Ilk o‟rta asrda tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta‟limotlari. Ularning dunqarash mazmuni. Tasavvuf
o`rta asrlar musulmon Sharqida keng tarqaladi. Bu ta'limot dastlab VIII asr o`rtalarida Iroqda yuzaga kelgan.
Tasavvuf ta'limoti asosida inson faoliyati va uning kamoloti yotadi. Turkiston va Movarounnahrning turli
o`lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo`ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda
Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya va boshqalar vujudga keladi. Movarounnahrda keng yoyilgan
tasavvuf Yassaviya tariqati bo`lib, unga Ahmad Yassaviy asos soladi. Tariqatning asoslari Yassaviyning mashhur
"Hikmat" asarida bayon etiladi. Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz
haqiqat bo`la olmaydi. Ularning har biri ikkinchisini to`ldiradi va takomillashtiradi. Yassaviy tariqatining asosida
kamolotga uzlat va tarkidunyochilik orqali yetishish g`oyasi olg`a suriladi. Unga faqat bu dunyo rohati va
farog`atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib
boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog`i hamda tarkidunyochilik
targ`ib etilsa-da, inson zoti sharif darajasida ulug`lanadi. Insonning har qanday mol-dunyodan va davlatdan ustun
turishi ta'kidlanadi.
Tasavvuf ta'limotining buyuk siymolaridan yana biri Najmiddin Kubro (1145-1221) edi. U Xorazmda
"Kubroviya" tariqatiga asos soladi. Yassaviy tariqatidan farqli o`laroq, Kubroviya tariqati tarkidunyochilikni rad
etadi. Kamolot yo`lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne'matlaridan bahramand
bo`lishning joizligi g`oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida xalqqa va Vatanga bo`lgan muhabbat nihoyatda
kuchli bo`lib, har qanday og`ir damlarda ham omma bilan birga bo`lish, Vatanni mudofaa qilish va uning
mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi.
Tasavvuf XIV asrda naqshbandiya tariqatida yanada rivoj to‘adi. _ Unga Bahouddin Naqshband asos
soladi. U 1318-yilda Buxoro yaqinida Qasri Hinduvon qishlog`ida matolarga naqsh bosuvchi hunarmand oilasida
dunyoga keladi. Yoshligida o`qish va ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni ‗uxta o`rganib, ota
kasbi naqqoshlikni egallagan.
Xoja Bahouddin "Hayotnoma" va "Dalil al-oshiqin" nomli asarlar , yozib, o`z tariqatini yaratadi.
Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol
va pok bo`lishga, o`z mehnati bilan kun kechirishga, muhtojlarga xayr-ehson berishga, sofdil va kamtar bo`lishga
chaqiradi. Uning "Dil ba yoru dast ba kor" ("ko`ngil Allohda bo`lsin-u, qo'1 ish bilan band bo`lsin") degan hikmati
Naqshbandiya tariqatining hayotiy mohiyatini ifodalaydi. U tarkidunyochilikni rad etib, mehnatsevarlik, odillik va
bilimdonlikni targ`ib etadi. Naqshbandiya ta'limoti taraqqiyotiga keyingi asrlarda Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Xo`ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo`shadilar.
Mustaqillik sharofati bilan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro singari
bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy
21
Qarang: Ибн Сино. Избранние философские произведения. – М.: Наука, 1980. – Б.30.
22
Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – Б.31.
23
Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 266-b
24
Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 267-b.
meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo`lmoqdalar.
Mafkura — ma'lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.
Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka
chorlovchi, har kimni o`zining halol mehnati bilan yashashga, boshqalarnlng kuchidan foydalanmaslikka davat
etuvchi ta'limot.
Tariqat — tasavvuf qoidalarlga amal qllib yashash, ya'ni, komil inson darajasiga erishishni ko`rsatuvchi
to'g'ri yo'l.
Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy
ijodida gumanizm g‟oyalari. Amir Temur ibn Tarag`ay Bahodir (1336-1405) Kesh (Shahrisabz) shahri
yaqinidagi Xo`ja ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari shundan iboratki, u
mug`ullarning
bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi kurashib,O‘rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va
mulkdorlarning o`zaro nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat bar‘o qildi. Mamlakatda tartib-intizom
va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida «Kuch - adolatda» tamoyili amalga
oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustahkam aloqalar o`rnatildi.
Amir Temur mohir sarkarda sifatida nom qozondi. U o`z hayotini Movarounnahr xalqining
farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go`zal bog`lar
buned qilindi, maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go`zal hududiga aylandi.
Temurning yana bir ulkan hizmati shuki, u madaniyat va ilm-fan homiysi sifatida mashhur bo`ldi, o`z
saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to`pladi. Xoja Afzal, Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono
Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-fan va badiy ijod bilan mashg`ul bo`ldilar. Bobur Mirzoning xabar
berishicha, o`sha davrda Samarqand eng go`zal shahar edi. Ispan sayyohi R.G.Klavixo Samarqandning
go`zalligiga qoyilqolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston,
Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi.
Temur va temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e`tibor berildi.
Usha zamonning eng mashxur tarixchilari Mirxond (1433-1498) va Xondamir (1475-1535) edilar.
Mirxond Hirotda tavvalud topib, shu yerda ijod qilgan. Uning asosiy tarixiy asari 7 jildan iborat bo`lib, «Nabiralar,
podshohlar va xalifalar tarjimai hollari haqida poklik bog`lari» deb ataladi. U olti jildini yozib vafot etadi,
yettinchisini nabirasi Xondamir yozib tugatadi.
Xondamir ham Hirotda tug`ilib, eshligidan tarixnavislikka havas qo`yadi. U Agrada vafot etadi. Uning
muhim risolalari «Makorim ul-axloq», «Habib us-siyar», «Vazirlar uchun qo`llanma» va boshqalardir. Mantiq
ilmining yirik vakillaridan biri Sa`diddin Taftazoniydir (1322-1392) u Niso viloyatiga qarashli Taftazon
qishlog`ida dunyoga keladi. yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san`ati va mantiq bilan shug`ullanadi.
Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, G‘ijduvon madrasalarida talabalarga dars
berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan
alloma Samarqandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi.
Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Tahzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq
va kalomga sayqal berish») «Muxtasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «Qisqacha ma`nolar»), «Al-irshod al-
hodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo`l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid attolibin» («Falsafa va
kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o`tmish olimlarining juda ko`p asarlariga
sharhlar ham bitgan.
O‘sha davrning yana bir atoqli allomasi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy Astrobod shahri yaqinida
tug`ilgan. Jurjoniy Istambul, Qohira, Hirot, Sheroz shaharlarida bo`lib, ulardagi olimlardan ilm sirlarini
o`rganadi. Samarqand madrasalarida mantiq, falsafa, falakiyot, fiqh va adabiyot, munozara ilmi va
boshqalardan dars beradi.
Jurjoniy 50dan ortiq risolalarning muallifi bo`lib, ularning aksariyati mantiq, fiqh falsafa va
tabiatshunoslikning muhim muammolariga bag`ishlangan. Olimning «Atta`rifot» («Ta`riflar»), «Odob ul-munozara»
(«Munozara olib borishining qoidalari haqida risola»), «Sug`ro» («Kichik dalil bo`la oladigan hukm»),
«Kubro» (Katta dalil bo`la oladigan hukm), «Avsat dar mantiq», («Mantiqda o`rta xulosa»), «Risolayi vujudiya»
(«Borliq haqida risola») va boshqa asarlari mavjud. Bulardan tashqari, Jurjoniy salaflarining, xususan, Ibn Sino,
Chag`miniy va Nasriddin Tusiylarning asarlariga sharhlar yozganligi ma`lum.
Mir Sayyid Sharif Jurjoniy mantiq ilmi sohasida ham o`z fikrlarini bayon qilgan. O‘zining qarashlarida
mantiq ilmini falsafadan ajratmay, ayni bir vaqtda uning huquq va til bilan ham chambarchas bog`liq
ekanligini isbotlab beradi. Shuning uchun ham, XIV-XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiq ilmini o`qitish
huquq va tilshunoslik fanlari bilan bog`liq holda olib borildi.
Jahon ilm-fani taraqqiyotiga katta ulush qo`shgan buyuk falakiyotchi olim va davlat arbobi
Muhammad Tarag`ay Ulug`bek(1394-1449) matematika va falakiyot sohasida barkamol ijod qilgan. Uning otasi
Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzo edi. Ulug`bek yoshligidan ilm bilan qiziqdi, unga taniqli olimlar Qozizoda
Rumiy va G`iyosiddin Jamshid ustozlik qildilar. U garchi davlat arbobi bo`lsa ham, madaniyat va ilm-fan
ravnaqiga ko`p kuchini sarfladi, matematika, astronomiya, geometriya, tarix, kimyo va boshqa sohalarda ilmiy
tadqiqotlar olib bordi. Olimning dunyoqarashida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, al-Farg`oniy,
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalarning asarlari muhim o`rin egalladi.
Ulug`bekning ulkan ishlaridan biri uning Samarqandda, Ko`hak tepaligida, Obi Rahmat arig`ining
bo`yida, rasadxona barpo etganligidir. Olimning eng muhim asari «Ziji jadidi Ko`ragoniy» deb ataladi. Undan
tashqari,
Ulug`bek matematikaga oid «Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», astronomiyaga bag`ishlangan
«Risolayi Ulug`bek» va tarixga oid «To‘rt ulus tarixi» kitoblarini ezdi. Ulug`bek mantiq ilmi, fiqhshunoslik,
musiqa va adabiyot nazariyasini yaxshi bilar edi. Olimning «Ziji» ikki qism, muqaddima va 1018 yulduzning o`rni
va holati aniqlab berilgan jadvallardan iborat.
Ana shunday olimlardan biri G`iyosiddin Jamshid al-Koshoniy (1430 yilda vafot etgan) bo`lib, u yirik
riyoziyotchi va falakiyotchidir. Uning asarlari «Miftoq ul-hisob» («Hisob kalidi»), «Risola al-muhitiya» («Doira
haqida risola») va boshqalardir. XVI asrdan boshlab evropa mamlakatlarida uning kashfiyotidan foydalana
boshladilar.
Tarihda Ali Qushchi nomi bilan mashhur bo`lgan Alouiddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474)
Ulug`bekning shogirdidir. U ilmiy ishlarini falakiet va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika
ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir.
Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tug`ilishi qonuniyatlarini ilmiy asoslab
berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatlarini o`rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan
murakkabga o`tishi to`g`risida o`z fikriniilgari surdi.
Umuman shuni ta`kimlash lozimki, Ulug`bek va u asossolgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni
o`rganishda muhim rol o`ynaydi, o`sha vaqtgacha fanga ma`lum bo`lmagan hodisalarni idroq qilib, inson
aql-zakovatining bilish imkoniyatlarini kengaytirdi, keyingi davrlarda yashagan olimlarga samarali ta`sir
ko`rsatdi.
O‘rta asr mumtoz adabiyotining vakili, ulug` shoir va mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) dir.
Jomiyni Navoiy ustoz deb hisoblar edi. Uning qalamiga mansub asarlar «Nafaqot ul-uns», «Hujjat ul-asror»,
«Musiqa haqida risola», «Naqshi fusus», «Vohid atamasi haqida risola», «Haj qilish yo`llari haqida risola»,
«Bahoriston» va boshqalardir.
Jomiyning eng yirik asari «Haft avrang» bo`lib, unga «Tuhfat ul-ahror», «Suhbat ul-abror», «Yusuf va
Zulayho», «Suhbat ul-asror», «Layli va Majnun», «Salamon va Absol», «Xiradnomayi Iskandariy» dostonlari
kiradi.
Barcha musulmon mutafakkirlari kabi Jomiy ham xudo abadiy, mutlaq va dunyodagi hamma
narsalarning sababchisidir, xudo mavjud bo`lganda, borliq yo`q edi, dunyo o`zining boshlang`ichini Ollohdan
olgan, demak, xudo hamma narsaning yaratuvchisidir, deb hisoblaydi.
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan siymolardan biri, ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taaduqli bo`lib, otasi G`iyosiddin kichkina
Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda
Husain Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, dastlab muhrdor, so‘ng vazir etib tayinlandi. Shoir
mamlakat obodonchiligi ravnaqi va osoyishtaligi yo`lida ko`p ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonaqolar,
ko`prik, rabotlar, shifoxonalar qurdirdi, muhtoj va kambag`allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik
qildi.
Naviy ijodi boy bo`lib, asarlari turli mavzularga bag`ishlangan. «Xamsa» ya`ni «Hayrat-ul abror», «Farhod
va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut-tair»,
«Majolis-un nafois», «Mahbub-ul qulub», «Holati pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-
lug`atayn» va boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Hazoyyinul
maoniy» («Ma`nolara xazinasi») nomli she`riy to`plam yaratgan bo`lib, g`azal, ruboiy, qit`a va
fardlardan tashkil topgan.
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy
tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar o‘rdamida, zohiriy va botiniy ma`nolarda bayon qilinadi.
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g`oyasi muhim o`rinni egallaydi - shoirning
«Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy
qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular
mehnatsevar, o`z kasbini ustasi, doimo o`zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon,
saxovatli, to`g`ri so`z, sofdil, kamtar, o`zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni
mujassamlashtirgan shaxslardir.
Navoiy xalq orasida inson‘arvarlik g`oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o`rtasidagi do`stlikni
ulug`ladi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. Xalqni
farovonlikka, baxt-saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo`lgan davlat tuzumini orzu qildi.
U ilm-fan egallashni afzal bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo`yishni, tamagirlikni qoraladi. Navoiyning
yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do`stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go`zal fazilatlar, ma`naviy-axloqiy
qadriyatlar to`g`risidagi qimmatli fikrlari, nasihatomuz so`zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng
ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Temur avlodidan bo`lgan Zahriddin Muxammad Bobur(1483-1530) o`sha davrning eng ma`rifatli
podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug`ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind dieri gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko`tarildi.
Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javaharlal Neru Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi
temuriyzodalarga juda katta baho berganlar.
SHarq istilosi bilan bog‘liq uyg‘onish harakatlari: osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm,
ma‘rifatparvarlik va jadidchilik ta‘limotlari
.
CHunki aynan ХХ asr bоshlarida shakllangan jadidchilar harakati
―jamiyatni ma‘rifat оrqali yangilash‖ g‘оyasini ilgari surganlar, Bеhbudiy, A.Avlоniy, A.Fitrat kabilar bir guruh
yoshlarni chеt elga o‘qishga yubоrib, yangi avlоd ziyolilarini tarbiyalashga o‘zlarining munоsib hissasini
qo‘shganlar.
SHu bоis, 1917 yilda bоlshеviklar partiyasi g‘alaba qоzоnib, dunyo хaritasini katta Sоvеt ittifоqi degan
mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmrоnlik qilsada, O‘zbеkistоnda falsafiy fikr rivоji to‘хtab
qоlgan emas.
Falsafaning fidоyilari yangi qarоr tоpgan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sinоvlardan o‘tishlari
lоzim bo‘ldi. Ayrim ziyolilar chеt elga qоchib kеtdilar, ko‘pchilikda esa marksizm g‘оyasining haqiqiy
insоnparvarligiga qat‘iy ishоnch shakllandi va shu bоis shu yo‘nalishda faоliyat оlib bоrdilar. Birоq muayyan
darajada sоvеt mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbеk falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzо Ulug‘bеk nоmidagi
O‘zbеkistоn Milliy univеrsitеti falsafa fakultеti, O‘zbеkistоn Fanlar Akadеmiyasining falsafa va huquq instituti,
vilоyatlar оliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbеkistоn falsafa jamiyati va O‘zbеkistоn faylasuflari milliy
jamiyati faоliyatida namоyon bo‘ldi va оlimlar o‘z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifоda eta оldilar.
Darhaqiqat, I.A.Karimоv aytganlaridеk, ―Оdam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaхshi bilsa, yon atrоfda
bo‘layotgan vоqеalarni to‘g‘ri anglay оlsa, shundan kеyingina unda g‘urur-iftiхоr bo‘ladi. SHundagina, juda
murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga murоjaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi –
avvalоmbоr, salоhiyatli оdamdan, katta falsafiy bilim va intеllеktual bilimga ega bo‘lgan kishidan.‖
25
. SHunday
ekan, O‘zbеkistоndagi ijtimоiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mоhiyatini tushuntirishda yurtimiz
faylasuf-оlimlarining хizmati ham katta.
XX-XXI asr o‟zbek falsafasi. XX asr o‟zbek falsafasi. XX asr o‘zbek falsafasi kam o‘rganilgan ziddiyatli
davrni qamrab oladi. CHunki hozirgi davr tanqidchilarida sovet davrida falsafa bo‘lmagan, u davrda intellektual
hayot o‘lgan va uzoq muddatga qotib qolgan, faqat ayrim hollarda ba‘zi mardlargina o‘zlarining g‘oya va
qarashlarini ayta olganlar degan fikr shakllangan. Biroq bu noto‘g‘ri fikr. CHunki aynan XX asr boshlarida
shakllangan jadidchilar harakati ―jamiyatni ma‘rifat orqali yangilash‖ g‘oyasini ilgari surganlar, Behbudiy,
A.Avloniy, A.Fitrat kabilar bir guruh yoshlarni chet elga o‘qishga yuborib, yangi avlod ziyolilarini tarbiyalashga
o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar.
SHu bois, 1917 yilda bolsheviklar partiyasi g‘alaba qozonib, dunyo xaritasini katta Sovet ittifoqi degan
mamlakat egallab, unda partiyaviylik mafkurasi hukmronlik qilsada, O‘zbekistonda falsafiy fikr rivoji to‘xtab
qolgan emas.
Falsafaning fidoyilari yangi qaror to‘gan siyosiy tizimda yashab, ishlab va juda ko‘p sinovlardan o‘tishlari
lozim bo‘ldi. Ayrim ziyolilar chet elga qochib ketdilar, ko‘pchilikda esa marksizm g‘oyasining haqiqiy
inson‘arvarligiga qat‘iy ishonch shakllandi va shu bois shu yo‘nalishda faoliyat olib bordilar. Biroq muayyan
darajada sovet mafkurasi ta‘siri bo‘lsada, o‘tgan asrda o‘zbek falsafasi to‘rt yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining falsafa va huquq instituti,
viloyatlar oliy o‘quv yurtlari falsafa bo‘limlari, O‘zbekiston falsafa jamiyati va O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati faoliyatida namoyon bo‘ldi va olimlar o‘z falsafiy qarashlarida davrning ruhini ifoda eta oldilar.
Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, ―Odam qancha chuqur bilimga ega bo‘lsa, dunyoni yaxshi bilsa, yon atrofda
bo‘layotgan voqealarni to‘g‘ri anglay olsa, shundan keyingina unda g‘urur-iftixor bo‘ladi. SHundagina, juda
murakkab, tahlikali davlarda ham ko‘pchilik unga murojaat qilib, maslahatlashadi. Maslahat kimdan so‘raladi –
avvalombor, salohiyatli odamdan, katta falsafiy bilim va intellektual bilimga ega bo‘lgan kishidan.‖
26
. SHunday
ekan, O‘zbekistondagi ijtimoiy siyosiy jarayonlarni tushunishda va ularning mohiyatini tushuntirishda yurtimiz
faylasuf-olimlarining xizmati ham katta.
Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy universiteti falsafa fakulteti. 1922 yilda O‘rta Osiyo davlat
universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib
borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi.
1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. 1944 yilda Dialektika va
tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan ―Falsafa‖ kafedrasi negizida
1962 yilda ―Ilmiy kommunizm‖, 1967 yilda ―Tabiiy va gumanitar fakultetlar falsafa‖ kafedralari tashkil qilingan.
Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan.
1960 yillarda ―Falsafa‖ kafedrasida 45 ta professor-o‘qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa
mutaxassisligi bo‘yicha universitetning o‘zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydobo‘lgan. ‗rofessor
A.Ayupov, H.Umarov sa‘y harakatlari bilan oliy ta‘lim vazirligida bu masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning
tarix fakultetida 1963-1964 o‘quv yilidan boshlab falsafa bo‘limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib
tayinlangan. O‘quv rejasi asosida Respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo‘yicha mutaxassis kadrlar
tayyorlash jarayoni boshlangan.
SHu yillarda ilmiy ishlar rivoj to‘ib yuqori malakali kadrlar etishib chiqa boshlagan. 1962-1967 yillarda 18 ta
falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar fakultetlar ―Falsafa‖ kafedrasini
25
Karimоv I.A. Insоn, uning huquq va erkinliklari оliy qadriyat. 14-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 2006. –B.108-109.
26
Karimоv I.A. Insоn, uning huquq va erkinliklari оliy qadriyat. 14-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 2006. –B.108-109.
boshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar G‘.SHoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadikov,
K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo‘limi, keyin falsafa fakultetining milliy
kadrlarni tayyorlash faoliyatida katta rol o‘ynadilar. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat
o‘quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning ―Ilmiy bilishda
sababiylik tamoyili‖ nomli monografiyasi, professor L.E.Garber, A.T.Ayu‘ov, U.Xaydarov, B.To‘ychiev,
V.G.CHernaxlarning ―Ilmiy bilish mantig‘i va metodlari‖(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.YU.YUsupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar
1980-2005 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni
tayyorlashga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. SHu yillar davomida J.Babayevning ―Falsafa asoslari‖
o‘quv qo‘llanmasi, E.YUsupovning tahririda ―Falsafa‖ (1985) darsligi, I Raximovning ―Mantiq fanidan seminar
mashg‘ulotlari‖ (1984) o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.
Falsafa bo‘limida o‘qitiladigan fanlarning differentsiallashuvi natijasida ―Mantiq‖, ―Falsafa tarixi‖ va
―Dinshunoslik‖ kafedralari tashkil qilingan. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv
jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar.
Mustahkam poydevor yaratilgach, 1979 yilda tarix fakulteti tarkibidan ―Falsafa, iqtisod va psixologiya‖
bo‘limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi ―Falsafa-iqtisod‖ fakulteti tashkil qilingan va falsafa
fanlari nomzodi, ‗rofessor G.SH.SHoyusu‘ova (1979-1985) dekan lavozimiga tayinlandi.
Bu esa falsafa fanining yanada chuqur va keng o‘rganilishi yo‘lidagi dadil qadam bo‘ldi. yangi kafedralar
tashkil qilinib, falsafani o‘qitishga differentsial yondoshuv shakllandi. SHu yillarda fakultetda professorlar: -
M.Xayrullaev, M.Baratov, L.E. Garber, V.N. Moroz, M. Nurmatov f.f.n dotsent M.Q. Aripov, f.f.n. dotsent
M.Daliev, dotsent E.N. Abramyan, Z.Mo‘minova, dotsent T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov,
SH.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L. Turchaninov, fakultetning bitiruvchi yoshlari M. SHaripov, B.To‘ychiev,
E.Mo‘minov, A.O‘tamurodov, I.Ergashev, o‘rindoshlik asosida professorlar M.N. Abdullaeva, H.Aliqulov va
boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar.
1990 yilda universitet yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot yo‘llari, vazifalari, huquqlari,
xalq hayotidagi mavqei yangi dunyoqarash nuqtayi nazaridan belgilab olindi. SHu bois 1991 yilda fakultet
tarkibidan ―Iqtisod‖ bo‘limi ajraldi hamda Falsafa, sotsiologiya va psixologiya‖ bo‘limlari va 9 kafedradan iborat
―Falsafa‖ fakulteti yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirish, yangi
dunyoqarashni shakllantirish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.
1989-2007 yillarda ―Falsafa tarixi va mantiq‖ kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan professor
S.A.Yo‘ldoshev kafedra a‘zolari bilan hamkorlikda SHarq va G‘arb xalqlari tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi
va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o‘rganish bilan bir qatorda, mantiq fanining keng qamrovli o‘rganilishiga ham
alohida e‘tibor qaratib kelgan. Magistraturada ushbu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik ochishga boshchilik qilgan.
Pokiston va Eron falsafasini O‘zbekistonda chuqur o‘rganilishiga munosib hissa qo‘shgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga ko‘ra, Toshkent
Davlat universitetiga ―Milliy‖ maqomi berilishi, fakultet professor o‘qituvchilariga mas‘uliyat yuklashi bilan bir
qatorda yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, yangilangan tafakkur nuqtayi nazaridan yoritish bo‘yicha
faol ish olib bordilar.
2002 yilda yangi ―Falsafa va fan metodologiyasi‖ kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi ijtimoiy
muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o‘rganilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. ―Falsafaning
metodologik muammolari‖ ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu maktab tadqiqotchilari tomonidan
―gerontologiya‖ - qariyalik muammosi, ―tanatalogiya‖ - o‘lim va barhayotlik muammosi, ―fenomenologiya‖
insonning individual ijtimoiy ongiga ta‘sir qiluvchi omillar muammosi, ‖germenevtika‖ - tushunish va tushuntirish
muammosi, ―epistemologiya‖, ―fan falsafasi‖, ―Ijtimoiy vaqt‖, ―Sinergetika‖, ―Dialog tushunish vositasi‖ kabi
muammolarning falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi yangi avlod faylasuflarining yuqori
intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo‘naltiruvchi munosib ustozlar borligidan dalolat
beradi.
O‘tgan yillar davomida fakultet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy
fanlar bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida
―Kurs lektsiy po filosofii‖ (2001), ―Ilmiy ijod metodologiyasi‖ (2004), ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2007
I.Rahimov A.O‘tamurodov hamkorligida ―Fanlarning falsafiy masalalari‖ (2005), D.Fayzixo‘jaeva va M.SHarpovlar
hammuallifligida ―Mantiq‖ (2004) o‘quv qo‘llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa (2005 lotin tilida),
―Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar‖ (2004), ―O‘zbekistonda yangi jamiyat qurilishining
g‘oyaviy-mafkuraviy masalalari‖ (2005), ―Erkin va farovon hayot qurilishining g‘oyaviy mafkuraviy masalalari‖
(2007) o‘quv qo‘llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida ―Falsafa qomusiy lug‘at‖ (2004), ―G‘arb falsafasi‖ (2004),
―Jahon falsafasi tarixidan lavhalar‖ (2005), ―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillar‖ o‘quv qo‘llanmasi (2001),
―Milliy g‘oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug‘ati‖ (2005), ―Milliy g‘oya va rahbar mas‘uliyati‖ (2008) kitoblari,
yakka muallifligida ―Bilish falsafasi‖ (2005), ―Qadriyatlar falsafasi‖ (2004) o‘quv qo‘llanmalari,
N.A.SHermuxamedova muallifligida ―Filosofiya i metodologiya nauki‖ (2003) o‘quv qo‘llanmasi, ―Falsafa va fan
metodologiyasi‖ (2005), ―Gnoseologiya‖ (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2009) darsliklari,
A.Ochildievning ―Milliy g‘oya va millatlararo munosabatlar‖ (2004), Ye.Emirovaning ―Metodika prepodavaniya
filosofii‖ (2004), shuningdek A.Streltsova bilan hamkorlikdagi ―Vvedenie v spetsialnost» (2009) o‘quv qo‘llanmasi
kabi qator yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakultetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
O‘zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo‘limining 45 yillik, falsafa fakultetining deyarli 30 yillik faoliyati o‘z
o‘rniga ega. Zero, bugungi kunda yangilangan tafakkur egalari o‘zbek falsafasining nomini dunyoga tanitmoqdalar.
Azaliy falsafiy muammolarga yangicha yondoshmoqdalar. ―Ustoz va shogird‖ maktabining yangi avlodi
shakllanmoqda, yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda. Fakultetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilaridan shu
yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari etishib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |