Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak.

Shunga qarab korxonaning barcha mablag’lari ikki qismga guruhlanadi: birinchidan, ularning turlari hamda joylashganligiga qarab va ikkinchidan, tashkil topish manbai va qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab.
Mablag’larni turlari va joylanishi bo’yicha guruhlash korxonaning xo’jalik faoliyatini xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Sanoat korxonalariga birinchi navbatda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun mablag’lar bo’lishi kerak. Undan tashqari u operatsiya jarayonining ikki - ta’minot va sotish bosqichida ishlatiladigan mablag’larga ega bo’lishi kerak. Odatda korxonalar o’z xodimlarining ehtiyojlariga xizmat qiladigan noishlab chiqarish sohasidagi mablag’larga ham ega bo’ladi. Shunday qilib, korxona mablag’lari o’zlarining turlari va joylashishi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: ishlab chiqarish vositalari; operatsiya sohasidagi mablag’lar; noishlab chiqarish sohasidagi mablag’lar.

Adabiyotlar toplami
Adabiyotlar toplami
O’zbekiston respublikasi; Хo’jalik mablag’lari va ularning manbalari tasnifi.