I. SHARTNOMA PREDMETI
1. Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan tarbiyalanuvchining barcha xuquqlarini ta’minlagan xolda unga sifatli ta’lim tarbiya berish, sog‘ligini muxofaza qilish va mustaxkamlash, intellektual, estetik va jismoniy rivojlanish uchun shart-sharoitlar uchun yaratib berish majburiyatini, ota-ona esa tarbiyalanuvchilar, tashkilotga topshirish, tarbiyalanuvchining tashkilotsidagi ta’minoti uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ta’minoti uchun to‘lanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa byudjet mablag‘lari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq ovqat bilan ta’minlashni xamda tashkilotlarning moddiy texnik bazasini yaxshilashga avvalombor, sanitariya gigiena vositalari va yumshoq inventarlar xarid qilishga maqsadli tartibda yo‘naltiriladi.
Bundan tashkilotning moddiy texnik bazasini yaxshilashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori jami yil davomida ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘larning 5%dan oshmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |