me‘yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya‘ni qarashlarning
tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o‘zlashtirish,
undan qanday saboq berish mumkin?
Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka
va o‘tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda: Falsafa faktlarni eslab qolishni o‘rgatmasligi,
balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har
bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o‘zi mustaqil o‘ylashni va o‘z aqliga quloq solishni
o‘rganishini nazarda tutmog‘i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o‘rgatish, u
o‘z shaxsiyatining ahamiyatini ko‘rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga etishga harakat qilishiga erishishdan
iborat. Bu, o‘z navbatida, barcha odamlar o‘ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.
Bu juda to‘ib aytilgan so‘zlar falsafani fan sifatida o‘rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta‘riflarning
muayyan yig‘indisi sifatida o‘zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta‘lim
berishda ‗aydeyya yo‘lini tanlash – unga «nimani ko‘rish lozimligi»ni emas, balki «qaerga va qanday qarash
kerakligi»ni o‘rgatish lozim. O‘z-o‘zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o‘quvchi va
o‘qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo‘lmaydi, falsafa esa o‘zining sof ko‘rinishida
yo‘qoladi, «havoga sovuriladi», pirovard da kimdir bayon etadigan, kimdir ―o‘tishi‖, o‘rganishi va qolaversa,
imtihon to‘shirishi lozim bo‘lgan ―fan‖gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta‘lim berish va uni o‘zlashtirish
zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.
2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Reja:
1. Qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi va xususiyatlari.
2. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda falsafiy qarashlar.
3. O'rta asr Sharq falsafasi rivojlanishining umumiy belgilar.
4. O'rta asr Sharq falsafasi. Markaziy Osiyo falsafasi.
Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Sharq qadimiy madaniya
o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta`riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini
o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og`ib ketish g`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan
bog`lik jihatinin tahlil etganda ham Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim.
Shu bilan birga, Sharqninng o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon
sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning
barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e`tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq
sivilizatsiyasi quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo
madaniyatiga ulkan ta`sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor.
Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizninng Vatanimiz
o`tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga
oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va
iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o`choqlari
haqida maktab ta`limi jarayonida «Eng qadigi tarix» darsliklari orqali ma`lumot berilgan. Zukko talabalar o`sha
davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Qadimgi
SHarq falsafasi insoniyatning ilm, fan, m‘naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga
xosligi va betakrorligidan qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega.
Birinchidan, falsafiy tafakkur SHarqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida
vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq
tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar
harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham
qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k.
Ikkinchidan, SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga
kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari
shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish
jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va
siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan.
Misr va Bobil falsafiy maktablari. Eramizdan avvalgi turtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming
yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya`ni
astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar birmuncha rivoj to‘gan. Tabiy-ilmiy, diniy-
falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo‘nalishda borgan. Birinchi yo`nalish olam haqidagi tasavvurlarning
astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog`liqekanini, ikkinchi yo`nalish esa, bu tasavvurlarning
mifologiya bilan bog`liq bo`lganini ko`rsatadi.
Birinchi holda, asosan, tabiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea hodisalar
aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o`rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu - o`sha davr uchun tabiiy
hol edi, ya`ni u - davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda
mfodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo`lsa-da aksariyat
hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo‘lgan.
Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo`lgan odamzod, albatta, tevarak
atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini
va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish ko`nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o`sha qadim zamonlarda, afsona
hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo`q edi. Bu - o`sha davrlardan qolgan yozma
manbalarda, xususan, «Xo‘jayinning o`z quli bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo`shig`i»,
«O‘z hayotidan hafsalasi pir bo`lgan kishining o`z joni bilan suhbati» kabi bitiklari yaqqol namayon
bo`lgan. Ularda hayotning, umrning mazmuni, o`sha davrdagi odamlarga xos tuyg`ular bayon qilingan.
Qadimgi Hindistonda falsafiy maktablar. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining
beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta`limotlar yozma manba - «Veda»larda o`z aksini to‘gan. «Veda»lar
eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo`lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va
bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so`zlar deb biladi. «Veda»da
hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan.
«Veda»lar bizgacha to`rtta to`‘lam (samxitlar) shaklida etib kelgan. Bular «Rigveda», «Samaveda»,
«Yajurveda», «Adxarvaveda»dir.
Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo`lgan manbalarda ham o`z aksini topgan.
«Upanishadalar» sirli bilim degan ma`noni anglatib. «Veda»larning falsafiy qismini tashkil etadi.
«Upanishadalar» yaxlit kitob eki falsafiy risola bo`lmay, balki turli vaqtda turli mavzuda ijod etgan noma`lum
mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi har xil va turlicha falsafiy qarashlar mahsulidir.
Qadimgi hind falsafiy maktablar ikki guruhga bo`linadi. Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni
astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sank`ya, yoga, vaysheshika, n`yaya va mimansa - astika guruhiga
kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir
haqiqat undagina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm - nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka-loyata, tarafdorlari materialistik ta`limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning
muqaddasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim
bermaydi, deb ta`kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo`lishiga qaramay, ular ham
«Veda»ning muqaddasligini tan olmagan. Sankx`ya qadimgi Hindistondagi dualistik falsafiy maktab bo`lib, olam
asosida modiy unsur (prakriti) modda va ruh (purusha) etadi, deb hisoblaydi. Bu yo`nalishga, asosan, olamdagi
barcha narsalar ikki unsurning turli teng miqdorda (proportsiyada) birikishidan yuzaga keladi, olam sababiyat
orqali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular quyidagilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab
aloqador bo`lmagan sabab.
«Upanishada»da deyarli har qanday hodisa harakat va qarama-qarshilik nuqtayi nazaridan qaraladi. Braxman
ikki qiyofa: jismoniy va jismsiz, o‘ladigan va o‘lmas, harakatsiz va harakatchan ko‘rinishlarga ega. «Upanishada»da
Atman – bu ham tana, ham individual jon. Braxman va atman bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq «Hamma narsa Braxman,
Braxman esa atmandir», deyiladi. Atman o‘zgaruvchan, uning turli holatlari mavjud: uyg‘oqlik; tushli uyqu; tushsiz
uyqu; turiya (atman hech narsani his qilmaydigan, o‘z-o‘ziga teng bo‘ladigan holat).
Markaziy Osiyoda “Avesto” ta‟limotidagi falsafiy fikrlar. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII
asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir.
Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan
mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin
uning tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon
qilgan. Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini to‘magan.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida,
xususan, Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat g`oyalariga da`vat etish,
hayotbaxsh an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga
ega bo`lgan, uning g`oyalari bilan bog`liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush
tarzining o`ziga xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.
Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari,
o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari-yaxshilik va
yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqliq, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan.
«Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o`zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek Baqtriya
davri falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o`rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo`shini
mahalliy xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko`pgina qismini yondirib yuborgani
haqida ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayirim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani,
uni o`qiy olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni eqish to`g`risida ko`rsatma
bergan, degan fikrlarni baen etadilar. Aslida unday emas. Bu - tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir
achchiq va kimlar uchundir ibratli bo`lsa-da haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o`z
zamonida fanlarning otasi nom olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan
olingan Arastudan 20 yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binoborin, Shoh Filippning o`g`li Aleksandrni
savodsiz, kitobning qadrini tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarix haqiqatiga to`g`ri kelmaydi. Qadimgi
manba ―Avesto‖da ko‘rsatilgani kabi ―qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so‘zlash va yaxshi ish ko‘rish mumkin‖,
degan savolga javob to‘ishga harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo‘lish uchun inson falsafiy
donishmandlikni o‘zlashtirishi lozim: u dunyo va uni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va
boshqa shunga o‘xshash muammolarda mo‘ljal ola bilishi kerak.
Zardo‟sht ta‟limotida ―Axriman‖ va ―Axuramazda‖ yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda
yaxshilikning g‘alabasini ifodalaydi. Zardo‘shtiylik falsafasiga ko‘ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-
ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo‘lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni
hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining
oxirigacha davom etadi.
―Avesto‖da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam
olgan qarzini o‘z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o‘g‘irlikka kirgan odam bilan barobardir.
SHuningdek unda qarindoshlarning o‘zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog‘lom, benuqson tug‘ilishiga
e‘tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo‘lib, so‘qqa bosh bo‘lib yursa, uning ‗eshonasiga
tamg‘a bosish yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.
SHarq falsafasida qonun muammosiga ham ko‘p e‘tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlar
esa unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham SHarq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi .
Jumladan, ―Avesto‖ da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog‘liq masalalarni tartibga
soluvchi qoidalar o‘z ifodasini to‘gan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning
bir-biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo‘lgan kishilar tan jazosini olgan. ―Venidat‖
(Devlarga qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish
haqidagi qoidalar bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug‘orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir
belkurak kenglik va chuqurlikdagi ariqqa sig‘adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar
shug‘ullanishi, suvni ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy
mehnatga jalb qilish jazosi belgilangan
3
.
Konfutsiy va Lao Szi ta‟limoti. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o`ziga xos shaklda rivojlangan.
Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o`rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo`jalik shakli yuzaga
kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo`liga o`tgan. Bu hokimiyat
eramizdan avalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash hukmronlik qilgan. U olam va
tabiatning paydo bo`lishini o`ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o`z ta`sirini o`tkazgan.
Bunday ruhdagi falsafiy g`oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfutsiy (551-479) ijodida
yaqqol aks etgan. Uning «Hikmatlari», ya`ni aforizmlari juda mashhur. Konfutsiy ta`limotida umuminsoniy
qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o`ziga xos tarzda namoyon bo`lishi, bu xalqqa xos ma`naviy mezonlar
aks etgan. Bu ta`limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g`oyalar majmui, millatning mafkurasi
sifatida odamlarning ma`naviy ongi va qiyofasi shakllanishiga ta`sir ko`rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o`zining
muayyan ahamiyatini saqlab qolgan.
Konfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi - taqdirdir. Biz yashab turgan olam,
undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab
etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga ko`ra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini «Li» tushunchasi
belgilaydi, u, ya`ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatdagi barcha harakatlar unga
3
Qarang: Sulaymоnоva F. SHarq va G‘arb. -T.: O‘zbеkistоn, 1997. –B.25-26.
binoan amalga oshishi lozim.
Konfutsiyning qarashlari keyinchalik jahon falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik,
erkinlik g`oyalari takomilida muhim o`rin tutgan. Bu ta`limot Xitoyda ikki ming yil davomida davlat dini
darajasiga ko`tarilgan va xalq hayotida muhim ahamiyat kasb etgan.
Qadimgi Xitoyning ko`zga ko`ringan faylasuflaridan biri Lao-Tszidir (VI-V asrlar). Uning ta`limotiga
ko`ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo`ysunmog`i lozim. Daosizm ta`limoti ana shu tariqa
shakllangan. Dao qonuni - tabiatningyashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg`unligi
abadiyligining e`tirof etilishidr. Bu qonunga ko`ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Tsi», ya`ni beshta unsur -
olov, suv, havo, yer va yog`och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga
kelishini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |