Andijon tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti va tarbiyalanuvchining ota-ona (yoki ota ona o‘rnini bosuvchi) o‘rtasida tuziladigan


II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 67 Kb.
səhifə3/8
tarix24.03.2022
ölçüsü67 Kb.
#54107
1   2   3   4   5   6   7   8
ota-ona shartnoma yangi

II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
a) tashkilot xodimlarining qonuniy xuquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini ximoya qilish;

b) tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota-onaning istagidan hamda, tarbiyalanuvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib bolani guruhga taqsimlash;

v) tibbiy ko‘rik va tarbiyalanuvchining kasallanishi natijasida uning tashkilotda bo‘lishini taqiqlovchi xollar aniqlanganda shifokor tomonidan berilgan tegishli tibbiy xulosa berilgan vaqtlarda uni tashkilotga qabul qilishni rad etish;

g) tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lgan davri uchun to‘lanadigan badal to‘lovi xar oyning 15-sanasidan keyin ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnoma tashkilot tomonidan bir taraflama bekor qilish mumkin;

d) shartnoma bekor qilingan xollarda tashkilotga bola qatnovini tiklash (kelmagan kunlari uchun to‘lov qoplangan taqdirda) yoki yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;

s) tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo‘yicha tegishli takliflar berish;

j) tashkilotda zarur moddiy texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo‘lgan taqdirda, asosiy ta’lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan xolda ota-onalar xoxishiga ko‘ra pullik ta’lim tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish;

z) tashkilotdagi tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchini kunlik filtratsiyadan o‘tkazish jarayonida bolada tashkilotda bo‘lishni ta’qiqlaydigan kasallik aniqlanganda uni tashkilot qabul qilishini rad etish;


4. Tashkilotning majburiyatlari:
a) tuman,(shaxar) maktabgacha ta’lim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tarafidan beriladigan yo‘llanma asosida tarbiyalanuvchi qabul qilish;

b) bolaning tashkilotda bo‘lgan davrida tarbiyachining xayotini muxofaza qilish, jismoniy xamda psixik sog‘ligini ta’minlash, rivojlanishdagi nuqsoni(oddiy) va kamchiliklarini bartaraf etish, ijodiy qobilyatlarini va qiziqishlarini rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan xolda uning shaxsga aloxida yondashuvini ta’minlash, bola xuquqlari to‘g‘risida qonunuchilik xujjatlariga rioya qiling;

v) pedagog kadrlar tomonidan odob –axloq qoidalari qat’iy rioya qilishni ta’minlash, tarbiyalanuvchi va ota-onasini qadr-qimmati xurmat qilish ularga ko‘maklashish, tarbiyalanuvchini turli tazyiqlardan ximoya qilish;

g) tashkilotda maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarni to‘la qonli bajarilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda

d) ilg‘or xorijiy va tajribaning xisobga olgan xolda bolalarning xar tomonlama intellektual, axloqiy, iste’dodli va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha xar tomonlama shart sharoitlar yaratish;

e) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish. Davolovchi proflaktik tadbirlar (reja asosida profilaktik emlash, sog‘likni saqlash organlari bilan xamkorlikda tor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rik) o‘tkazish

j) tarbiyalanuvchida o‘qishga intilish xisini uyg‘otish, ularni xalqning boy ma’daniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy axloqiy jixatdan tarbiyala;

z) Ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat, asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan xollarda badal to‘lovlarini xisoblamaslik;

i) belgilangan saniyatariya qoidalari, normalari, gigiena yuritmalari bilan ta’minlash;

k) tarbiyalanuvchi kerak bo‘lgan tegishli bo‘lgan buyumlarni to‘laligacha saqlash;

l) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchisining qabul qilib olish va ularga topshirish;

m) ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim tarbiya dasturlari, muassaning manzili va telefoni xamda ta’limiy boshqaruv idorasi bilan tanishtirish;

t) tashkilot tomonidan tarbiyalanuvchi extiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib, ota-onadan majburiy tarzda pul yig‘ish va moddiy qimmatliklarni olib kelish taqiqlanadi.
5. Ota-ona quyidagi xuqularga ega:
a) tarbiyalanuvchining qonuniy xuquq va manfaatlarini ximoya qilish;

b) tashkilotning ustavi bilan tanishish

v) tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlarda x.k) mavsumiy cheklov (karanti) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari

g) tashkilotda tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo‘yicha taklfilar kiritish

d) tashkilotda bolasi uchun ta’lim berish tilini tanlash

e) tashkilotda tarbiyalanuvchi ta’lim tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishni hamda bolaning shaxsiga nisbatan munosabatda bo‘lish shartnoma belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim tarbiya berishni talab qilish

j) tashkilotning kun tartibi davomida ______soatdan ______soatgacha bo‘lgan davrda yoki o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan xolda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchini tashkilotdan olib ketish

z) tashkilot rahbariyatining 7 kun oldin xabardor qilgan xolda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish


6. Ota-onaning majburiyatlari
a) mazkur sharnoma talablariga qat’iy rioya qilish;

b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda tarbiyalanuvchilar ishtiroksiz zudlik bilan tashkilot rahbariyati bilan muammoni xal qilish;

v) tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda tegishli xujjatlar va ota-onalar haqidagi to‘liq ma’lumotlar (telefon raqamlari, yashash va ish joyidan ma’lumotnomalar) taqdim etish;

g) tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda zudlik bilan tashkilot ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish;

d) tarbiyalanuvchini tashkilotdagi ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini o‘z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul orqali yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari va pul o‘tkazish yo‘li bilan) shaklda to‘lash xamda to‘lovning amalga oshirganligi tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;

s) agar tarbiyalanuvchi joriy yilning 15 sanasidan keyin tashkilotga kelgan taqdirda ta’minot uchun to‘lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lash;

j) tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan

z) tashkilot ishchi xodimlari va tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo‘lish;

i) tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalarini shakllantirishni qat’iy kuzatib borish, hamda tarbiyalanuvchi tashkilotga toza ozoda kiyingan xolatda olib kelish;

k) tarbiyalanuvchini tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat maxsulotlari va pishiriqlarni tashkilotga olib kelmaslik;

l) tashkilotga tarbiyalanuvchini xar qanday qimmatbaxo taqinchoqlar va uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik. Ushbu xolatlar yuzaga kuzatilganda tashkilot ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

m) yoshash joyi, telefon raqamlari o‘zgargan taqdirda, tashkilot rahbarityai va guruh tarbiyachisiga bu haqida habar berish;

n) bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;

o) ertalabdan bolada kasallik xolatlari kuzatilgan taqdirda tashkilotga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish;




Yüklə 67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin