Rus mumtoz nafosat falsafasi
Bu davrga kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajaga ko‘tarildi, rus san‘ati ham mislsiz
taraqqiyotga etishdi. SHu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma‘noda mumtoz deb atash
mumkin. Ana shu mumtoz tafakkurning etakchi vakillaridan biri – shoir, ilohiyotchi, faylasuf Vladimir Sergeevich
Solovyovdir (1853-1900).
Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya‘ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga
kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido – modda va nurning o‘zaro birikuvidan tug‘iladi deb hisoblaydi.
Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin. Modda va nurning uzviy
omuxtaligi – hayot, deydi Solovyov. SHu bois qaerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari
Qarang: Шопенгауер А. Мир как воля и представление. Т.1. Минск, Попурри, 1998. С. 312-316.
196
Шопенгауер А. Введение в филосифию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С.
397.
«jonli kuchlar o‘yini taassurotini» qoldirsa, tabiat o‘sha erda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va
hayot - tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni.
Buyuk rus mutaffakiri tabiiy go‘zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab
taraqqiy etib borishida ko‘radi. Noorganik dunyoda go‘zallik ikki turda mavjud bo‘ladi; ziyoiy go‘zallik (yulduzli
osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi - ufurishi (shildiragan irmoq, sharshara v.h.)
sifatidagi go‘zallik. Nabotot dunyosidagi estetik makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka esa bo‘lgan go‘zallik
etakchilik qiladi. Bunday go‘zallikning oliy ifodasi gullardir. Hayvonot dunyosida go‘zallik naqshlar (ranginlik) va
musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. U go‘zallikni ob‘ektiv asosdan ajrata olmaydi, aksincha u, eng avvalo xususiyat,
keyin tushuncha: «Go‘zallik, – deb yozadi V.Solovyov «Tabiatdagi go‘zallik» asarida, – haqiqiy voqelik, dunyoda ro‘y
berayotgan tabiiy jarayonlar asaridir»
. Bu bilan u tor doiradagi «estetlar» va estetik nazariyalarga radiya bildirmoqchi
bo‘ladi. SHu sababli L.Tolstoy: «Zero go‘zallikka asoslangan, estetik risolalarda bayon etilgan va jamoatchilik
tomonidan ilg‘ar-ilg‘amas tarzda tushuniladigan san‘at nazariyasi, bizga, ya‘ni ma‘lum bir davradagi odamlarga nima
yoqqan bo‘lsa va yoqsa o‘shani yaxshi deb tan olinishidan boshqa narsa emas», – deb yozadi o‘zining «San‘at nima?»
risolasida
. Tabiiy go‘zallik o‘zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi estetik idealning eng
mukammal ko‘rinishi; ong ato etilgan inson tabiati voqeligini ijodiy o‘zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning
fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir
qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. SHu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal
etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san‘at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi.
Vladimir Solovyov «San‘atning umumiy ma‘nosi» asarida san‘at oldiga uch yoqlama vazifa qo‘yadi; 1)
tabiatning estetik ifodasida ifoda topilmaydigan jonli g‘oyani, uning ichki mazmunini moddiylashtirish; 2) uning
estetik borlig‘ini ruhoniylashtirish; 3) uning muayyan hodisalarini mangulikka dahldor hodisalarga aylantirish. –
Mana shu vazifani bajarib borish jarayonida san‘at
ilhomli kafolatga aylanadi, voqelikning o‘zida esa moddiylikni
ma‘naviylashtirish jarayonlari kuchayadi. Inson san‘ati insonning o‘zini komil go‘zallikdan bevosita va bilvosita
ogoh etadi. Bevosita ogoh etish musiqa va lirik she‘riyatda ifodalanadi. Bilvosita ogoh etishning shakli ikki xil
bo‘ladi: a) tabiiy go‘zallikni kuchaytirish, ideallashtirish (me‘morlik, rangtasvirli manzaralar); b) ideal va
voqelikning mos kelmasligini ifodalash (qahramonlik eposi, fojea, kulgi (komediya). Xullas, Vladimir
Solovyovning san‘at falsafasi dunyoni estetik tarzda ro‘yobga chiqarish, voqelikni badiiy jihatdan qayta bunyod
etish g‘oyasiga asoslanadi.
Biz mumtoz deb atagan rus estetikasida o‘nlab ulug‘ faylasuflar bilan birgalikda F.M.Dostoevskiy,
Ya.N.Tolstoy, I.S. Turgenev, A.Fet, A.P.Chexov singari buyuk yozuvchi-shoirlar ham o‘z o‘rniga ega.
Shulardan biri – Lev Tolstoy (1828 – 1910) qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Tolstoy san‘atning mohiyatini aniq-ravshan ifodalashga yo‘l ochish uchun «hamma narsani chalkashtirib
yuboradigan go‘zallik tushunchasini» bir chetga surib qo‘yishni taklif etadi. Uning fikriga ko‘ra, san‘atning nima
ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash
lozim. San‘at Tolstoyning ta‘biricha, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma‘lum tashqi belgilar
bilan o‘zi boshidan kechirgan hislarni etkazadi, boshqa odamlar esa o‘sha hislarni o‘ziga yuqtirib, ularni qayta
ko‘ngildan o‘tkazadi.
Buyuk rus mutafakkiri ijodning maqsadini «fikrni badiiy ifodalash» deydi. Fan va san‘at bir-biri bilan xuddi
o‘pka va yurakdek o‘zaro bog‘liq, agar bir a‘zo buzilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri harakat qilolmaydi. Fanning ishi
muhim haqiqatlarni izlab topish va ularni kishilar ongiga singdirish. San‘at esa ana shu haqiqatlarni ilm-fan
olamidan hissiyot olamiga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tolstoy san‘atdagi g‘oyasizlikni inkor etadi. SHu
munosabat bilan mazmun va shaklning o‘zaro aloqalariga to‘xtaladi. U shakl va mazmun yaxlitligini tan oladi
hamda bir tomondan, mazmunni asosiy hodisa sifatida talqin etar ekan, badiiy shaklsiz san‘at asarining bo‘lishi
mumkin emasligini ta‘kidlaydi.
Tolstoy Yangilikni haqiqiy san‘at asarining asosiy belgisi deb ataydi. Asl san‘atkor doimo odamlarga
noma‘lum nimadir, Yangi narsa topishga harakat qiladi. Mazmunni yorqin ifodalash uchun san‘atkor Yangi shakllar
izlaydi. Tolstoy dekadansni «bema‘nilikning so‘nggi bosqichi» deb ataydi. Nitstsheni dekadansning nazariy
yo‘lboshchisi sifatida tanqid qiladi, ularning san‘atini, xuddi o‘zlaridek tentaklardan tashkil topgan kichkinagina
to‘garak a‘zolarigagina yoqadigan «ijod mahsullari», deb ataydi. Haqiqiy san‘at esa eng keng sohalarni qamrab
oladi. Inson qalbining mohiyatini o‘ziga rom etadi. YUksak va asl san‘at doimo shunday bo‘lib kelgan.
Ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning SHekspirga munosabati. Buyuk rus
yozuvchisi «San‘at nima?» risolasi va «SHekspir va drama haqida» maqolasida SHekspirni nafaqat tanqid qiladi,
balki batamom inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko‘ra, SHekspir pesalari asosida «eng tuban, eng qabih dunyoqarash
yotadi», ularda oliy tabaqalar ko‘klarga ko‘tarilib, omma nafratiga munosib qilib tasvirlanadi, mavjud tuzumni
o‘zgartirishga bo‘lgan har qanday intilish, xususan, insonparvarlik yo‘nalishidagi intilishlar ham qoralanadi.
SHekspir ijodi aksildemokratik mohiyatga ega, uning asarlari axloqsiz asoslarga qurilgan. Ular beistisno tarzda
yuqori sinflar san‘atini tashkil etadi.
Соловѐв В. Сочинения в 2 т. Второе издание. Т. 2. М., Мысл, 1990. С. 359.
Толстой Л. Собрание сочинения в 22 т. Т. XV, М., ИХЛ, 1983. С. 74.
Turkiston ma‟rifatchi-jadid mutafakkirlarining estetik qarashlari.
Bu harakat ibtidosida turganlardan biri buyuk o‘zbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‟g‘li Furqatdir
(1958-1909). Agar shoirning g‘azallari, muhammislari, musaddaslari lirik tabiatga ega bo‘lib, ularda yor go‘zalligi
madh etilsa, masnaviylarida ijtimoiy muammolar o‘rtaga tashlanadi. Masnaviylarning bir qismi («Ilm xosiyati»,
«Vistavka xususida», «Gimnaziya») ma‘rifatni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. «Toshkent shahrida bo‘lg‘on nag‘ma
bazmi xususida», «Nag‘ma va nag‘magar va aning asbobi va ul nag‘ma ta‘siri xususida», «Suvorov haqida», «SHoir
ahli va she‘r mubolag‘asi xususida» deb atalgan masnaviylar esa ma‘lum ma‘noda estetikaga taalluqli. Iste‘dodli
filolog olim SHuhrat Rizaev ulardan birini – «Suvorov haqida»gi masnaviyni ilk o‘zbek teatr tanqidi namunasi,
spektaklga she‘riy yo‘lda yozilgan taqriz deydi. Bu fikrda jon bor. Zero yuqoridagi masnaviylarni o‘ziga xos estetik
manzumalar deyish mumkin. Furqat «Nag‘ma va nag‘magar va aning asbobi va ul nag‘ma ta‘siri xususida»
masnaviysida «Toshkand shahrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida» masnaviysidagi «taqrizchilik» doirasidan chiqib
ketadi, xonandalar, sozandalar, konstert zali, unga kirish qoidalarini tasvirlashdan voz kechadi, asosiy e‘tiborni
musiqadan va undan olinadigan estetik lazzat haqida fikr yuritadi.
Anbar Otin (1870-1915) ijodida san‘atning ijtimoiylik mohiyati birinchi o‘ringa chiqadi. YA‘ni Furqatdagi
ibtido Anbar otinda markazga, markaziy masalaga aylanadi – Anbar otin badiiy ijodga mumtozchilik emas,
jadidchilik nuqtayi nazaridan yondashadi: badiiy asar xalqqa, uni milliy ozodlikka olib chiqishga xizmat qilishi
kerak. U bir she‘rida Kamiyga murojaat etib, shunday deydi:
SHe‘r yozsangiz xaloyiq holidan mavzu eting,
Ko‘p ulug‘larni madh etmoq erur bu isrof.
Avvalo o‘ylang, el ichra zindagi qay holdadir,
Ikki yoqlik zulmni siz aylang hamisha e‘tirof
.
Anbar Otin «Qarolar falsafasi» risolasida shoirlik iste‘dodiga, shoirlar toifalariga alohida to‘xtaladi. SHoira
ustoz shoirlarni yuzaki talqin etishga, ular ijodini yor ko‘yidagi oh-vohlardan iborat deb qarashga keskin qarshi
chiqadi. Mumtoz shoirlarning fikriy-falsafiy teranligini anglashga chaqiradi:
«Aksari zamona ahli mashhur nomvor ustodlar haqida alarning nazmi nolalarig‘a zohiran baho berib, alar
faqat yor ishqida ovora bo‘lub, umr o‘tkazibdur derlar...
Haqiqatda lojaram ul g‘azallar botini hisobsiz falsafiy donish va aql gavharlari ila to‘ladur»
.
Anbar Otin badiiy ijod ahlida alohida, o‘ziga xos nigoh borligini, ular boshqalar ko‘rmagan narsalarni ko‘ra
bilishlarini ta‘kidlaydi. Ana shu nigoh, iste‘dodni shoira «ko‘z» deb ataydi.
«..Mahfiy emaski, – deb yozadi Anbar otin – har shoirda o‘tkir botindagi, ya‘ni hayot ichidagi sirlarni
ko‘radigon ko‘z bo‘lur. o‘shal o‘tkir ko‘z ilan boshqalar ko‘rmagan sirlarni mushohida qilub, adab haririg‘a burkab,
arzi ma‘nisini nafis iboralar ilan tarannum etar. Shundoq shoirni shoir desa bo‘lur.
Modomiki, shoir shundoq falsafiy mushohada egasi ekan, aning barcha fikri takroriy yo‘l ilan ta‘lim olishga
sazovordir». Ko‘rinib turibdiki, Anbar Otin shoirona nigoh bilan ilg‘ab olingan voqelikni «adab haririg‘a burkab»,
«nafis iboralar bilan», ya‘ni yuksak badiiyyat, majoziy ifoda va ravon til – go‘zal shakl vositasida o‘quvchiga
etkazishni talab etmoqda.
Ayni paytda, risola muallifi tushkunlik ruhidagi she‘rlarni va tarkidunyochilikni targ‘ib etuvchi asarlarni
hamda ularning ijodkorlarini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning fikriga ko‘ra, bunday asarlar jamiyat uchun zararli.
Zero «bu kabi shoirlar g‘azaliyotini o‘qug‘on odam umrini barham berib, tezroq dunyodin kechish fikrig‘a duchor
bo‘lur...»
SHoira har bir badiiy asar hayotbaxsh ruhga ega bo‘lishi va shu bilan jamiyatni Yangilashga xizmat
qilishi, milliy ozodlik uchun kurashga da‘vat etishi kerak degan fikrni ilgari suradi.
Agar biz Furqat va Anbar Otin ijodini, ma‘rifatchi-jadidchilar estetikasining dastlabki bosqichi desak, uning yuksak
pog‘onasini Behbudiy, Fitrat, Hamza, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari ulkan ijodkorlar qarashlarida
ko‘rishimiz mumkin. Ular orasida, ayniqsa, Fitrat (1886-1938) bilan Cho‟lponning (1898-1938) estetik qarashlari
alohida diqqatga sazovor. Zero bu qarashlar ma‘lum ma‘noda san‘at falsafasi sifatida muayyan nazariy asoslarga qurilgan.
SHu jihatdan Abdurauf Fitratning «Adabiyot qoidalari» risolasi e‘tiborga molik.
Avvalo shuni aytish kerakki, «Adabiyot qoidalari»da muallif na faqat adabiyot nazariyotchisi sifatida, balki
keng quvvai hofizali nafosatshunos tarzida maydonga chiqadi. U badiiy adabiyotni alohida, muxtor, «katta san‘at»
sifatida olib qaramaydi. Fitrat nazdida u ham san‘at turi, boshqa san‘at turlari bilan uzviy aloqadorlikda ish ko‘radi.
SHu bois juda ko‘p o‘rinlarda «Adabiyot qoidalari» – misollari badiiy adabiyotdan keltirilgan estetika nazariyasiga
aylanib ketadi. Bu tasodifiy emas. Fikrimizning isboti uchun risolaning o‘ziga murojaat qilaylik.
Fitrat badiiy adabiyot nima ekanini anglatish, nazariy, amaliy ta‘riflash uchun eng avvalo «san‘at» va «go‘zal
san‘atlar» iboralarini tushunib olish lozimligini aytadi. U san‘atning ikki xil – manfaatli va manfaastiz, ya‘ni hunar-
san‘at hamda sof-san‘at bo‘lishini tanbursoz usta bilan «Iroq» kuyini chalgan tanburchi misolida jonli tushuntirib
beradi; tanburning yaxshiligi – ishga yaraganligi, foyda keltirgani. «Iroq kuyining yoxshilig‘i esa kishiga ma‘naviy
o‘sha manba, 46-47-b.
Anbar otin. Tanlangan asarlar. T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1970 y., 48-b.
O‘sha manba, 98-b.
ta‘sir etmak... Shuning uchun buning yoxshilig‘iga, yoxshilig‘ emas go‘zallik deydilar. Bunday san‘atlarga «go‘zal
san‘atlar» deyiladir»
.
Mutafakkir adib bu bilan bevosita bo‘lmasada, bilvosita go‘zallikning manfaastizlik xususiyatini ham
ta‘kidlayotgani ko‘rinib turibdi. Ayni paytda u go‘zallik yaratishga qaratilgan san‘atlarning muayyan madaniy
darajaga ko‘tarilgan xalqlarda mavjud bo‘lishini va uning asosiy vazifasi idrok etuvchini bir tomondan, ovuntirish,
ikkinchi tomondan, tarbiyalash ekanini aytib o‘tadi: «Miyasi yuksalmagan bolalar, san‘atdan xabarsiz kishilar
shodliqli, qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a
onglatadilar-da, shu yo‘l bilan ovuntirilg‘an bo‘ladirlar, san‘at egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan
o‘zlarining tuyg‘ularini jonlantirib maydong‘a chiqaradi. SHu yo‘lda boshqalarni o‘z tuyg‘ulari bilan
tuyg‘ulantirishga tirishadirlar». San‘atning ana shu xususiyatlari va vazifalari to‘g‘risida fikr yuritib bo‘lgach, Fitrat
yana «go‘zal san‘atlar» ta‘rifini, lekin endi boyigan, mukammallashgan ta‘rifini keltiradi: «Mana shunday «yurak,
fikr, tuyg‘u to‘lqunlarini so‘z, tovush, bo‘yov, shakl, harf, harakat kabi tovarlar (materiallar) yordami bilan
jonlantira chiqarib, boshqalarda ham shu to‘lqunni yaratmoq» hunariga «go‘zal san‘atlar» deyiladir».
Shundan so‘ng Fitrat har bir «go‘zal san‘at»ning materialiga, substratiga (moddiy asosiga) qarab, ularni olti
tur va ikki xilga (turkumga) bo‘ladi. U musiqani birinchi o‘ringa qo‘yadi, undan keyin «rasm, haykalchilik,
me‘morlik, o‘yun (tans), adabiyot» keladi. «Go‘zal san‘atlarning mana shu olti turlari bir-birlariga yaqinlashmoq
e‘tibori bilan ikki turkumga ayriladir, – deb yakunlaydi muallif o‘z xulosasini. – Adabiyot, musiqa, o‘yun (tans) bir
turkum; rasm, haykal, me‘morlik bir turkum bo‘ladir»
.
«Adabiyot qoidalari»da Fitrat uslub masalasiga ham atroflicha to‘xtaladi. Uslubning zamonga, makonga va
shaxsga xoslik xususiyatlarini aytib o‘tadi, uni uyg‘unlik bilan, ohang bilan uzviy bog‘liq ravishda tadqiq etadi.
Shuningdek, muallif kitob oxirida, «Adabiyotda oqim istilohlari» sarlavhasi ostida klassistizm, rastionalizm,
romantizm, simvolizm, realizm, modernizm singari tarixiy va zamonaviy yo‘nalishlarning qisqacha tavsifini beradi.
Fitratning «Adabiyot qoidalari»dan tashqari musiqamiz tarixi va aruz nazariyasiga bag‘ishlangan alohida-
alohida risolalari ham borki, ular ham estetika nuqtayi nazaridan qimmatlidir.
Turkiston badiiy tafakkuriga ulkan xissa qo‘shgan yana bir jadid mutafakkiri Abdulhamid Cho‘lpondir.
Cho‘lponning go‘zallik haqidagi tushunchasi o‘ziga xos, asosan u shoir she‘rlarida «go‘zal» so‘zi orqali aks
etadi. o‘z fikrini sho‘rolar stenzurasidan yashirib ifodalash maqsadida shoir «go‘zal» so‘ziga turli xil ma‘nolar
yuklaydi: u, bir tomondan, qo‘l etmas go‘zal yor, ikkinchi tomondan sururiy (romantik) go‘zallik. Lekin har ikki
holatda ham tagma‘no tutqunlikka mahkum go‘zallikni, go‘zal Turkistonni o‘zida mujassam etadi.
U bir tomondan go‘zal asar, ikkinchi tomondan asarda go‘zallik yaratish uchun birgina iste‘dodning kamlik
qilishini, qattiq mehnat qayta ishlashlar – rejalashtirilgan estetik faoliyat ham zarurligini ta‘kidlaydi. Chunonchi,
Lutfulla Narzullaev ijodiga bag‘ishlangan «Sahna sirlariga oshno san‘atkor» maqolasida u aktyorning rol ustida
ishlashini umumlashtirib, uning estetika talabi ekanini, ya‘ni, san‘at uchun xususiy emas, balki umumiy hodisa
ekanini juda chiroyli ifodalaydi:
«Har qanday ijodiy asarni ham ishlab pishitadilar, – deb yozadi Cho‘lpon. – SHoirning she‘ri, nasrchining
roman yo hikoyasi, bastakorning cholg‘u asari, cholg‘uchining bajarmasi, hatto zargarning chiroylik baldoq va
shokilasi, yo‘nmachi ustaning yo‘nmakor asari... — bular hammasi ishlanish orqasidan pishadi, etiladi, qiymatli asar
holiga keladi»
.
YUqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Cho‘lpon ham boshqa jadid mutafakkirlari kabi millatni estetik
tarbiya vositasida uyg‘otishni birlamchi vazifa deb bilgan. SHu bois uning asosiy diqqati o‘sha davrlarda nisbatan
ommaviy bo‘lgan san‘at turlari – badiiy adabiyot va teatrga qaratildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Turkiston jadid-ma‘rifatchilari qisqa vaqt ichida nafis san‘at targ‘ibotini
yo‘lga qo‘ydilar. Afsuski, Yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan sho‘rolar davlati ularni qatag‘on qilib,
asarlarini ta‘qiqlab, Turkiston xalqlari Uyg‘onishi harakatiga chek qo‘ydi. Shunga qaramay, jadidlar qoldirgan
meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyati va ta‘sir kuchini yo‘qotgan emas.
Jadidchilikdan keyingi davrlar o‟zbek estetikasi
Sho‘rolar davri 1917 yil oktyabrda (7 noyabrda) bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi
natijasida sobiq chor Rossiyasi hududida «proletar diktaturasi» nomi ostida totalitar tuzum o‘rnatildi. Aldov va
firibgarlik bilan hokimiyatni qo‘lga olgan V.I.Lenin rahbarligidagi beshafqat kimsalar, o‘zlarini xalq tarafdori qilib
ko‘rsatib, kimki qarshi tursa, hatto o‘zlariga qo‘shilmagan betaraflarni ham qatag‘on qilishga kirishdilar. Lenin va
uning korchalonlari maqsadini «Novaya jizn» gazetasining hammuassisi, buyuk rus yozuvchisi, ulug‘ insonparvar
Maksim Gorkiy «Bemavrid mulohazalar» falsafiy-publististik maqolalar turkumida fosh etib tashladi. Gazetaning
1917 yil 7 (20) noyabr, 74-sonidayoq «Demokratiya borasida» degan maqolasida u shunday deb yozgan edi:
«Lenin, Trostkiy va ularga ergashgan kimsalar allaqachon hukmdorlikning chirkin og‘usi bilan
zaharlanganlar, so‘z erkinligi, shaxs erkinligi va barcha huquqlar tantanasi uchun kurashgan demokratiyaga nisbatan
ulardagi sharmandalarcha munosabat shundan shohidlik beradi...Bu yo‘lda Lenin va uning tarafdorlari Peterburg
Fitrat. Adabiyot qoidalari. T., o‘qituvchi, 1995, 20-b.
o‘sha manba, 21-b.
o‘sha manba, 141-b.
ostonalaridagi odamkushlik, Moskvani xarobaga aylantirish, so‘z erkinligini yo‘qotish, bema‘ni hibslar singari Pleve
va Stolipinlar qilgan qabihliklarga o‘xshash barcha jinoyatlarni amalga oshirish mumkin deb hisoblaydilar»
.
«Ishchilar diqqatiga» degan maqolasida esa ( «Novaya jizn», 1917 yil 10 (23) noyabr, 77-son) Gorkiy
bolsheviklar boshlagan qatag‘onlarning asl sabablarini ochib beradi:
«...Lenin va Trostkiy taqiqlar bilan kelishmaganlarning hammasini ochlik va qirg‘in bilan qo‘rqitib, bu
«dohiylar» mamlakatdagi eng sara kuchlar ne-ne qiyinchiliklarni boshdan kechirib, uzoq vaqt qarshi kurashgan
hukmdorlik zulmini oqlamoqdalar. o‘zlarini sostializmning napoleonlari deb bilgan leninchilar, har hunarga tushib,
Rossiyani xarob qilishni oxiriga etkazmoqdalar – rus xalqi hali buning uchun daryo-daryo qon bilan xun to‘laydi.
Leninning o‘zi, shaksiz, istisnoli darajadagi qudratli kishi... ayni paytda u «dohiylik»ning barcha
xususiyatlariga, shuningdek, bu rol uchun zarur bo‘lgan axloqsizlikka va omma hayotiga haqiqiy boyvachchalarcha
beshafqat munosabat qila bilish qobiliyatiga ega»
.
Biz Sho‘rolar o‘rnatgan totalitar tuzum mohiyatini, eng buyuk yovuz insonlar – Lenin va Stalin o‘rnatgan
YOvuzlik saltanatining ijtimoiy mohiyatini tahlil qilib o‘tirmaslik uchun Gorkiydan kattaroq ko‘chirma keltirib
qo‘ya qoldik. Ma‘lumki, Gorkiy keyinchalik Stalin tomonidan zaharlab o‘ldirildi, buyuk shoir Mayakovskiy esa
o‘zini otib tashladi. Bu hodisalar totalitar tuzum uchun nihoyatda qo‘l keldi: Gorkiy va Mayakovskiy sovet
adabiyotining (kengroq ma‘noda san‘atining, asoschilari deb e‘lon qilindi va SHo‘rolar Ittifoqi hududida sostialistik
realizm deb atalgan soxta metod – asar yaratish uslubi yagona, hamma san‘at turlari uchun majburiy uslub sifatida
qonunlashtirildi. Sostialistik realizm metodi ijod erkinligi, fikr va so‘z erkinligini mohiyatan inkor etadigan hamda
san‘atni rus ulug‘davlatchilik shovinizmiga asoslangan sinfiylik va partiyaviylik degan, insoniylikka,
insonparvarlikka qarshi mafkuraviy quyushqondan iborat edi. Bunga ko‘nmagan ijodkorlar otib tashlandi, qamaldi,
surgun qilindi, Ittifoq hududidan chiqarib yuborildi. Jahonni hayratga solgan XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi rus
san‘ati tom ma‘noda inqirozga uchradi. Milliy respublikalar san‘atida esa har bir asarda Lenin va Stalin madh etilar,
albatta boshqa millatlarga «aql o‘rgatib turadigan», «ulug‘ og‘a» – rus kishisi ishtirok etishi shart edi. Barcha
respublikalarda milliy uyg‘onishga xizmat qilgan oqimlar qatag‘on qilinganidek, o‘zbekistonda ham jadidchilik
«tag-tugi bilan qo‘porib tashlandi».
Shunday qilib, XX asrning 30-yillariga kelib, falsafiy tafakkur, shu jumladan estetik tafakkur ravnaqdan
to‘xtadi, aksincha tanazzulga qarab yo‘l tutdi. Estetika falsafiylikdan ko‘ra, targ‘ibotchilik bilan shug‘ullandi,
mafkuraviy, soxta fanga aylandi. Yangi nazariy fikrlar o‘rtaga deyarli tashlanmadi. Umumjahoniy estetik
nazariyalarning hammasiga «reakstion burjua estetikasi» degan yorliq yopishtirilib, ulardan foydalanish ta‘qiqlandi,
faqat «tanqidiy yondashib», ularni inkor etish lozim edi. Estetik tafakkur tarixi ham xuddi shunday «tanqidiy
o‘rganildi». Natijada umumbashariy estetik qadriyatlar, mumtoz estetik tafakkur namunalari buzib talqin qilindi.
Umumjahon estetikasida tamoyilga aylangan olimona xolislik – «kosmopolitizm», milliy estetik qadriyatlarga
e‘tibor – «millatchilik» tamg‘alari ostida «yot qarashlar» deb e‘lon etildi, bunday asarlar mualliflari qatag‘onga
uchradi. «Markscha-lenincha estetika» degan soxta fan o‘ylab topildi, Leninning «Partiya tashkiloti va partiya
adabiyoti» degan o‘ta ketgan reakstion, so‘z erkinligi va fikr erkinligini taqiqlaydigan, ommaviy axborot
vositalaridagi erkinlikni yo‘qqa chiqaradigan publististik maqolasi («dohiy merosida» estetikaga oid hech vaqo
yo‘qligi tufayli) san‘at uchun estetik asos deb e‘lon qilindi.
Barcha milliy respublikalar uchun karvonboshi hisoblangan rus sovet estetikasida A.Losev, M.Ovsyannikov,
M.Kagan, V.SHestakov singari olimlar qator asarlar va darsliklar yaratdilar. Afsuski, bu asarlarning ko‘pchiligi,
mualliflarining iste‘dodlariga qaramasdan, to‘laligicha kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgani tufayli yuqorida
aytib o‘tganimiz «sostialistik realizm» deb atalgan soxta metodni asoslashga qaratildi. Ularda go‘zallik va xunuklik,
ulug‘vorlik va tubanlik, fojeaviylik va kulgililik tushunchalari, estetik anglash unsurlari bir yoqlama, sinfiylik va
partiyaviylik tamoyillari asosida tahlil qilindi, mo‘‘jizaviylik va xayoliylik tushunchalari esa asosiy estetik
adabiyotlardan umuman o‘rin olmadi.
Lekin, keyinchalik, ikki bosqichli demokratiya tufayli estetika va san‘atda muayyan jonlanishlar ro‘y berdi.
XX asrning 50-yillari so‘nggi va 60-yillar boshida «Xrushchyov demokratiyasi» natijasida san‘atda ko‘tarilish ro‘y
berdi. Umumittifoq miqyosida S.Prokofev, Kandinskiy, M.Chyorlyonyus, Ch.Aytmatov, E.Evtushenko,
o‘.Sulaymonov, A.Voznesenskiy, V.Tendryakov, B.Qorieva, A.Xachaturyan, M.Saryan, M.Plisestkaya,
M.Magomaev, A.Paxmutova, R.Hamzatov singari o‘nlab buyuk san‘atkorlar etishib chiqdi. «Falsafiy meros» va
«Estetika tarixi yodgorliklar va hujjatlarda» deb atalgan nashriy turkumlarda Aflotun, Arastu, Kant, Hyum, Byork,
Dyubo, Helvestiy, Shelling, Gegel, Houm, Zolger, Maststini singari buyuk faylasuflar hamda estetiklarning asarlari
nashr etildi.
Agar «Xrushchyov demokratiyasi» davrida Stalinning Ittifoqni o‘rab olgan temir devoridan darchalar
ochilgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichdagi «Gorbachyov demokratiyasi» yillarida stenzura yumshatildi, so‘z erkinligi,
ijod erkinligi, qisman bo‘lsa-da yo‘lga qo‘yildi, «sovet kishisining ichidagi qulni siqib chiqarish» boshlandi, ochiq
jamiyat sari dastlabki qadamlar tashlandi. Avval taqiqlangan rus yozuvchilarining asarlari B.Pasternakning «Doktor
Jivago», Fozil Iskandarning «CHegemlik Sandro», «Arbat bolalari», A.Axmatovaning «Rekviem» asarlari e‘lon
qilindi, teatr, kino, rassomlik va boshqa san‘at turlaridagi ma‘lum yo‘nalishlarga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlandi.
Falsafa sohasida G.SHpet, Z.Mamardashvili, M.Baxtin asarlari chop etildi. Falsafa tarixidagi «oq dog‘lar» yo‘qotila
Gorkiy M. Bemavrid mulohazalar. A.Sher tarjimasi. «Jahon adabiyoti» jurnali, 2000y., 6-son, 128-b.
O‘sha manba, 130-b.
boshlandi – A.SHopenhauer, F.Nitstshe, Vl.Solovev, Z.Froyd, K.YUng, N.Berdyaev, N.Losskiy, E.Fromm va
boshqa faylasuflar asarlari nashr qilindi.
Bu davrda estetika sohasida A.Guliganing «Estetik tamoyillar», YU.Borevning «Estetika» (ikkinchi nashri)
asarlari e‘tibor qozondi. Garchand, ularda markscha yo‘nalish saqlanib qolgan esa-da, jahon estetikasidagi
tajribalarga Yangicha, ma‘lum ma‘noda xolisona yondashuv va intilish yaqqol ko‘zga tashlanib turardi. Ijod
jarayonida onglanmaganlikning roli, badiiy asarda shaklning ahamiyati, turli, sostialistik realizm quyushqoniga
sig‘maydigan san‘at yo‘nalishlari to‘g‘risida dastlabki fikrlar bildirila boshlandi.
Bu davrda o‘zbek estetikasida sohaviychilik, to‘g‘rirog‘i, adabiyotshunoslik va san‘atshunoslik hukmron
bo‘lib, estetikaning umumnazariy masalalari ko‘tarilmas, hali ham falsafiy fanlar «dialektik materializm», «tarixiy
materializm», «markscha-lenincha qarashlar» kabi quyushqonlardan chiqa olmas, Moskvaning «dasturlari»ga qarab
ish ko‘rilardi: prof. M.Nurmatov madaniy merosga «lenincha milliy siyosat» nuqtayi nazaridan yondashishni targ‘ib
qilar va o‘zbek estetikasining muhim jihatini milliy kiyinish estetikasida ko‘rar, prof. T.Mahmudov esa Leninning
«Partiya tashkiloti va partiya adabiyoti» maqolasini 1991 yilda ham («Sharq yulduzi», 4-son) estetik ko‘rsatma
sifatida talqin qilar edi.
o‘zbek estetikasida mustaqillik yillaridagina ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Dastlabki paytlarda «sohaviylik»
kasali hali ham o‘z kuchini yo‘qotmasa-da, lekin tadqiqot ob‘ektiga haqiqiy estetik yondashuvlar vujudga kela
boshladi. Bu davrdagi eng faol estetiklar sifatida yuqorida nomi tilga olingan olim T.Mahmudov va atoqli
yozuvchimiz Asqad Muxtor nomlarini qayd etish mumkin. Tilab Mahmudovning rangtasvir estetikasiga doir o‘nlab
maqolalari, o‘zbek va rus tillarida kitoblari chop etildi. Eng muhimi, shunda ediki, T.Mahmudov zamonaviy
rangtasvir haqida fikr yuritar ekan, tor san‘atshunoslik doirasidan chiqishga va muayyan rassom ijodi yoki asarga
falsafiy-estetik jihatdan yondasharga: tadqiqot ob‘ektini go‘zallik, ulug‘vorlik v.b. estetik tushunchalar ziyosida
yoritib berardi, shuningdek estetik madaniyat masalalariga ham katta e‘tibor qaratar edi. Ayniqsa, Rahim Ahmedov,
CHingiz Ahmarov va uning shogirdlari – Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov asarlarining tahlili yuksak estetik
saviyasi bilan diqqatga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda T.Mahmudov «San‘at», keyinchalik «Nafosat» jurnallarining
bosh muharriri sifatida o‘zbek milliy estetikasi taraqqiyotiga katta xizmat qildi, hozir ham uning maqolalarida tor
sohaviylikni emas, estetik kenglikni ko‘rish mumkin.
Atoqli adib Asqad Muxtor sho‘rolar davridayoq go‘zallik haqida, uning qudrati haqida fikrlar bildirgan.
Uning «Go‘zallik» degan kichkinagina maqolasida bu estetik xususiyat va tushunchani o‘ziga xos sharxlaydi. Asqad
Muxtor sho‘rolar tuzumida go‘zallikka, estetikaga e‘tiborning etarli emasligini ro‘y-rost aytadi:
«Go‘zallikni ta‘rif qila bilmaslik ayb emas. Lekin uni tushuna bilmaslik, go‘zallikka befarqlik, loqaydlik,
didsizlik bizning davrimizda ayb. Hayotga estetik munosabatimizning oliy shakli – san‘at asari. Bizda hali san‘at
asarining qalblarga zilzila soladigan kuchini mensimaydigan odamlar yo‘q emas. Go‘zallik hissini tarbiyalash ishlari
uncha yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan... Estetika masalalari yaxshi ishlanmagan, ommabop risolalar yo‘q... Kim go‘zal
desa – men: go‘zallikni tushunadigan odam go‘zal, deb javob berardim»
.
Boshqa bir maqolasida atoqli yozuvchimiz ma‘naviy va estetik komillikni yonma-yon qo‘yadi, estetik tarbiya
insonning tasavvurga boy, o‘ziga ishonadigan kuchli shaxs bo‘lib etishuviga ko‘maklashadi degan fikrni ilgari
suradi:
«Ma‘naviy va estetik takomil har qanday kasbdagi odamga ham zarur, – deb yozadi Asqad Muxtor. – U
ijodiy tasavvur kuchini oshiradi, fantaziyani kengaytiradi, eng og‘ir sharoitlarda qat‘iyatli, o‘ziga ishonchli, quvnoq
va izchil bo‘lishga o‘rgatadi»
.
Asqad Muxtorning so‘nggi kitobi – «Uyqu qochganda» asari asosan falsafiy-estetik mushohadalardan,
qaydlardan tashkil topgan. Unda muallif K.YUng estetik qarashlariga hamohang fikr yuritadi: faqat asarni emas,
uning ijodkorini ham o‘rganish zarurligini ta‘kidlaydi, asar ijodkordan o‘sib chiqishni, ijodkor «beixtiyor fidoiy»
inson ekanini aytadi. SHuningdek, uning ijodiy tasavvur to‘g‘risidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor.
Tasavvurni u insonga berilgan ilohiy ne‘mat – «oliy savqi tabiiy» deb ataydi
. Asqad Muxtorning Umar Xayyom
ruboiylarining mohiyati haqidagi fikrlari ham teran falsafiy-estetik ma‘noga ega, Xayyomni tushunishda ma‘lum
ma‘noda kalit vazifasini o‘tashi mumkin.
Asqad Muxtorning fikriga ko‘ra, Xayyom o‘z ruboiylarida inson umrining absurdligini, go‘zallikdan
vaqtincha lazzatlanish uni qoniqtirmasligini, lekin boshqa chora yo‘qligini, faqat bita imkon borligini aytmoqchi: u
ham bo‘lsa – umid, Mutlaq Go‘zallikdan umidvorlik. SHu bois Xayyomning kayfi shodlik qiyqirig‘ini emas,
fojeaviy faryodni eslatadi.
Bu davrda, shuningdek, M.Abdullaevaning estetik madaniyat borasidagi, A.Qurbonmamadovning estetika
tarixiga bag‘ishlangan tadqiqotlarini, E.Umarovning teatr estetikasiga doir maqolalarini, B.Husanov kabi yosh
estetik-faylasuflarning faoliyatini ham ta‘kidlab o‘tish mumkin.
SHunday qilib, mustaqillik davrida haqiqiy milliy estetikani yaratishga kirishildi, shubhasizki, stenzuraning
konstitustion va amaliy jihatdan yo‘q qilinishi, so‘z erkinligi, ijod erkinligi o‘zbek san‘ati va estetikasini
umumjahoniy ma‘naviy maydonga chiqishi uchun imkoniyat yaratdi. Bugungi kunda ijodkorlarimiz va estetik
Muхtоr A. Yosh do‘stlarimga. T., Yosh gvardiya, 1971, 70-b.
o‘sha manba, 72-b.
Qarang: Muxtor A. Uyqu qochganda. T.. Ma‘naviyat, 2005, 37-39 b.
olimlarimiz oldida ana shu imkoniyatdan samarali foydalanish vazifasi turibdi, zero estetik ravnaqqa keng yo‘l
ochildi.
Dostları ilə paylaş: |