III. TO‘LOV XISOB KITOB TARTIBI
7. Tashkilotda tarbiyalanuvchining bo‘lgan davri uchun bir oylik badal to‘lovi ___________so‘m, agar ota-oaning ikki (2) yoki undan ortiq bolalari tashkilotga qatnagan taqdirda badal to‘lovi ___________so‘mni tashkil etadi.
Bundan bir oilada ikki va undan ortiq bolalar turli tashkilotlarga qatnasa, ota-ona tegishli ravishda bir tashkilotdan boshqasiga farzandlarining boshqa tashkilotga qatnashi to‘g‘risidagi ma’lumotni hamda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan oilaning a’zolari haqidagi ma’lumotnomani taqdim etishlari lozim.
8. Tashkilotdagi bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan badal to‘lovi miqdorlari qonun xujjatlariga muvofiq o‘zgargan taqdirda bu xaqda tashkilot ma’muriyati tarafidan ota-onalarga yozma ravishda ma’lum qilinadi hamda qo‘shimcha kelishuv shartnoma tuziladi.
9. Tashkilot ota-onadan tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovining joriy yilning 15-sanasidan kechiktirmasdan amalga oshirilishini talab qilishi lozim.
10. Tarbiyalanuvchining tashkilotga uzrli sabablarga ko‘ra, ya’ni ketma-ket 3 kundan ortiq kasalligi (karantin) ota-onasining mehnat yoki boshqa ta’tilda bo‘lganligi sababli kelmagan kunlariga to‘lovni qayta hisoblash faqatgina yuqoridagi xolatlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda amalga oshiriladi.
11.Ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra tarbiyalanuvchi tashkilotga kelmasligiga ota-onalardan birining sababi ko‘rsatilgan xolda tashkilot rahbariyati nomiga olinadigan yozgan arizasi (bildirishnomasi) asos bo‘lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko‘pi bilan 60 kundan ortiq bo‘lmagan muddatgacha tashkilotga kelmasligiga ruhsat beriladi.
Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan xolatlarda ota-ona tarafidan to‘lovlar umumiy asoslarda to‘lanadi.
12. Tarbiyalanuvchi uchun to‘lanadigan badal to‘lovi oyning 15 sanasidan boshlab ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda shartnoma bekor qilinb, tarbiyalanuvchi tashkilotdan chetlashtiriladi;
13. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tashkilotdagi tarbiyalanuvchi ta’minoti uchun mavjud bo‘lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu tashkilotga tiklanadi, ko‘rsatilgan muddatda o‘tib ketgan taqdirda tashkilotga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchi tashkilotga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to‘xtalishi to‘g‘risida ota-onaning yozma arizasi bo‘lmagan xollarda to‘lovni to‘liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undiriladi.
Tarbiyalanuvchi tashkilotda to‘lov to‘langan davrdan ortiq muddatda bo‘lishini ushbu oy uchun to‘lovning qolgan qismi to‘langandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
Ota-onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi butunlay to‘xtatilgan taqdirda, to‘lov to‘liq bo‘lmagan taqdirda , to‘lov to‘liq bo‘lmagan oy uchun, ya’ni tarbiyalanuvchi amalda tashkilotga qatnagan kunlari uchun to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: |