Angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi (XX asr)


Tayanch  iboralar:  reparatsiya,  "Yung  rejasi",  rante,  sanoat  burjuaziyasi,  shturm



Yüklə 456,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix18.02.2022
ölçüsü456,74 Kb.
#52774
1   2   3   4   5   6
5 MAVZU TTI

Tayanch  iboralar:  reparatsiya,  "Yung  rejasi",  rante,  sanoat  burjuaziyasi,  shturm 

otryadlari, yunker, "zambarak qiroli". 

Asosiy savollar

 

14.1. 

Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari 

14.2. 

Fashistik Germaniya iqtisodiyoti 



14.3. 

GFR iqtisodiy mojizasi va uning sabablari 



14.4. 

Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi. 

14.5.  Ikki jahon urushlari oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti 

14.6.  Ikkinchi jahon urushidan so'ng Fransiya iqtisodiy rivojlanishi 

14.7.  Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari 

14.8.  Mulkni davlat tasarrufiga o'tkazish va xo'jalikni davlat tomonidan tartibga solish. 

 

 

Birinchi jahon urushining iqtisodiy oqibatlari 



Birinchi  jahon  urushi  Germaniya  uchun  boshqa  kapitalistik  mam-  lakatlarga  nisbatan 

mashaqqatliroq kechgandi. Bu yerda sanoat ishlab chiqarishi 2 barobar qisqardi, g'oliblar barcha 

mustamlaka-  larni  tortib  olishdi,  Elzas  va  Lotaringiya  imperiya  yerlari  qaytadan  Fransiyaning 

tarkibiga  qo'shildi.  Ba'zi  hisob-kitoblarga  ko'ra  ushbu  yo'qotishlar  natijasida  Germaniya  milliy 

boyligi ikki marotaba ka- maydi. Lekin eng og'ir salbiy natija bu g'olib mamlakatlar tomonidan 

qo'yilgan  reparatsiya

1

  hisoblanadi,  uning  hajmi  132  mlrd.oltin  markani  tashkil  etardi.  Qisqa 



muddat ichida urushdan  vayronaga aylangan Germaniya uchun ushbu mablag'ni  to'lash imkoni 

yo'q edi. Reparatsion summani qoplash maqsadida g'olib mamlakatlar tomonidan Germaniyadan 

barcha  qimmatbaho  narsalar  olib  chiqib  ketildi,  1923  yilda  franko-belgiya  qo'shinlari 

Germaniyaning 90% ko'miri va 50% metallini beruvchi Rur viloyatini bosib oldi va hech qanday 

to'siqlarsiz ushbu xom ashyolar olib chiqib keta boshlandi. 

Jami  Germaniya  reparatsiyalar  hisobiga  taxminan  20  mlrd.  marka  to'ladi. 

Reparatsiylarning asosiy og'irligi urushdan keyingi birinchi yillarga to'g'ri kelib, bunda Germaniya 

sanoatining  yarmi  vayronaga  aylangan,  kapital  yetishmasdi,  g'olib  mamlakatlar  esa  to'lovlarni 

talab qilishardi. Avvaliga Germaniyadan barcha oltin olib chiqildi, so'ngra reparatsiyalar hisobiga 

ko'mir,  sigirlar,  parovozlar  olib  chiqib  ketildi.  Natijada  markaning  kursi  pasayib  ketdi.  Mam-

lakatda kuchli inflyasiya yuz berdi. 

Fashistik Germaniya iqtisodiyoti 

Germaniyada  fashizm,  boshqa  mamlakatlardagi  kabi,  may-  daburjua  siyosiy  harakati 

sifatida  vujudga  keldi.  Bu  uncha  boy  bo'lmagan,  o'qimishli  bo'lmagan,  iqtisodiy  rivojlanish 

natijasida  jamiyatda  o'z  o'rnini  yo'qotib  borayotgan  va  albatta  bundan  no-  rozi  odamlar  edi. 

Fashistik partiyaning shturm otryadlari mayda burjuaziya vakillaridan iborat edi. Gitler tomonidan 

e'lon  qilingan  shiorlar  maydaburjuacha  edi.  U  kapitalistik  monopoliyalarni  yo'q  qilishni, 

xonavayron bo'layotgan hunarmandlar va mayda savdogarlarni himoya qilishni, ular uchun arzon 

kreditlar  berishni  va'da  berdi.  Shovinistik  targ'ibot  ham  mayda  burjuaziyaga  qara-  tilgan  edi, 

chunki ular birinchi jahon urushi natijasida inflyasiya va reparatsiyalar natijasida eng katta talofat 

ko'rgan qatlam edi. Germaniya aholisining ushbu qatlamini ommaviy xonavayron bo'lishi ularni 

faollashtirdi va Gitler partiyasini kuchaytirdi. Gitler ortidan ishchilarning bir qismi ham ergashdi 

- uning partiyasi milliy-sot- sial ishchi partiyasi deb nomlanar ediku. Albatta, birinchi navbat- da 

bular ishsiz qolganlar edi. 

 

GFR iqtisodiy mo'jizasi va uning sabablari 



GFRning  ikkinchi  jahon  urushigacha  bo'lgan  sanoat  ishlab  chiqarish  darajasiga  erishish 

boshqa Yevropa mamlakatlariniki- dan kechroq (1951 yilda) yuz berdi. Bunga faqatgina harbiy 

                     

1

 reparatsiya - urushda ko'rilgan zararlarni qoplash uchun yengilgan va urush chiqishiga sabab bo'lgan davlat tomonidan enggan 



davlatga to'lanadigan tovon. 


- 3 - 

 

vay-  ronagarchiliklar  sababchi  emasdi.  Mamlakatda  harbiy  sanoatni  tugatish,  monopoliyalarni 



parchalash  bo'yicha  islohotlar  va  Ger-  maniyaga  qo'yilgan  reparatsiya  iqtisodiyotni  tiklanishini 

sekin- lashtirardi. 

Ammo shundan so'ng GFR sanoati jadal rivojlana boshladi. 

1950- 


1966  yy.da  sanoat  ishlab  chiqarishining  o'rtacha  yillik  o'sish  sur'atlari  9,2%ni 

tashkil etdi. 1948 yildan 1990 yilgacha bo'lgan davrda GFRda sanoat ishlab chiqarishi 12 marotaba 

o'sdi, boshqa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ushbu ko'rsatkich 5,7 ma- rotabaga teng edi. 

GFRda rivojlangan kapitalistik mamlakatlar sanoat mahsulotlarining 9% ishlab chiqarilar edi. 

 

Korporatsiyalar, moliyaviy guruhlar va ularni davlat tomonidan tartibga solinishi. 



Urush  tugagandan  so'ng  Potsdam  konferensiyasida  Gitler  qaramog'ida  bo'lgan 

monopoliyalarni yopilishi to'g'risida qaror qabul qilingan edi. G'arbiy Germaniyada ushbu qaror 

monopoliyalarni parchalab tashlash ko'rinishida  amalga oshirildi:  ulkan trest  bir qator mustaqil 

kompaniyalarga bo'lindi. "Po'lat trest" 10 

qismga bo'lindi, Krupp konserni 7 qismga bo'lindi. Lekin, ma'lum bir vaqt 

o'tgandan so'ng, ularni bir-biriga qo'shilib ketishiga hech narsa to'siqlik qilmadi. Hozirgi vaqtda yirik nemis korporatsiyalari ro'yxatida 

aynan shu kompaniyalar o'rin olgan.

 

XX asr 80-yy. boshiga kelib dunyoning 10 ta eng yirik banklari ichida birorta german banki 



yo'q edi. Dunyoning 20 ta yirik sanoat korporatsiyalari ichida bitta german kompaniyasi "Simens" 

bor edi, u ham bo'lsa deyarli oxirgi o'rinda edi. 

80-yy.da  GFR  iqtisodiyotida  bir  necha  moliya  guruhlari  us-  tunlik  qilardi.  Ulardan  eng 

yiriklari  "Nemis  banki"  va  "Simens"  elektrotexnik  kompaniyasi  boshqaradigan  moliya-sanoat 

guruhi mamlakatning 1/3 qism aksioner kapitalini nazorat qilar edi. Uning tarkibiga shu paytgacha 

mustaqil  guruh  bo'lgan  "Tissen"  kor-  poratsiyasi,  avval  Drezden  banki  guruhiga  kirgan  AEG, 

"Daymler-  bens"lar  kirdi.  Guruh  qora  metallurgiya,  elektrotexnika,  avtomo-  bilsozlik  tarmog'i 

korxonalarini nazorat qilardi. 

§ Ikki urush oralig'ida Fransiya iqtisodiyoti 

Birinchi  jahon  urushidan  Fransiya  iqtisodiyoti  katta  zarar  ko'rgandi:  sanoat  mahsuloti 

ishlab chiqarish 40%ga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi 1/3 qismga qisqardi. Ammo urush iqti-

sodiy o'sishni jadallashuviga imkoniyat yaratib berdi. 

1. 

Fransiyaga  Elzas  va  Lotaringiya  imperiya  yerlari  qaytarildi.  1871  yilda  franko-



pruss urushidan keyin Germaniyaga o'tib ket- gan hududlar hisoblanadi. Lotaringiya - katta ruda 

zaxiralariga ega metallurgiya hududidir. Lotaringiyani qo'shilishi natijasida Fransiya Yevropada 

temir rudasi qazib olish bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi. Elzas rivojlangan tekstil sanoatiga 

ega bo'lib, uni qo'shilishi natijasida Fransiya tekstil sanoati quvvati 1.5 barobarga oshdi. Elzas va 

Lotaringiyalarni  qo'shilishi  natijasida  Fransiyada  "qadimgi"  tarmoqlar  (metallurgiya  va  tekstil) 

20-yy.da  o'z  ishlab  chiqarishini  ko'paytirdi,  bu  davrda  boshqa  mamlakatlarda  ushbu  tarmoqlar 

turg'unlik holatida edi. 

2. 


Fransiya Germaniyadan reparatsiya sifatida 8 mlrd.oltin mar- ka olgan edi. Ushbu 

reparatsiyalarning asosiy qismi toshko'mir bilan to'langan edi. Hukumat ko'mirni sanoatchilarga 

o'ta  past  narxlarda  sotib  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqartirardi  va  raqo-  batbardoshlikni 

oshirardi.




 

3. 



Urush oqibatidagi vayronagarchiliklarni tiklash natijasida asosiy kapital yangilandi 

va bu Fransiya sanoat o'sishiga sababchi bo'ldi. Bu o'sha davr uchun noyob hodisa edi. 

Fransiyada korporatsiyalar va moliyaviy kapitalning xususiyatlari 

Jahonning  eng  yirik  10  ta  tijorat  banklari  qatoriga  4  ta  fransuz  banklari  kiradi:  "Bank 

nasonal de Pari", "Kredi agrikol", "Kredi Livne", "Sosete jeneral". Jahonning eng yirik 10 ta sanoat 

kompaniyalari qatoriga birorta fransuz kompaniyasi kirmaydi. XX asr boshida Fransiya uchun xos 

bo'lgan xususiyat - kapitalning yuqori konsentratsiyalashuvi, lekin ishlab chiqarishni past darajada 

kon- sentratsiyalashuvi - hozirgi kungacha ham saqlanib qolgan. Fransuz korxonalarining 95%i 

20  kishigacha  faoliyat  ko'rsatadigan  mayda  ishlab  chiqarishlardan  iborat  edi.  Hunarmandchilik 

ham katta ahamiyat kasb etadi. 

Fransuz korxonalarining ko'pchiligi zamon talab etayotgan optimal hajmga ega emas edi, 

shu sababdan davlat tomonidan firmalarni qo'shilib ketishi va sanoatni yiriklashtirish siyosati olib 

borilar  edi.  Yaqin  davrlarga  qadar  jahonning  100  yirik  kompaniyalari  qatoriga  bor  yo'g'i  5  ta 

fransuz  kompaniyalari  kirgan,  bunda  ularning  eng  kattasi  50-o'rinda  edi.  XX  asrning  80-yy. 

boshlarida esa 20 eng yirik kompaniyalar qatoriga 2 ta fransuz kompaniyalari kirishga muvaffaq 

bo'ldi. 


 

 

MAVZU. YAPONIYA VA XITOYNING ENG YANGI IQTISODIY TARIXI (XX ASR) 




Yüklə 456,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin