Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta‟limoti. Movarounnahr arablar tomonidan zabt etilishi
arafasida Turk xoqonligi tizimiga kirar edi. U mayda amirliklardan iborat bo`lib, ular o`rtasida tinimsiz
to`qnashuvlar ro`y berib turar edi. Ayniqsa, Turk xoqonligi bilan sosniylar Eroni o`rtasidagi to`qnashuvlar
o`ta shiddatli tusda yuz berar edi. XII asrning oxiri va XIII asrning boshlarida bu xudud arab xalifaligi
tomonidan bosib olindi. Bunga Movarounnahr hududida yashovchi xalqlar, ijtimoiy kuchlar orasida siyosiy
hamjihatlikning yo`qligi, o`zaro qirg`in-barotlarning avj olishi sabab bo`ldi.
Movarounnahrga arablar bosqini bilan birga islom dini ham kirib keldi. Islom so`zi arabcha o`zini
to‘shirish, itoat, bo`ysunish, tinchlik kabima`nolarini anglatadi. Islom dini bayrog`i ostida keng hududda arab
qabilalari birlashgan, mavjud tarqoqlikka chek qo`yilgan, yagona markazlashgan arab xalifaligi tashkil to‘gan.
Qur`on va hadislarda islomiy ta`limotning asosi bayon qilingan. Qur`on - muqaddas kitob. Unda islom
qoidalari, iymon-e`tiqod talablari, huquqiy va axloqiy meyorlar o`z ifodasini to‘gan. U 114 sura va ular tarkibidagi
oyatlardan tashkil to‘gan.
«Sunna» esa hadislar majmui bo`lib, Qur`ondan keyinturadi va uni to`ldiradi. Unda Muhammad
payg`ambarning so`zlari, xatti-harakatlari naqllar va hadis shaklida jamlangan.
Qur`on va sunnadan keyingi muhim manba - shariatdir. Shariat (to`g`ri yo`l, ilohiy yo`l demakdir) -
islomda huquqiy, axlog`iy meyor va amaliy talablar tizimidir. Islomdagi asosiy yo`nalishlar - sunniylik,
shialik va xorijiylik. Ular diniy ta`limot, marosimchilik, axloqiy-huquqiy meyorga oid masalalarda o`zaro
faqrlanib turadi. Abu Mansur Moturidiy kalom ilmining aql maqomiga alohida e`tibor qaratgan Samarqandda
Moturidiya maktabini yaratgan. Mu`taziliylar (ajralib chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur`onning
tangri tomonidan yaratilganligini, iroda erkinligini eqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir . Uning
oxirgi vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohietining o`ziga xos falsafiy ta`limotidir. U diniy aqidalarni asoslab berishga uringan.
U Qur`onga tayanib, jannat va do`zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda erkinligining yo`qligini, lekin
insonning Olloh oldida o`z qilmishlari uchun mas`ul ekanligini asoslab berishga harakat qilgan.
Bunday ma`naviy jarayonlar bilan yonma-yon islomda mashshoiyunlar va tabbiiyunlarning (Arastu
falsafasi va tabiatni o`rganishga ahd qilganlarning) falsafiy qarashlari shakllana borgan. Bu islomiy
ma`naviyatning dunyoviy va diniy masalalarda, jahon falsafiy tafakkurida ro`y berayotgan jarayonlarga
nisbatan tashabbuskor bir kuch ekanini ko`rsatib turibdi.
Ilk o‟rta asr SHarq falsafasi va uyg‟onish davri. Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi
o‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari
– Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq to‘di.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809), Ma‘mun (813-833) hukmronligi davrida hind va
yunon adabiyotlarining tarjimalariga qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi
yunon faylasuflarining ilmiy merosi o‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil
etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya,
kimyo, falsafa va boshqa fanlarni sinchiklab o‘rgandilar.
SHarq panteizmi va peripatetizmi SHarq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr
Forobiy, Ibn Sino)ning ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-axloqiy ta‟limotlari. IX asrlar boshlangan arab istilosiga
qarshi kurash mustaqil davlat qurish va xalifalikka qaramlikdan xalos bo‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada
Markaziy Osiyo mo‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII asr boshlarida bir
necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar davlatlari paydo bo‘lib, ular keyinchalik tor-
mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bo‘lsa, XIII asrning 20-yillarida Xorazmiylar
davlati mo‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq, ko‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda
madaniyat, fan, san‘at va adabiyot rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod
qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko‘ra o‘sha davrni Markaziy Osiyo uyg‘onish davri deb nomlash
mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Barcha odamlarni ma‘rifatli qilishga intilish, bu yo‘lda o‘tmish merosidan va qo‘shni mamlakatlarning fan,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
2. Tabiatni o‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish,
asosiy e‘tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3. Insonga xos tabiiy, badiiy, ma‘naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni
tarbiyalashda oliy ma‘naviy qonunlarga rioya qilish;
4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr madaniyatining
muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi,
iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning
boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an‘analari, tili va
tarixini o‘rganish bilishning eng to‘g‘ri yo‘llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun a‘‘aratini
takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning o‘tika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining
jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi.
O‘rta asrlarda SHarq falsafasi mifologiya va din qo‘ynidagina emas, balki fan qo‘ynida ham rivojlanadi.
SHarq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlar
ma‘lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo‘lgan SHarq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko‘ra ko‘proq
tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar. SHarq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy
Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, yaqin va O‘rta SHarqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk
faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va
faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri,
Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir.
U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va
amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash
imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e‘tibor
bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda
«ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya‘ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi
mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu
gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki
turtkidan boshlagan. Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya
haqidagi ta‘limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga qo‘shilmagan, chunki
uning paydobo‘lishi va o‘limi tananing paydobo‘lishi va o‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni
shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql
birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab
yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi. Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a‘zolari
beruvchi materialdan foydalanishi lozim.
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan bo‘lsa-da, uning
falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf
borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar,
o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab o‘rganadi. SHu tariqa u tashqi dunyoning ob‘ektiv
mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari SHarq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta‘sir ko‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar sohasidagi
bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi.
Farobiy fikricha, ob‘ekt sub‘ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek,
bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bo‘lgan
4
.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. Bu jarayon
sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni
qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. Forobiy «Fan va san‘atning o‘ziga xos xususiyatlari»
asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani
bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydobo‘lganidan so‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch» paydo bo‘ladi , uning
yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. So‘ngra sezgi organlari paydo bo‘ladi , ular insonga sezish, tasavvur
qilish qobiliyat va xotirani beradi. SHundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni
o‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, o‘z xulq-atvorini tartibga soladi. Forobiy insonning
barcha kuchlari ma‘lum sezgi organlari bilan moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy
sababsiz mavjud bo‘la olmaydi
5
, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat‘iyan rad etadi va ruh ham, tana kabi
substantsiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil bo‘lgan. Bunday noizchillik
Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir
va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu
4
Qarang: Фароби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избранние произведения мислителей стран
Ближнего и Среднего Востока. – M., 1961. – 191-b.
5
Qarang: Фароби. Фусус ал-Хикам. Мажему ал-Фараби. 1997. – 150-152-b
g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi.
Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb hisoblaydi
6
buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza yuritish
imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga
yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida aks etgach,
jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki
bu jihatlarini teranroq bilish uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor.
Bilishni mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavhum chiziq, yuza,
jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib yetadi.
Ilmiy bilim va falsafiy tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi,
biroq Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini to‘adi. «Vazifa bilishdan
iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz kechish ma‘nosida yechilgandir.
Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va undan keyin nimalar anglab yetilishi lozimligi
haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning
muayyan mazmunidan ko‘ra, mavhum mazmunini anglab etishi osonroqdir»
7
. Binobarin, bilish masalasi borliqning
qaysi jihati biluvchi sub‘ektning ob‘ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy g‘oyalari
nafaqat SHarq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Hindiston‖,
―Minerologiya‖), tabiat va uning ob‘ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va
rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma‘naviy hodisalar)
tananing muhim xossasidir, deb ta‘kidlagan.
Ma‘lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi:
«Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so‘zlovchilarning yakdilligiga
qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini to‘magan»
8
.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan
biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir
qancha tajribalar o‘tkazdi»
9
. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me‘yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb
talqin qiladi. Ularning orasida ob‘ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va
kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham
ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.
G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada
sinalishi muhimdir.
Beruniyning ijodida kuzatish muhim o‘rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o‘rganishda kuzatish bilishning boshqa
shakllari bilan o‘zaro bog‘langan.
Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi
10
. Binobarin,
kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko‘rinishida qayd etadi
11
. Kuzatishlarning eski ma‘lumotlari ob‘ektning
haqiqiy ko‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.
Beruniy tadqiqotchi o‘tkazgan tajriba va uning natijasi amalda ishonchli ekanligini qayd etadi. U «Sinovdan
boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan o‘zga muvaffaqiyatga eltadigan dasturilamal yo‘q»
12
, deb yozadi.
Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotga ta‘siri,
iqlim, tabiiy va sun‘iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod
va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.
Beruniy SHarqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va rivojlanishi
tarixida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski
asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e‘tibor bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi
bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.
SHunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki o‘rganilayotgan ob‘ekt
xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday
metodologik mo‘ljal, ilmiy tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va
vositalarini to‘ish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi.
6
Farabi. Kitab al-Хuruf. – Dushanbе: Ilm, 1972. – 25-b
7
O‘sha manba, –B. 36
8
Абу Райхон ал-Бируни. Избранние произведения в 6 т. -T. 3. –T.: 1963. –S. 44.
9
Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борба идеи.- Фаргона, 1988.- С.39.
10
Қаранг: Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. В 6-т. Т. 3. – Т.: 1963. – 57-б.
11
Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. в 6-т. T. 3. – T.: 1963. – B.260.
12
O‘sha manba, -B. 340.
Abu Ali ibn Sino (980-1037). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn
Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,‖Donishnoma‖,
―Xay ibn yakzon‖ayniqsa keng dovruq qozongan.
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma‘noda qomusiy bilimlar
egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot ob‘ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan
tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga
qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.
O‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa,
xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.
Ibn Sino moddiy dunyo predmet larini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob‘ektiv tabiatini tashqi
moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi.
Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi
hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
13
.
Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a‘zosisiz idrok etadi, degan ta‘limotini
asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday
organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat
qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir,
chunki hissiy idrok etish jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib
chiqar, ulardan hech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari
asossiz ekanligini ta‘kidlab, haqiqat sezgilar tana a‘zolariga muhtojligidadir,
14
degan xulosaga keladi.
Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida ga‘irar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy
tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki jism
to‘qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa
yetgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni xabardor etadi
15
. Bu tavsif ancha sodda
bayon etilgan bo‘lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. SHuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali ob‘ektiv dunyoning
sub‘ektiv obrazi sifatida idrok etmaganidan dalolat beradi. Sezgilarni tashqi ta‘sirning organizmdagi harakati
sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi.
Ibn Sino ko‘rish haqidagi ta‘limotni ishlab chiqdi. Ko‘rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda
Platonning bu boradagi ta‘limoti asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Ibn Sino yorug‘likni ko‘rishning asosiy vositasi
sifatida alohida qayd etadi
16
.
Alloma sezgilarni va tuyg‘ularning barcha shakllarini o‘rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya‘ni miya
tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh
apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi
17
deb
e‘tirof etdi.
Ibn Sino ta‘limotiga ko‘ra, in‘ikos faqat aks ettiruvchi tizimga bog‘liq emas. Sezish markazi miyaning old
qismida, tasavvur qilish markazi – miyaning o‘rta qismida, eslab qolish qobiliyati – miyaning orqa qismida
joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish
jarayonida asablar muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni
insonning boshqa a‘zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o‘tkazgichlar bo‘lib xizmat qiladi
18
. Umumiy ma‘lum
tasavvurga ko‘ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi
19
. Ko‘rib
turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi.
Ibn Sino O‘rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning
falsafiy merosini qiyosiy o‘rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda u asosan
yagona yondashuvga tayanganini ko‘rsatadi. Ibn Sino tasavvurning kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi
hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi
20
.
SHunday qilib, Ibn Sino fikriga ko‘ra, tasavvurning gnoseologik funksiyasi shundan iboratki, u tashqi
narsalarning obrazlarini gavdalantiradi, hissiy idrok etiluvchi narsalar yo‘qolganidan keyin ham ularni xotirada
saqlab qoladi.
Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchi – narsa sezgilarda ularni kuzatish
jarayonida aks etadi. Bu yerda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Ibn Sino
in‘ikos kontseptsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish darajalari to‘g‘risidagi masalani ko‘taradi.
13
Qarang: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б.
14
Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б.
15
Qarang: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261.
16
Qarang: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – S 224.
17
Qarang: Ibn Sina. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38.
18
Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41
19
O‘sha manba, –B. 99.
20
Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b.
Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini
to‘gan.
Ikkinchi – ob‘ektiv borliqda amalda mavjud bo‘lmagan narsaning mohiyati anglanadi
21
. Bu yerda formal
ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda
tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.
Uchinchi – narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi mumkin. Bu tamoyilda
narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi.
Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.
SHundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa
obrazini mavhumlashtirishning ayrim o‘zaro bog‘langan bosqichlaridan iborat jarayon bo‘lib, uning natijasida
biluvchining ongida predmet ning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday
mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta».
22
.
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old
qismida joylashgan kuch bo‘lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va ular uzatuvchi kuchni mustaqil
qabul qiladi
23
. Binobarin, Ibn Sino fikriga ko‘ra, sezgi organlari yordamida olingan tuyg‘ular umumiy sezgi
vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.
Obraz deganda alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aktsidental tomonlari
yig‘indisini tushunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so‘z yuritar ekan, u shunday deb yozadi: «Uning
obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»
24
.
Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‘oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining keyingi davrlarida
rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.
SHunday qilib, bilish jarayoni pirovard maqsadi ob‘ektlar mohiyatini bilishdan iborat bo‘lgan murakkab
jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi
nazardan kelib chiqdilar. Bunda insonning sezgi organlari bevosita bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi, ya‘ni sezgilar
yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: |