Andijon Qishloq xo’jaligi instuti refarat mavzu


 ZARDUSHTIYLIKNING PAYDO BO`LISHI



Yüklə 338,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix04.10.2023
ölçüsü338,23 Kb.
#152289
1   2   3   4   5   6   7   8
avesto-tarixiy manba sifatida

 
1. ZARDUSHTIYLIKNING PAYDO BO`LISHI. 
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo`lib, bu din er.avval VII-VI 
asrlarda dastavval O`rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo`lgan. Uning 
payg`ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, 
uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo`lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya`ni 
quldorlik davri endi paydo bo`layotgan davr edi. U urug`-qabilachilik tuzumi 
yemirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo`linayotgan 
davr bo`lgan. Bu din eng avval O`rta Osiyo, so`ng Eron, Ozarbayjonda qaror 
topgan edi.
I.A.Karimov «O`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz» 
degan asarida biz o`zbek xalqi mansub bo`lgan xalqning tarixi g`oyat uzun, 
beqiyos, betakror ekanini ta`kidlab. bunday degan edilar: «Biz jahon 
maydonida kuni kecha paydo bo`lgan xalq emasmiz, bizning millatimiz 


xalqimiz ko`hna Xorazm zaminida «Avesto» paydo bo`lgan zamonlardan 
beri o`z hayoti, o`z madaniyati, o`z tarixi bilan yashab keladi»2
Butun O`rta Osiyo moddiy va ma`naviy madaniyatining beshigi 
Xorazm vohasi va u yerda yashagan turkiy elatlar bo`lgan, shulardan o`zbek 
elati tashkil topgan. 
I.A.Karimov juda o`rinli qayd qilganidek, «Xorazm davlati tarixini biz 
2700 yillik tarix deb bilamiz». Bu o`rinda birinchi davlat tashkil topgandan 
keyingi «yozma tarix» nazarda tutilgan. Yunon, Xitoy tarixchi sayyohlari o`z 
xotiralarida yozib qoldirgan keyin Zardushtiylik yozuvlarida berilgan tarix 
nazarda tutilgan.
Xorazmda o`troq hayot undan ham birmuncha oldin yuzaga kelgan, 
davlat uning mahsuli tarzida tashkil topgan. Bu haqda bundan tahminan 3 
ming yil avval yaratilgan «Avesto»ning qo`lyozmasi binobarin yozma 
tarixning ilk debochasi ishonchli dalolat bergan. «Bu nodir kitob, deb yozgan 
edilar, I.A.Karimov, bundan XXX asrlar muqaddam ikkidaryo oralig`ida 
mana shu muqaddas zamin umrguzorlik qilgan ajdodlarimizni biz avlodlarga 
qoldirgan ma`naviy, tarixiy merosidir»3. Yurtboshimiz «Avesto» Xorazmdek 
qadimiy o`lkada buyuk davlat, boy ma`naviyat qimmatli madaniyat 
bo`lganligini hech kim inkor eta olmasligini ham ta`kidlagan.
Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan 
din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan 
yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, 
so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin 
va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda. 
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy 
Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e`lon qilingan 
jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga 
nisbatan bevosita va bilvosita eng ko`p ta`sir o`tkazgan dindir. Insoniyat 
tarixida har bir kishi utsidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va 
jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta 


birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. 
Keyingi asrlarda bu g`oyalar yahudiylik, xritsianlik va boshqa dinlar 
tarafidan o`zlashtirildi. Aytib o`tish joizki, ushbu din paydo bo`lgan davr va 
uning vatani – hali fanda oxirigacha to`liq yechilgan masalalar emas. 
Zardushtiylik dini payg`ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli 
ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi 
hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so`zni «Mazdaga 
sig`inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so`zi «donish, donishmand, 
oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya`ni «Eng yaxshi 
din» deb ham ulug`langan. Uning ta`limotiga ko`ra, barcha ezgu borliq 
Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so`zi oldiga ulug`lash 
ma`nosini anglatuvchi «Axura» qo`shilib, zardushtiylikning ilohiyati – 
Axura-Mazda nomi paydo bo`lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» 
demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr 
ko`rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o`rtasida Zardushtning tarixda 
bo`lgan yoki bo`lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba`zilar uni tarixiy 
shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. 
Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida 
yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta`kidlashicha, 
u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo 
hududida mavjud bo`lgan ko`pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur 
va e`tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug`ilgan va 
ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – 
«G`arb nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra Midiya (hozirgi Eron hududida) 
Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu 
fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron 
hududlarida keng tarqalganligi bo`lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning 
muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy 
eron-pahlaviy tilida bo`lganligidir. E`tibordan chiqarmaslik kerakki, 
zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va 


Sosoniylar davrlarida, ya`ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-
ket aynan Yaqin va O`rta Sharqda davlat dini maqomida bo`lgan. Ikkinchisi, 
«Sharq nazariyasi» bo`lib, unga ko`ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning 
ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko`pchilik manbashunoslar ikkinchi 
nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi 
Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning 
Zardusht bilan bog`langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy 
manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-
Vayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran-vej»)da yoqildi», deyiladi.
«Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri 
keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» 
sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, 
«dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa 
«odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va 
muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi 
(Baqtriya) zikr etiladi.

Yüklə 338,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin