3-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G'arb falsafasi
Reja:
1. Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi.
2. Ilk o'rta asr G'arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari.
3. Yangi davr G'arb falsafasidagi asosiy muammolar.
4. XX-XXI asr G'arb falsafasining oqimlari.
G‟arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («Polislar»)da avval Kichik
Osiyoning G‘arbiy qirg‘og‘ida (Ioniyada), so‘ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va
nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq
to‘ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan..
Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta‟limotlari. Qadimgi Yunonistonda
faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan donishmandlar, hayot
murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga
harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan.
Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yyer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi.
Geraklit fikriga ko‘ra, tabiat (olov) uzluksiz o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o‘zgarishlar
manbaini ko‘radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o‘zining qarama-
qarshiligiga o‘tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho‘l narsa quruq narsaga
aylanadi, quruq narsa ho‘l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham
o‘zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi
suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo‘lgan hodisalar va jarayonlarni ko‘radi: hayot va o‘lim,
uyg‘oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to‘yimli va
xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko‘rib turganimizdek, qadimgi yunon
faylasufi o‘zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o‘tishi narsalarning barcha
sifatlariga nisbiy tus berishini, ya‘ni muayyan holatlarga bog‘liq qilib qo‘yishini qayd etadi.
Frakiyalik Demokrit degan faylasuf Geraklit fikriga e'tiroz bildirgan, bizni qurshab turgan hamma narsa
ko`zga ko'rinmaydigan maydamayda zarralar — atomlardan tashkil topgan degan ma'nodagi fikrni bayon etgan edi.
Yunon faylasufi Diogen Insonda hech qanday ehtiyojlar bo`lmasligi shart degan fikrni o`z ta'limotiga asos
qilib oldi. Hayotdagi barcha qulayliklardan voz kechgan Diogen bir bochkada kun kechirgan. Makedoniyalik
Aleksandr undan: "Senga qanday yordam berishim mjimkin?" deb so`raganida, Diogen: "Nariroq tursang-chi,
quyoshni to`sib qo`yding!" deya kinoya qilgan ekan.
Qadimgi yunon olimi Aristotel to`plangan bilimlarni alohida tarmoqlarga ajratdi va ularni mustaqil fanlar
sifatida ta'riflab berdi. Aristotelni Sharqda «Arastu» deya aytish keyinchalik odatga aylangan.
Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning
"Evrika!" (Topdim, topdim!") qiyqirig`ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar to`la
ishonch bilan Arximed ko`zgular tizimidan foydalanib yorug`likni bitta yo`nalishga jamlagani va yunonlar ustiga
hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qilib berishadi. Arximed richag
qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo`lib ketgan bir iborani aytdi: "Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni
o`z o`qidan chiqarib yuboraman!"
Arximed boshi bilan ilm dengiziga sho`ng`igan olim timsoliga aylangan. Rimliklar uning jonajon shahri
Sirakuzni bosib olganlarida qumda chizmalar chizgancha matematikaga oid bir masalani yechishga urinib o`tirgan
ekan. Rimlik askar yetib kelganida: "Mening chizmalarimga qo'1 tekkizmagin!" deyishga ulgurdi, xolos: Arximedga
nayza sanchilgan edi.
Platon ham ijtimoiy muammolarni tahlil qilgan. U davlatning mohiyati va shakllarini shaxs, ayniqsa
podshoning shaxsi nuqtayi nazaridan o‘rgangan. Uning fikricha, podsho haqiqatparvarlik, oqillik, mardlik,
adolatparvarlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim; umuman olganda, odshoda inson barcha qobiliyatlarining
oqilona mushtarakligi mavjud bo‘lishi darkor. Platon insoniyat tarixida birinchi ideal davlat nazariyasini yaratadi. U
davlatning uch shaklini tan oladi: monarxiya, aristokratiya va demokratiya. Bu shakllarning har biri ikki ko‘rinishda:
qonuniy va noqonuniy yoki zo‘rlik ishlatishga asoslangan ko‘rinishlarda amal qiladi. Platon davlatning qonuniy
shaklini ma‘qul ko‘radi. Uning fikricha, davlatni faylasuflar hammadan yaxshiroq boshqara oladilar. Platon o‘zining
«Davlat» asarida bu haqda shunday deb yozadi: «Agar qashshoq va yo‘qsillar o‘z shaxsiy manfaatlarini qondirishni
ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat
bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga
mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida
raqiblar bellashadi...»
27
.
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga
kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga
tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli
yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda,
farovon va o‘ziga to‘q mavjudlik maqsadida vujudga keladi»
28
. Davlat hokimiyati masalasiga kelsak, Aristotel
uning «uch yaxshi» va «uch yomon» shaklini qayd etadi. Davlat hokimiyatining «yaxshi» shakli deganda u
jamiyatga xizmat qiluvchi hokimiyat shakllari: monarxiya, aristokratiya, «politiya», ya‘ni o‘rta sinf hokimiyatini
tushunadi. Davlat hokimiyatining «yomon» shakllari qatoriga Aristotel tiraniya, sof oligarxiya va ashaddiy
demokratiyani kiritadi.
Aristotel sababiy bog‘lanishlarning rang-barangligi muammosini ilgari surib, dialektikani yanada
rivojlantirgan. Uning to‘rt sabab: moddiy, formal, harakatlantiruvchi va yo‘naltiruvchi sabablar haqidagi ta‘limoti
ma‘lum. «Narsalar va hodisalar vujudga kelishiga sabab bo‘luvchi omil (materiya, substrat) – moddiy sabab»;
«narsaning mohiyatini belgilovchi omil – formal sabab»; «harakat asosi – harakatlantiruvchi sabab»; «biror narsani
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad – yo‘naltiruvchi sabab». Aristotel shakl va mazmun (materiya) dialektikasini
tahlil qilishning o‘z usulini taklif qildi. Narsa – bu shakl va materiyaning birligi. Narsalarning vujudga kelishi va
ularning takomillashuvi shaklga bog‘liqdir. SHakl o‘z mohiyatiga ko‘ra faol, materiya esa passivdir. SHakl –
narsaning tashqi ko‘rinishi, u dunyoning rang-barangligi va borlig‘ini belgilaydi.
G‘arb falsafasida – Pifagor va Pifagorchilar uyushmasi falsafasi, eley maktabi falsafasi, shuningdek Suqrot,
Platon falsafasi va sh.klarda o‘z ifodasini to‘adi. Jumladan, miloddan avvalgi IV asrda yashab ijod qilgan qadimgi
yunon faylasufi Platon ikki dunyo – ―g‘oyalar dunyosi‖ va ―narsalar dunyosi‖ mavjudligi haqida saboq beradi.
―G‘oyalar dunyosi‖ umumiy tushunchalardan iborat, ―narsalar dunyosi‖ esa ―g‘oyalar dunyosi‖ning in‘ikosidir:
―g‘oyalar dunyosi‖da ideal mohiyatlar mavjud, ―narsalar dunyosi‖ esa bu mohiyatlar mahsuli bo‘lgan ayrim
narsalardan iborat. Platonning g‘oyalar haqidagi ta‘limoti uning ―Bazm‖, ―Fedon‖, ―Fedr‖, ―Davlat‖ asarlarida o‘z
aksini topgan, mutafakkirning ―Teatet‖, ―Parmenid‖, ―Sofist‖, ―Kritiy‖ asarlari esa g‘oyalarning moddiy dunyoga
bo‘lgan munosabati muammosiga bag‘ishlangan. Platon fikriga ko‘ra, materiya - g‘oyaning sof ―aksi‖, uning
―aksilmohiyati‖. Materiyaning mohiyati esa - g‘oya. Haqiqiy borliq - bu ‗iramidani eslatadigan ideal borliq. Uning
zamirida ―bilish va harakat asosining mohiyati‖ sifatida amal qiluvchi go‘zallik g‘oyasi yotadi. Uning yonidan
yaxshilik g‘oyasi va oqillik (haqiqat) g‘oyasi o‘rin oladi. SHunday qilib, Platon ―g‘oyalar dunyosi‖ ―narsalar
dunyosi‖ni vujudga keltirishini nazarda tutuvchi ob‘ektiv idealizm falsafiy tizimini yaratgan. Platon g‘oyalar va
narsalarni bir-biridan ajratib bo‘lmasligini qayd etsa-da, lekin buyuk mutafakkir uchun ―g‘oyalar dunyosi‖
birlamchidir.
Aristotel ―Metafizika‖ asarida Platonning narsalarning vujudga kelish asosi sifatidagi g‘oyalar haqidagi
ta‘limotini rad etadi. U mohiyat-g‘oyalar hissiy idrok etiladigan narsadan tashqarida mavjud emas, degan tezisni
ilgari suradi. Platon fikrlariga e‘tiroz bildirar ekan, Aristotel umumiylik faqat ayrim narsada mavjud deb hisoblaydi:
―Ayrim narsa bo‘lmasa, umumiylik ham bo‘lmas edi‖. ―Metafizika‖da Aristotel falsafa borliq va uning atributlarini,
borliqning oliy tamoyillari yoki sabablarini o‘rganishini qayd etadi. Bular ―umumiy metafizika‖ muammolaridir.
Ammo ―xususiy metafizika‖ ham mavjud bo‘lib, u ―harakatsiz substantsiya yoki birinchi boqiy dvigatel‖ni
o‘rganadi
Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta‘limotining vujudga kelishi.
Xristianlik Ikki ming yil
muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va
rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala
boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi.
Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo'l
‗oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin
bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi,
yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso ‗ayg`ambarni mavjud diniy
haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni
tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik
beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam
ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir
g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini
ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini
baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Iuisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z
"Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari
27
Платон \\ Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –S. 782.
28
Аристотел \\ Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –S. 69
apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga ye‘isko‘lar peshvolik qiladilar. Milodiy birinchi asr xristianlik
(nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar
changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar.Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning
boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish
va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. Pater – ota) paydo bo‘lgan.
patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan
to‘ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan
mulohazalar»
29
dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh to‘ishining asosiy yo‘li uning xristian
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining
ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga
ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat
darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur:
«Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga
harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy holatlarini o‘rganadi. Avgustin shaxsning ichki
dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga
nisbatan zo‘rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik
ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, ayni
shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi.
Avgustin inson sub‘ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb
hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib
chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib
chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni»ni qanday kashf etadi,
degan savolga javob to‘ishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o‘zini Volter taklif qilgan bo‘lsa-da, Avliyo
Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‘lmagan: yunonlar dunyoni estetik
jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o‘tmish – hozirgi davr – kelajakning o‘zaro
aloqasini falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va
kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo‘lgan va uzoq vaqt mobaynida antik
falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o‘rganish
manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Plotonning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar
e‘tiborini o‘ziga tortgan.
Ilk o‟rta asr G‟arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o‘rta asrlar G‘arb va
SHarq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal
tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan
xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish
huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-Psixologik va
mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta‘minlovchi
integratsion asos din bo‘lgan.
Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din G‘arbda ham, SHarqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi
hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. SHuningdek, u siyosiy jihatdan ham o‘ta markazlashgan
tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o‘qimishli odamlar bo‘lgan. YUris‘rudentsiya, tabiatshunoslik va
falsafaning mazmuni cherkov ta‘limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki
e‘tiqod, fan emas, balki din afzal ko‘rilgan. Teotsentrizm, ya‘ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi
sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o‘rta asrlarda Xitoyda
dao haqidagi ta‘limot din ehtiyojlariga to‘la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun
sifatida namoyon bo‘lgan.
Buddizm falsafasi asosiy e‘tiborni borliqning o‘tkinchiligi va yo‘qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va
abadiy ma‘naviy dunyoni anglab etish yo‘lida o‘zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o‘z shakl-shamoyilini
o‘zgartirishi muammolarini o‘rganishga qaratgan.
Konfutsiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g‘oyalarini
o‘zlashtirgan: odamlar o‘zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo‘ysunishlari lozim. Hokimiyatga
bo‘ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta‘limot konfutsiychilikda eng
muhim ta‘limotga aylangan.
29
Августин \\ Всемирная энсиклопедия. –М.: Современний литератор, 2001. –S. 11.
G‘arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o‘zining odamlar aqli va qalbini
nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko‘p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo‘ygan. Bu nazoratni avvalo
Rim papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning
«majusiycha» falsafasiga, ayniqsa materialistik ta‘limotlarga yot ko‘z bilan qaragan. SHu sababli antik davrning
falsafiy merosini o‘zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo‘lib o‘zlashtirilgan,
asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g‘oyalarni tarqatishga yo‘l qo‘yilgan.
Ilk o‟rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika.
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning
tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi
neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya‘ni xristianlikni asoslash va himoya
qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo‘lgan.
patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta‘limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq
bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj
olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni
qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-
munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma‘noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va
umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy
tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan
universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo‘ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy
realizm zamirida Platonning «g‘oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta‘limoti yotadi.
Nominalizm va realizm. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir»,
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman
uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar.
Mo‘tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o‘xshash jihatlarning in‘ikosi sifatida umumiylik
mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo‘luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya‘ni amalda umumiy va
yakkaning aloqasi to‘g‘risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo‘lsa, nominalizm bu muammoni
materialistik yo‘l bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan.
SHunday qilib, realistlar va nominalistlar o‘rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va
yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy ta‟limoti.
Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani
tizimga solgan mutafakkir sifatida e‘tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‘indisi», «Falsafa
yig‘indisi», «Majusiylarga qarshi yig‘indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy
Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog‘ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham
amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya‘ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy
imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga
kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi
ta‘limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning
shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo
uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‗assivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga
qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham
foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng
olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-
zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo‘lgan muhabbatdan keyingi
o‘ringa qo‘yadi, ya‘ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun
bo‘lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o‘zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida,
davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u
axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko‘tarish
huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat
va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi.
Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‘lg‘usi ma‘naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy
hokimiyatga bo‘ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma
Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‘radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog‘iga aylandi, XVI asrdan
e‘tiboran iezuitlar tomonidan targ‘ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini
sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta‘limoti hozirgi vaqt falsafiy
tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.
Dostları ilə paylaş: |