Falsafa va fanning o‟zaro mutanosibligi va farqi. Falsafa nafaqat fan, balki ijtimoiy hayotning boshqa,
chunonchi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, ilmiy jabhalari, san‘at va shu kabilar bilan ham uzviy bog‘liq. Biz
falsafa va fan munosabatlarining genezisi haqida ularning birligi va farqlarini aniqlash maqsadida so‘z yuritamiz.
Mazkur masalani mufassalroq o‘rganishga kirishar ekanmiz, avvalo ko‘rsatilgan tushunchalarning asosiy ma‘nolari
va mazmunlarini aniqlab olamiz.
Fanning mohiyatini tushunishga nisbatan ikki asosiy yondashuv, uning keng va tor talqinlari shakllangan.
Keng (yig‘ma) ma‘nodagi fan – bu butun inson faoliyati jabhasi bo‘lib, uning vazifasi borliq haqidagi
ob‘ektiv bilimlarni o‘rganish va ilmiy nazariy tizimga solishdan iboratdir. Bu yerda ―fan‖, ―olim‖ tushunchalari
muayyanlashtirilmaydi va umumiy, yig‘ma tushunchalar sifatida talqin qilinadi. ―Fan‖ tushunchasi falsafaga
tatbiqan ko‘pincha ayni shu kontekstda qo‘llaniladi, faylasuflar esa olimlar deb ataladiki, bu qisman o‘rinlidir.
Muayyan ilmiy fanlar, masalan, fizika, kimyo, biologiya, tarix, matematikani ifodalash uchun «fan»
tushunchasiga torroq, binobarin, izchilroq ma‘no yuklanadi. Bu yerda fanga aniq ta‘rif berilgan, olim esa tor
mutaxassis, muayyan bilim ifodachisi hisoblanadi. U shunchaki olim emas, balki doim va albatta yo fizik, yo ximik,
yo tarixchi, yo boshqa fan vakilidir. Ayni holda fan muqarrar tarzda tabiat, jamiyat, tafakkurning u yoki bu ob‘ekti
(hodisasi) haqidagi ilmiy bilimlarning qat‘iy tartibga solingan, izchil tizimidan tashkil topadi.
Bunday fanlarning har biri faqat ularning o‘zigagina xos bo‘lgan maxsus qonunlar va metodlarga, mazkur fan
uchun yagona bo‘lgan til, kategoriyalar a‘‘arati va hokazolarga ega bo‘ladiki, bu yuz bergan jarayonlarni to‘g‘ri
tavsiflash va tushuntirish, hozirgi davrni to‘g‘ri tushunish va bilimlarning tegishli sohasida albatta yuz beradigan
yoki muayyan sharoitda yuz berishi mumkin bo‘lgan voqealar yoki jarayonlarni ma‘lum darajada aniq bashorat
qilish imkonini beradi. U yoki bu fanning mazmuni ham, u erishgan natijalar ham barcha madaniyatlar va xalqlar
uchun yagona bo‘lib, ayrim olimning yondashuvi, nuqtayi nazari yoki dunyoqarashiga mutlaqo bog‘liq emas. Ular
mazkur sohada olg‘a siljish uchun o‘zlashtirish lozim bo‘lgan, vaqt va amaliyot sinovidan o‘tgan bilimlar yig‘indisi
sifatida avloddan-avlodga o‘tadi.
Falsafada esa qadimda donishmandlik muxlislarining son-sanoqsiz savollariga tajriba yo‘li bilan olingan
ba‘zi bir oqilona javoblar mavjud bo‘lgan. Bu javoblarni haqqoniy, ya‘ni amaliyot sinovidan o‘tgan, kundalik
hayotda o‘z tasdig‘ini to‘gan, aniq bilim deb nomlash mumkin. Bunday javoblar masala «yo‘ilishi», kun tartibidan
chiqarilishiga sabab bo‘lgan, boshqacha aytganda, aniq ta‘riflangan va boshqa javoblarni istisno etgan.
Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, har qanday uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180
gradusga tengligi yoki suyuqlikka solingan jismga siqib chiqarilgan suyuqlik og‘irligiga teng kuch ta‘sir ko‘rsatishi
aniqlangani zahoti bu masalalar o‘zining «ochiq» xususiyatini yo‘qotgan, ya‘ni ular o‘zining boshqa variantlarni
istisno etadigan aniq yechimini topgan. Bu mazkur masalalar atrofida har qanday qo‘shimcha mushohada yuritish
foydasizligi tufayli o‘zining har qanday ahamiyatini yo‘qotganligini anglatgan. Yechilgan masalalar va muammolar
esa aniq, ishonchli bilim darajasiga o‘tgan va shu davrdan e‘tiboran o‘zining falsafiy tusini yo‘qotgan. XX asrda
taniqli nemis faylasufi K.Yaspers bu muhim qoidani ta‘riflar ekan, shak-shubhasiz asoslardan birini har kim e‘tirof
etgudek bo‘lsa, u shu tariqa ilmiy bilishga aylanadi va bundan buyon falsafa hisoblanmaydi, balki bilimning
muayyan sohalariga tegishli bo‘ladi, deb qayd etdi.
Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:
-avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;
-o‘rganilayotgan ob‘ektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo‘ljal oladi;
-kategoriyalar apparatini (o‘z tilini) yaratadi, o‘zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot
keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.
Falsafa va fan o‘rtasidagi farq shunda namoyon bo‘ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog‘lanadi, bunda uning g‘oyalari, asarlari o‘ziga to‘q bo‘lishi va
ularga boshqa faylasuflar qo‘shilishi yoki qo‘shilmasligiga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e‘tibori
bilan, jamoa mehnati mahsulidir;
2
Karimоv I.A. Jamiyatimiz mafkurasi хalqni – хalq, millatni – millat qilishga хizmat etsin // Biz kеlajagimizni o‘z
qo‘limiz bilan quramiz. 7-jild. –T.: O‘zbеkistоn, 1999. –B.98
-falsafada (muayyan fanlardan farqli o‘laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-
barangligi me‘yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hech bo‘lmasa fanning u yoki bu muayyan
sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud
bo‘ladi;
-falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb
hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning sub‘ektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa
mohiyat e‘tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish
yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti
hisoblanadi;
-falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);
-falsafa aniq ‗rognoz bera olmaydi, ya‘ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda
bunday bilimlar yo‘q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi
mumkin, lekin u olim kabi ‗rognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.
Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?», degan savolni berishimiz
mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan
qoniqmagan insonning o‘ziga ma‘lum bilimlar va tajribaga, muayyan e‘tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan
holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob‘ektiv va
sub‘ektiv borliqdir. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob‘ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish
maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmet idir. SHu munosabat
bilan u yoki bu odamning falsafiy qarashlari haqida va hatto uning falsafasi to‘g‘risida so‘z yuritish mutlaqo o‘rinli
bo‘ladi va bunga biz kundalik hayotda tez-tez duch kelamiz.
Biroq ayni holda bizni fan sifatidagi, ayrim insonning emas, balki butun jamiyatning rivojlanish mahsuliga
aylangan ijtimoiy hodisa sifatidagi falsafa qiziqtiradi va ayni shu sababli yuqorida keltirilgan ta‘rifda «inson»
tushunchasi yig‘ma ma‘noda qo‘llanilgan. Bu yerda shuni ta‘kidlab o‘tish lozimki, garchi falsafaning predmet iga
biz umumiy nuqtayi nazardan ancha keng ta‘rif bergan bo‘lsak-da, ayrim tarixiy davrlarda odatda u yoki bu
sabablarga ko‘ra muayyan masalalar doirasi falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.
Masalan, qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta‘limotlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib,
bunda asosiy e‘tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar-‘olislari
ravnaq to‘gan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‘rin
oldi. Yevropada xristianlikning, SHarqda islom dinining keng qamrovli rivojlanishi, dinga e‘tiqodning kuchayishi
va davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. theos – markazdan o‘rin
olgan xudo) xususiyat kasb etdi, ya‘ni Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmet iga aylandi.
Uyg‘onish davrida falsafa san‘at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi.. yangi davr deb
nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada falsafiy
tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va oqilonalik inqirozi irratsionallik, intuitivlik,
ongsizlik muammolarini namoyon etdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy
predmet iga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish
uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi
axborot texnologiyalarining, shuningdek ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur‘atlarda rivojlanishi bilan
belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‘ygan ‗ostnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy
rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma‘nolar va g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson
o‘ziga yog‘ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e‘tiborni qaratar ekan, notizimlilik, Yevropa
an‘anaviy falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng muhim mavzular
qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo‘nalishini
aniqlashga alohida e‘tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini
qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy yechimini
to‘ish bu muammolarni falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e‘tibor berish
va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik,
xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashshoqlikka chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.
Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmet ini qandaydir bitta, qat‘iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi
bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob‘ektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki
ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Ammo bu boshqa mavzular, masalalar va muammolar
o‘z ahamiyatini yo‘qotadi va falsafa chegarasidan chetga chiqadi, uning tahlil predmeti bo‘lmay qoladi, degan
ma‘noni anglatmaydi. Bosh mavzularni ikkinchi, uchinchi yoki undan ham keyingi o‘ringa surib qo‘yadi, ular
muayyan davrda va tegishli sharoitda falsafiy diqqat markazidan o‘rin olish yoki falsafiy muammolarning ustuvor
yunalishi bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish uchun o‘z vaqtini «kutib», go‘yoki ‗anada turadi, desak, to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ayni shu sababli biz falsafa tarixida qiziqishlardagi ustuvorliklarning muttasil o‘zgarishini, u yoki bu masala bosh
masalaga aylanishi, falsafiy hamjamiyatning asosiy e‘tibori ma‘lum vaqt mobaynida unga qaratilishini ko‘ramiz.
Falsafaning funksiyalari. Falsafa u yoki bu muammolarni hal qilar, qonunlar, muayyan tamoyillarni ta‘riflar
yoki gipotezalar, g‘oyalar va nazariyalarni ilgari surar ekan, ayni vaqtda (ba‘zan shu tariqa) har xil funksiyalarni
bajaradi. Falsafaning muhim funksiyalaridan dunyoqarashni shakllantirish, bilish, metodologik, integrativ, madaniy,
aksiologik, axloqiy va tarbiyaviy funksiyalarni qayd etish mumkin. Ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Bu funksiyalarning roli va ahamiyati falsafaning amal qilish sohasi, u hal qilayotgan vazifalar darajasi va xususiyati
bilan belgilanadi.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Falsafaning, dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi, insonning
dunyoga munosabati, uning o‘z-o‘zini va o‘zini qurshagan borliqni tushunishi, shuningdek turli voqealar,
hodisalarni va o‘z burchini qanday talqin qilishi avvalo va bevosita uning dunyoqarashiga bog‘liq bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, inson dunyoqarashida e‘tiqodlar va bilimlar, tuyg‘ular va emotsiyalar, oqilonalik va
irratsionallik, tajriba, intuitsiya va hokazolar chambarchas bog‘lanadi. Ayni shu sababli falsafasiz dunyoning yaxlit
manzarasini yaratish mumkin emas, chunki, «hamma narsaga aralashadigan» falsafagina dunyoqarashning o‘zaro
bog‘lanmagan turli «parchalari»ni birlashtirib, shu tariqa odamlarning butun borliqqa nisbatan umumiy, izchil va
mantiqan to‘g‘ri munosabatini yaratish imkonini beradi. Bunda falsafa ayrim ikir-chikirlar, ahamiyatsiz tafsilotlarni
mavhumlashtiradi va umumiy aloqalarga, turli narsalar va hodisalar xossalarining birligiga e‘tiborni qaratadi va shu
tariqa o‘zining bosh funksiyasi – dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini bajaradi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi tajribada sinash, tavsiflash yoki shak-shubhasiz inkor etish mumkin
bo‘lmagan, ya‘ni fan ochib berish, tadqiq etish va tahlil qilishga qodir bo‘lmagan narsalar va hodisalarni oqilona
yo‘l bilan tushuntirishga harakat qilishdir. Falsafa u yoki bu mohiyati aniqlanmagan yoki kam o‘rganilgan
hodisalarni tushuntirishga nisbatan o‘z yondashuvlari, nazariyalari va gipotezalarini taklif qilar ekan, ularni bilishga
bo‘lgan qondirilmagan qiziqish o‘rnini ma‘lum darajada to‘ldiradi, shu tariqa mifologik va diniy fantaziyalarga
kamroq o‘rin qoldiradi. Falsafa gnoseologiyada hal qiladigan boshqa bir muhim vazifa «Haqiqat nima?», «Uning
mezonlari qanday?», degan masalalar bilan bog‘liq, zero har qanday bilish jarayoni oxir-oqibatda, u yoki bu tarzda
haqiqatning tagiga etishga qarab mo‘ljal oladi, bu esa eng muhim masaladir.
Metodologik funksiyasi to‘g‘risida so‘z yuritganda metod tushunchasiga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Bu
tushuncha yunoncha methodos – yo‘l, tadqiqot, tekshirish so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, u yoki bu maqsadga
erishishning muayyan usulini, shuningdek borliqni nazariy va amaliy o‘zlashtirishga qaratilgan usullar yoki
amallar majmuini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, bu faylasuf yoki olim o‘zi o‘rganayotgan predmet ning
tadqiqot yo‘lidir. Odatda metodologiya muammolari falsafa doirasida o‘rganilgan, biroq ayrim fanlar vujudga
kelishi bilan falsafiy (umumiy) metodlar bilan bir qatorda muayyan, ayrim ilmiy metodlar ham rivojlana boshladi.
Falsafaning boshqa bir muhim metodologik funksiyasi falsafada ham, ayrim fanlarda ham muhim rol o‘ynaydigan
har xil kategoriyalarni ishlab chiqishidan iborat. Kezi kelganda yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish lozimki, falsafa o‘ta
keng tushunchalar, ya‘ni kategoriyalar bilan ish ko‘rar, ularni ta‘riflar ekan, metodologik funksiya bilan bir vaqtda
dunyoqarashni shakllantirish funksiyasini ham bajaradi.
Falsafaning integrativ funksiyasi fan bilan chambarchas bog‘liq. Real borliqning yangi va yangi ob‘ektlari va
hodisalari inson nazariy tadqiqotlari sohasidan o‘rin olishi, shuningdek ilgari ma‘lum darajada anglab yetilgan
narsalar va hodisalarni yanada chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ilmiy bilim o‘z rivojlanishining dastlabki
bosqichlaridayoq tabaqalanishiga turtki beradi. Buning natijasida ayrim fanlar paydobo‘lib, ular nafaqat o‘z
tadqiqot ob‘ekti va predmet ini ajratdi, balki o‘zining faqat mazkur fanga xos bo‘lgan tili, kagegoriyalar a‘‘arati va
hokazolarni yaratdi. Ammo bu yo‘lda jiddiy xavf ham mavjud bo‘lib, u shundan iboratki, fanlarning ajralishi
natijasida ular o‘rtasidagi aloqalar susayadi, ular murakkab kompleks vazifalarni yechishda faol o‘zaro aloqa qilish
qobiliyatini yo‘qotadi. Qarama-qarshi jarayon – ilmiy bilimlarning integratsiyalashuvi va u yoki bu muammolarni
yechish uchun kuch-g‘ayratni birlashtirish jarayoni bu xavfning oldini olish imkonini beradi.
Murakkab kompleks muammolarni tadqiq etuvchi hozirgi vaqt fanida ba‘zan ayrim ilmiy fanlarning vakillari
boshqa fanlarning vakillarini faqat ular turli tillarda, ya‘ni har biri o‘z fanining tilida ga‘irgani bois tushunmaydi. Bu
jihatdan falsafa ular uchun amalda bog‘lovchi bo‘g‘inga, birlashtiruvchi asosga aylanadi, chunki u o‘z tahlilida
fanlararo muloqotga va mazmuni ayni bir kontekstda turli fanlar tomonidan qabul qilinadigan va qo‘llaniladigan
fundamental tushunchalarni yaratishga qarab mo‘ljal oladi.
Murakkab ob‘ektlarni kompleks tadqiq qilishda har bir muayyan fan o‘z predmet idan kelib chiqadi. Bu
predmet doirasi unga o‘rganilayotgan ob‘ektni yaxlit ko‘rish, uning aloqalarini aniqlash imkonini bermaydi. Bu
vazifani hal qilishga ham faqat falsafa qodir bo‘lib, u butun vaziyatni yaxlit ko‘rish imkonini beradi va bu jihatdan
nafaqat fanlar o‘rtasida, balki inson faoliyatining ayrim jabhalari, masalan, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar bevosita yoki
bilvosita bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquqiy, siyosiy, axloqiy faoliyat o‘rtasida ham bog‘lovchi bo‘g‘in
hisoblanadi.
Madaniy funksiyasi. Falsafa odamlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda bilishga qiziqish uyg‘otish,
nazariy fikrlash madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish orqali madaniy funksiyani ham bajaradi. U dunyoni
o‘zlashtirish va bilishning universal shakli sifatida, insoniyatning eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtiradi
va ularni butun insoniyat mulkiga aylantiradi. Turli mamlakatlar va xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish ularning
o‘tmishdagi va hozirgi madaniyatini yaxshiroq tushunish imkonini beradi, g‘oyalar almashinuvi va madaniy
an‘analarning o‘zaro ta‘siriga ko‘maklashadiki, bu madaniy meros bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina
muammolarni yechishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksiologik funksiyasi. Falsafa hayotning ma‘nosi, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yish, u
yoki bu harakat, voqea, hodisaga ―yaxshi‖, ―yomon‖, ―muhim‖, ―foydali‖, ―foydasiz‖ kategoriyalari bilan baho
berish orqali– aksiologik (yunon. axia - qadriyat) funksiyani bajaradi. U uzoq muddatli tendentsiyalarni qisqa
muddatli tendentsiyalardan farqlash, yuzaki jarayonlarni fundamental jarayonlardan, muhim narsalar va hodisalarni
ikkinchi darajali narsalar va hodisalardan ajratish orqali insonning qadriyatlarga munosabati bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan tegishli ehtiyojlarini shakllantiradi. SHu tariqa insonning muayyan qadriyatlari, mo‘ljallari va ustuvorliklari
belgilanadi, ya‘ni tegishli qadriyatlar tizimi tarkib to‘adi. Bu tizim odamlarning muhim xususiyati hisoblanadi,
ularning hayotga munosabatini aks ettiradi va jamiyatdagi xulq-atvorini ko‘p jihatdan belgilaydi.
Falsafaning axloqiy funksiyasi odamlar xulq-atvori va u yoki bu jamiyatda yuzaga keluvchi munosabatlar
bilan bog‘liq. Bunda, masalan, axloqiy qadriyatlar, ularning tabiati, asoslari va jamiyatdagi amaliy roli falsafaning
tadqiqot predmeti hisoblanadiki, bu jamiyatda yuzaga keladigan va tabiiy yo‘l bilan, ya‘ni real hayot amaliyotida
o‘rnatiladigan me‘yorlar va qoidalarga sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Bunday me‘yorlar ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soluvchi muhim dastak hisoblanadi va odamlarning o‘zaro aloqalari, ularning munosabatlari va o‘zaro til
to‘ish darajasida namoyon bo‘ladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, falsafa doimo axloqda, jamiyatning barcha
a‘zolari xulq-atvorida namoyon bo‘ladi va shu tariqa yana bir muhim funksiya – axloqiy funksiyani bajaradi.
Falsafaning tarbiyaviy funksiyasi haqida fikr yuritilganda bu masalaning xalqaro darajadagi keng va har
tomonlama muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. Bugungi kunda nafaqat ayrim
xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati o‘z-o‘zini anglab etishga yo‘naltirilgan falsafaga muhtojdir. Buni 2002
yildan Yunesko qaroriga binoan, butun dunyoda har yili noyabr oyining uchinchi ‗ayshanbasida o‘tkaziladigan
―Jahon falsafa kunlari‖ ham, hozirgi kunda dunyo uchun eng muhim masalalarga e‘tiborini qaratadigan Jahon
falsafa Kongresslari ham tasdiqlaydi. Darhaqiqat bunday kongress birinchi marta 1900 yilda Fransiyada o‘tkazilgan,
1948 yildan boshlab uni har besh yilda bir marta o‘tkazish an‘anaga aylangan. Xususan, 1998 yilda Boston shahrida
(AQSH) bo‘lib o‘tgan XX jahon falsafa kongressi ―‗aydeyya: insoniyatni tarbiyalashda falsafa‖ mavzusiga
bag‘ishlangan bo‘lsa, Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkazilgan XXI Jahon falsafa kongressida ―Falsafa jahon
muammolari bilan yuzma-yuz‖ mavzusi atroflicha muhokama qilindi. XXII jahon falsafa kongressi birinchi marta
Osiyo mamlakati bo‘lmish Koreya Respublikasining Seul shahrida ―Hozirgi davrda falsafani qayta anglash‖ degan
umumiy mavzu ostida bo‘lib o‘tdi. Kongresslarning mavzularidan ko‘rinib turganidek, falsafa real hayot bilan uzviy
bog‘liq va eng muhim muammolarni anglab etishga xizmat qilib keldi. SHunday muammolardan biri – insonni
shaxs sifatida tarbiyalash va kamol to‘tirishda falsafaning roli va ahamiyati masalasidir. Buning uchun esa, albatta,
qadimgi davr mutafakkirlarining asarlariga yana bir bor murojaat etish taqozo etiladi.
Qadimgi mutafakkirlar har tomonlama ta‘lim va tarbiyani, ya‘ni o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma‘naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazishni «paydeyya» (yunon. pais
– bola) atamasi bilan ifodalaganlar. O‘sha vaqtlarda paydeyya aristokratiyaning o‘ziga xos belgisi hisoblangan;
endilikda faylasuflar ta‘lim va tarbiya muammolarini yana birinchi o‘ringa qo‘yib, ularni hal qilishda falsafaning
rolini aniqlashga harakat qilar ekanlar, bu tushunchani yana esga oldilar. Xususan, Boston kongressidagi asosiy
ma‘ruzalarning mualliflaridan biri frantsuz faylasufi Per Obenk: «Insonning vahshiyona tabiatidan ma‘rifatli
tabiatga o‘tish imkoniyati qay darajada mavjud?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi. Uning fikricha, insonning yagona
tabiati ikki ma‘noli bo‘lib, faqat ma‘rifat (Paydeyya) odamzodni so‘zning to‘liq ma‘nosidagi insonga aylantiradi
yoki, Platon ta‘biri bilan aytganda, Paydeyya uning ko‘zini ochadi.
Dostları ilə paylaş: |